87
Demografik jarayonlarni tahlil qilishda bir necha usullardan
foydalaniladi:
1.umumiy demografik ko‘rsatkichlarni
hisoblash va baholash;
2.turli aholi guruhlari orasida maxsus ko‘rsatkichlarni hisoblash va
baholash;
3.standartlashtirigan ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholash;
4.o‘lim va yashash jadvallarini tuzish.
Demografik ko‘rsatkichlardan quyidagi hollarda foydalaniladi:
1. aholi salomatligini baholash uchun (tug‘ilish,o‘lim,o‘rtacha umr
davomiyligini hisoblashda);
2. aholining tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi tug‘ilish ko‘rsatkichini
baholashda;
3.aholi soni va tarkibi asosida tibbiy kadrlarni rejalashtirish va
joylashtirish;
4. tibbiy-ijtimoiy tadbirlarni
samarasini baholash, rejalashtirish va
prognozlashda.
Aholining sonini
va tarkibini bilmasdan turib, aholi salomatligi va
tibbiyot muassasalarining faoliyatini
chuqur tahlil qilish, ular ishini
rejalashtirish mumkin emas.
Demografik ko‘rsatkichlarni asosan 1000
aholiga nisbatan
hisoblanib quyidagilarga bo‘linadi: umumiy va maxsus.
Umumiy demografik ko‘rsatkichlar:
1.Tug‘ilish ko‘rsatkichlari –
xududdagi 1000 aholiga to‘g‘ri
keladigan tug‘ilishlar sonini ko‘rsatadi va quyidagicha hisoblanadi:
yil davomida tug‘ilganlar soni x 1000
Х = --------------------------------------------------------------------------;
aholining o‘rtacha-yillik soni
2.O‘lim ko‘rsatkichi
– xududdagi 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan
o‘limlar sonini ko‘rsatadi va quyidagicha hisoblanadi: