• Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi va uning ijtimoiy gigienik ahamiyati
  • yil davomida perinatal davrda щlgan bolalar soni x 1000




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    yil davomida perinatal davrda щlgan bolalar soni x 1000 
    Х = ----------------------------------------------------------------------------; 
    tirik va o‘lik tug‘ilganlar soni 
     
    Perinatal davr homiladorlikning 
    28 haftasi
    , tug‘ish davri va 
    hayotining birinchi haftasi (168 soat) o‘z ichiga oladi. 
    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi va uning ijtimoiy gigienik 
    ahamiyati, 
    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi aholi salomatligining 
    asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U mamlakatning ijtimoiy 
    iqtisodiy taraqqiyotini, aholi sanitariya – demografiya holatini, tibbiy 
    xizmat sifatini, sanitariya – epidemiologiya, profilaktika va davolash 
    ishlarining samaradorligini ko‘rsatadigan o‘ziga xos barometr – 
    indikatori hisoblanadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini, uning 
    sabablarini va dinamikasini tahlil qilish, sog‘liqni saqlash muassasa-


    90 
    larini, bolalar salomatligini yahshilash uchun zarur ma’lumotlar bilan 
    qurollantiriladi. 
    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini kamaytirish, aholining 
    umumiy o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishiga, aholini ko‘payishiga, umr 
    ko‘rish darajasini oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib 
    hisoblanadi. Shuning uchun bir Yoshgacha bo‘lgan bolalar bolalar o‘li-
    mi hozirgi davrning birinchi navbatdagi ijtimoiy masalalaridan biri 
    bo‘lib hisoblanadi. 
    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi, aholi o‘limining umumiy 
    ko‘rsatkichlaridan 4-5 barobar ko‘p bo‘lganligi uchun ham muhim 
    ijtimoiy – gigienik ahamiyatga ega. Kelgusida bolalar o‘limini (1 
    yoshgacha), chuqur ijtimoiy gigienik tadqiqotlar orqali o‘rganib, onalar 
    va bolalar salomatligini yahshilashning har tomonlama maqsadli, chora 
    tadbirlarini ishlab chiqqan va ularni hayotga tadbiq qilgan holda 
    kamaytirishga erishish mumkin. 
    Bolalar o‘limi (1 yoshgacha) haqidagi statistik ma’lumotlar o‘limni, 
    o‘lim haqidagi vrachlik guvohnomasiga va tug‘ilishni esa tug‘ruq 
    to‘g‘risidagi guvohnomaga o‘z vaqtida qayd qilishiga asoslangan. 
    Olingan ma’lumotlarning sifati va uning aniqligi tibbiyot muassasalari 
    va statistika bo‘limlarining xodimlariga va ularning malakasiga bog‘liq. 
    1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi haqidagi statistik ma’lumotlarning 
    to‘liqligiga va sifatiga erishishda hujjatlarni to‘ldirishga, tug‘uruqxona-
    lardagi o‘lik tug‘ilish va o‘limni o‘z vaqtida ro‘yxatga olib, qayd 
    etishga, hamda har bir o‘limning sabablarini bevosita tahlil qilishga 
    javobgar bo‘lgan tibbiyot muassalari, ularda ishlovchi xodimlarning roli 
    katta ekanligini aholida ta’kidlash lozim. 
    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi ko‘rsatkichi xududlarda 
    (tuman, shaxar, viloyat) tug‘ilish ko‘rsatkichi va tug‘ilgan chaqaloqlar 
    soniga chambarchas bog‘lab o‘rganiladi. Agar biror tuman yoki 
    shaharda bir-yilning ichida 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi kamayib 
    ketsa, bu xududda bolalar o‘limini oldini olish bo‘yicha chora tadbirlar 
    yahshi yo‘lga qo‘yilgan deb bo‘lmaydi. 
    Ko‘rsatkichlar bir necha yil, ya’ni kamida uch yil mobaynida bir 
    xil kamaygan holda saqlanib qolsa, unda bu ko‘rsatkich xaqiqatdan ham 
    kamayganligiga ishonch hosil qilsa bo‘ladi. Shuni nazarda tutib, 
    tumanlar bo‘yicha oddiy va qulay bo‘lgan bir yoshgacha bolalar o‘limi 
    ko‘rsatkichini uch yillik o‘rtachasini hisoblash tavsiya etiladi. Tug‘ilgan 
    va o‘lgan bolalarning soni ma’lum bo‘lsa, buni hisoblab chiqarish hech 
    qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. 


    91 
    Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini tahlil qilishning asosiy 
    qismlaridan biri ular hayotining ayrim davrlarga bo‘lib o‘lim 
    ko‘rsatkichlarini aniqlashdir. Bu o‘z navbatida bolalarning (1 
    yoshgacha) o‘limini aniq sabablarini ochib, ularni kamaytirishga 
    qaratilgan maqsadli chora tadbirlar ishlab chiqishga yordam beradi. Bir 
    yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining qonuniyatlarini aniqlash uchun uni 
    ma’lum 
    olingan 
    viloyatlar, 
    res-
    publikavaboshqadavlatlardagikattaliklaribilansolishtirish 
    zarur. 
    Bir 
    yoshli bolalar o‘limi ko‘p jihatdan tug‘ilish darajasiga bog‘liq. Qaerda 
    tug‘ilish ko‘p bo‘lsa, tabiiy hol u erda o‘lim, ayniqsa bir yoshli bolalar 
    o‘limi bir muncha yuqori bo‘ladi.
    Quyidagi ta’riflar jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi tomonidan 
    ham 
    xalqaro 
    taqqoslov 
    ishlari 
    uchun 
    tayyorlangan 
    statistik 
    ko‘rsatkichlarga 
    muvofiq 
    ham 
    mazkur 
    ko‘rsatkichlar 
    olingan 
    ma’lumotlarni taqdim qilish bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq qabul 
    qilingan:

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yil davomida perinatal davrda щlgan bolalar soni x 1000

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish