103
hisobga olinadi. Bu kasalliklar guruhini o‘rganishda vaqtincha mehnat
qobiliyatini yo‘qotish varaqasi manba bo‘lib xizmat qiladi. U yuridik
hujjat bo‘lib, nafaqat mehnatdan ozod qiladigan, balki moliyaviy hamda
statistik hujjat bo‘lib ham hisoblanadi, chunki mehnat qobiliyati
yo‘qotilganda ijtiomiy sug‘o‘rta mablag‘lari hisobidan nafaqa to‘lanadi.
Har bir korxona va muassasada kasaba uyushmalari va tibbiy
sanitariya qismlari vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish bo‘yicha
chorakli hisobotlar 16-MYa va yillik hisobot 21-T shakllarini to‘ldira-
dilar.
Ushbu hisobot shakllari asosida vaqtincha mehnat qobiliyatini
yo‘qotish bo‘yicha qator ko‘rsatkichlar hisoblanadi va tahlil qilinadi.
Mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotishga olib boradigan
kasalliklar to‘g‘risida uchta asosiy ko‘rsatkichga qarab fikr Yuritiladi:
1. Ishchilarning 100-tasiga to‘g‘ri keladigan mehnatga yaroqsizlik
hollarining soni