88
aholining o‘rtacha soniga
3.Tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi –
1000 ta aholiga to‘g‘ri
keladigan
ko‘paygan aholi sonini ko‘rsatadi:
X = tug‘ilish ko‘rsatkichi – o‘lim ko‘rsatkichi
4.Hayot indeksi –
tug‘ilganlarning mutloq sonini o‘lganlarning
mutloq soniga bo‘lgan nisbatini ko‘rsatadi. Undan o‘lim
jadvallarini
tuzish, umr davomiyligini prognozlashtirishda foydalaniladi.
yil davomida tug‘ilganlar soni
Х = --------------------------------------------------------------------------;
yil davomida o‘lganlar soni
Tug‘ilish hodisalarini statistik ruyxatga olish
.
Qonunga
muvofiq
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bir oy mobaynida tug‘ilgan
yoki yashash
joyiga qarashli FXDYO tashkilotlarida ruyxatdan o‘tilishi shart.
FXDYO tashkilotida bolani ruyxatga olish «Tug‘ilganligi
haqidagi
tibbiy guvohnoma» (103/h hujjati) asosida olib boriladi.
Demografik jarayonlarni o‘rganishda
aholining ayrim guruhlari
orasida tabiiy harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish
katta ahamiyatga
ega.Aholi orasida tug‘ish yoshidagi ayollarni (15-49 yosh) ko‘p yoki
kamligi tug‘ilish ko‘rsatkichiga ta’sir ko‘rsatganligi
sababli maxsus
demografik ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi.
Maxsus demografik ko‘rsatkichlar:
1.Umumiy serpushtlik ko‘rsatkichi –
xududda 1000 ta tug‘ish
(fertil) yoshidagi ayollarga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlarni ko‘rsatadi va
quyidagicha hisoblanadi:
yil davomida tug‘ilganlar soni x 1000