Tibbiy demografiya va aholining tabiiy harakati




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

5.2. Tibbiy demografiya va aholining tabiiy harakati 
Demografiya – (yunoncha demos – aholi, grafiya – o‘rganaman) 
aholi va uning rivajlanishi haqidagi fan. Demografik statistika aholining 


84 
soni, tarkibi, tug‘ilishi, o‘limi, ko‘payishi, harakati haqidagi asosiy 
qonuniyatlarni o‘rganadi. Demografik ma’lumotlar aholining tibbiy 
yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, uni rejalashtirishda katta 
ahamiyatga ega (muqim shifoxonadagi o‘rinlar soni, poliklinikadagi 
lavozimlar, shtatlar, yasli, sanatoriyalardagi o‘rinlar soni, vrachlar va 
o‘rta tibbiyot xodimlarining, dorixonalarning soni va boshqalar). Aholi, 
sog‘liqni saqlash muassasalar uchun bevosita sog‘lomlashtirish ishlari 
olib boriladigan obyekt hisoblanadi.Aholini o‘rganish ikki yo‘nalishda 
olib boriladi: 
1.
 
Aholini statikasi, boshqacha qilib aytganda aholining ma’lum bir 
vaqtda olingan soni, tarkibi (jinsi, yoshi, kasbi, mashg‘uloti, oilaviy 
ahvoli, millati, tili, ma’lumoti), turar joyi, geografik joylanishi, zichligi 
haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
2.
 
Aholi dinamikasi (harakati) - aholi sonining o‘zgarashi. U o‘z 
navbatida ikki xil bo‘ladi:
a) mexanik harakat; 
b) tabiiy harakat (tug‘ilish va o‘lim natijasida).
Aholi dinamikasi (harakati)
.
Aholining ichida tabiiy va mexanik 
(migratsiya jarayonlari) harakat farqlanadi. Aholining tabiiy harakati 
deganda, asosiy demografik jarayon tug‘ilish va o‘limning natijasida 
ma’lum bir territoriyada aholi sonining o‘zgarishi tushuniladi. 
Migratsiya deganda esa aholining bir davlat ichida yoki bir 
davlatdan ikkinchi davlatga mexanik ravishdagi harakati tushuniladi. 
Migratsiyaning har xil formalari bo‘lib birinchi navbatda tashqi 
migratsiya – davlatlararo va ichki migratsiya – bir davlatning ichidagi 
harakat tushuniladi. Ichki migratsiya ham ikki xil bo‘ladi. Masalan: 
doimiy yashash joyini o‘zgartirish natijasidagi harakat va mavsumiy 
migratsiya – aholining ma’lum bir vaqtdagi (mavsumdagi) harakati va 
boshqalar. 
Migratsiya 
jarayonlari 
katta 
ijtimoiy-gigienik 
va 
epidemiologik ahamiyatga ega:
a) aholining mexanik harakati ma’lum bir territoriyada aholining 
son jihatdan ko‘payishiga, boshqa bir territoriyada esa kamayishiga, 
aholining yoshi, jinsi, kasbi bo‘yicha tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. 
Bu esa o‘z navbatida sog‘liqni saqlashmuassasalarining faoliyatiniko‘rib 
chiqishni talab etadi; 
b) aholining mexanik harakati, ayniqsa davlatlararo migratsiyasi 
natijasida u yoki bu davlatda Yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga olib 
keladi. 


85 

Download 1,45 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tibbiy demografiya va aholining tabiiy harakati

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish