133
- qishloq vrachlik punktlari (QVP), oilaviy poliklinikalarga (OP) va
boshqa tibbiyot muassasalariga davolash –
profilaktika, sanitariya –
maorifi tadbirlarini o‘tkazishda va sog‘liqni saqlashni tiklashga oid
tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va
yangicha uslubiy yordam berish.
Birlashmaning asosiy vazifalari:
-
aholiga malakali birlamchi ambulator – poliklinika yordamini
ko‘rsatish;
-
bemorlarga birlamchi va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish,
statsionar
sharoitida
davolash,
hamda
QVPga
va
oilaviy
poliklinikalarga shahar (tuman)ning boshqa
tibbiyot muassasalariga
tashkiliy – uslubiy rahbarlik qilish;
-
kasalliklar, avvalambor yuqumli va virusli kasalliklarni tarqalishini
oldini olish uchun profilaktik tadbirlar o‘tkazish;
-
samarali sanitariya – epidemiologik nazoratni ta’minlash;
-
bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy diagnostika va
davolash standartlarini amaliyotga tadbiq etish va ularning bajarilishi
bo‘yicha tuman tibbiyot muassasalari ustidan nazorat o‘rnatish;
-
aholi orasida oilaning tibbiy madaniyatini oshirish va sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
-
kadrlar
tayyorlash, malakasini oshirish, joy – joyiga qo‘yish va
ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va
amalga
oshirish;
-
tuman sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish, material –
texnik jihatdan ta’minlash, istiqbol rejalar tuzish.
Birlashma oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun
aholiga bepul yuqori malakali davolash – profilaktika, konsultativ tibbiy
yordam ko‘rsatadi, zamonaviy sifat talablari
darajasida diagnostika va
davolash standartlarini yanada rivojlantiradi, qo‘llab quvvatlaydi,
xodimlarni
qayta tayyorlaydi, malakasini oshiradi, birlashmaning
material - texnik bazasini rivojlantiradi, amaliyotga zamonaviy tibbiyot
texnikasi va texnologiyalarini joriy etadi.