99
6.2 Aholining tibbiy muassasalariga murojaati asosidagi
kasallanish
Aholi orasida kasallanishlarni o‘rganishning boshlang‘ich va asosiy
manbalaridan biri bemorlarni davolash-profilaktika muassasalariga
tibbiy yordam olish maqsadidagi murojaati hisoblanadi. Umumiy
kasallanishlar haqidagi ma’lumot barcha kasallanishlarni joriy ro‘yxatga
olishga asoslangan. Har bir kasallik bo‘yicha joriy yildagi birlamchi
murojatlar kuzatuv birligi sifatida qabul qilinadi. Surunkali kasallik
bo‘yicha bemor yil mobaynida davolash-profilaktika muassasalariga bir
necha marta murojaat qilishidan qat`iy nazar, u kuzatuv birligi qilib
bemorning birinchi murojaatida hisobga olinadi.
Ushbu kasallikni qaytalanishi natijasida joriy-yildagi takroriy
murojaatlar kasallanishlarga qo‘shilmaydi. Bemor o‘tkir kasaliklar bilan
yil davomida bir necha bor kasallanishi mumkin. Bunday hollarda u har
doim yangi sifatida qayd etiladi.