|
Aholining tabiiy harakatiBog'liq JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHIAholining tabiiy harakati
.
Aholi – odamlardan tashkil topgan,
demografik hodisalar esa aholida odamlarga tegishli bo‘lgan belgilardan
tashkil topgan. Demak, jamiyat orasida uchraydigan boshqa hodisalar
kabi, kuzatilayotgan voqealar soni aholining umumiy soniga bog‘liq.
Shuning uchun ham, kuzatilayotgan hodisaningkattaligi, intensivligi
haqidaso‘z yuritar ekanmiz, uning mutloq sonlardagikattaligini bilish
etarli
emas.
Aholi
orasida
bo‘layotgan
jarayonlar
haqida
aniqroqma’lumotlar olish uchun Shu hodisalarning ular kelib chiqqan
muhitga, ya’ni aholi soniga taqqoslashimiz kerak. Bu esa demografik
ko‘rsatkichlar degan qiymatlardan foydalanishni talab etadi. Aholi soni
esa-yilning oxiriga yoki boshiga olingan bo‘ladi. Shuning uchun
hamdemografik ko‘rsatkichlarni taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lish
uchun birinchi navbatda o‘rtacha aholi sonini keltirib chiqarish kerak.
Ko‘pincha aholining o‘rtacha soni sifatida uning-yil boshidagi (1yanvar)
va-yil oxiridagi (31 dekabr) sonining yig‘indisini yarmi olinadi.
Aholining-yillik o‘rtacha soni aniqlangandan so‘ng tuman, viloyat,
shahar, respublika bo‘yicha aholining tabiiy harakatini tashkil etuvchi
asosiy tibbiy – demografik ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Aholi yosh-jins tarkibi aholining salomatlik darajasi va ko‘payishini
belgilaydi.Aholining ko‘payishi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning va 50
undan katta yoshdagilar orasidagi nisbat orqali ifodalanadi.
14 yoshdagi bolalarni 50 va undan katta yoshdagilarga nisbatan
ko‘pligi aholi sonining ko‘payishidan darak beradi.
14 yoshdagi bolalarni 50 va undan katta yoshdagilarga nisbatan
kamligi aholi sonining kamayishidan dalolat beradi.
14 yoshdagi bolalarni 50 va undan katta yoshdagilar nisbatini teng
bo‘lishi aholi sonining o‘zgarmayotganligidan dalolat beradi.
Aholi orasidagi demografik o‘zgarishlarni baholash uchun bola
tug‘ish davriga tegishli guruhni (15 – 49 yosh) alohida ajratib, o‘rganish
katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha 15 – 49 yoshli aholi, aholini umumiy
sonini 50%izini tashkil etadi. Ana shunga asoslangan holda aholining
yosh bo‘yicha 3 turli tarkibi farqlanadi (jadval 5.1.)
|
| |