• Perinatal davr
  • Ma’lumotlarni qayd etish mezonlari
  • B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Chala tug‘ilish:
    homiladorlikning to‘liq 37 haftasidan kam muddat-
    dagi tug‘ruq (259 kundan kamroq). 
    Vaqt-soatida tug‘ilish
    : 37 to‘liq haftadan 42 to‘liq haftagacha 
    bo‘lgan homiladorlik muddatidagi tug‘ruq (294 kundan ko‘proq).
    Perinatal davr:
    perinatal davr homilaning ona qornidagi davrining 
    22-chi to‘liq haftasidan (154 kundan) boshlanadi va tug‘ilgandan so‘ng 
    7 to‘liq kun o‘tgandan keyin tugaydi. 
    Neonatal davr:
    neonatal davr tug‘ilishdanoq boshlanadi va tug‘il-
    gandan so‘ng to‘liq 28 kun o‘tgandan keyin tugaydi. Neonatal o‘lim 
    (tirik tug‘ilganlar ichida xayotning dastlabki to‘liq 28 kuni davomidagi 
    o‘lim), ilk neonatal o‘lim, ya’ni hayotining birinchi 7 kuni ichidagi 
    o‘lim, kech neonatal o‘lim ya’ni xayotning 7 to‘liq kundan 28 to‘liq 
    kungacha bo‘lgan davr mobaynidagi o‘limga bo‘lishi mumkin. 
    Hayotining birinchi kunidagi (0-chi kun) bola o‘limining vaqti 
    to‘g‘risidagi yozuvda hayot davomiyligi aniq (to‘liq soat yoki daqiqa) 
    ko‘rsatilishi lozim. Bolaning o‘limi ikkinchi sutkada, uchinchi sutkada 
    (2-chi kuni) va qolgan 27 to‘liq kun davomida yuz bersa bolaning yoshi 
    kunlarda belgilanadi. 
    Ma’lumotlarni qayd etish mezonlari: 
    O‘lik tug‘ilish va tirik 
    tug‘ilishlarni qayd etishga qo‘yiladigan yuridik talablar mamlakatlararo, 
    xattoki, mamlakat ichida turlicha bo‘lishi mumkin. Gavda og‘irligi 500 
    g dan kam bo‘lmagan homila tug‘ilish holatlarini,ular tirik yoki 
    o‘likligidan qat`iy nazar imkoni boricha statistikaga kiritish lozim. Agar 
    tug‘ilish vaqtida gavda og‘irligi noma’lum bo‘lsa, unda homiladorlik 
    muddatini tegishli aniqlash mezonlarini qo‘llash lozim (22 to‘liq hafta) 
    yoki gavdaning uzunligiga mo‘ljal qilish mumkin (bosh chanoq suyagi 
    cho‘qqisidan 25 sm o‘tib tovongacha). Ushbu hodisa perinatal davrda 
    ro‘y berganmi degan savolga javob uchun mezonlarni quyidagi tartibda 
    qo‘llash lozim: 1) tug‘ilishda gavda og‘irligi, 2) homiladorlik muddati
    3) gavdaning bosh chanoq suyagi cho‘qqisidan tovongacha uzunligi. 
    Milliy statistikaga 500 g dan 1000 ggacha gavda og‘irligida tug‘ilgan 


    93 
    homila va chaqaloqlarni kiritish Shu maqsadda tavsiya etilganki, zero 
    ushbu ma’lumotlar mustaqil moxiyatga ega va bundan tashqari 100 g va 
    undan ortiq gavda og‘irligi bilan tug‘ilgan homila va chaqaloqlar 
    to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘laqonliligini oshiradi. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish