• Chuqur bosma qolip tayyorlash bo‘limini loyihalash va rejalashtirish
  • Ishlab chiqarishni rejalash va ish sharoitlari




    Download 1.18 Mb.
    bet9/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519
    Ishlab chiqarishni rejalash va ish sharoitlari Ofset qoliplarini tay­yorlash boTimlari reprotexnik markaz va ofset bosma boTimi bilan qu­lay aloqaga ega qilib joylashtirilishi kerak. Texnologik bo‘linmalarning o'zaro joylashuvi ishlab chiqarish jarayonining to'g'ri yo‘nalishini ta’minlashi kerak.


    71




    Qolip tayyorlash bo‘linmalarini ihotalangan xonalarda joylashtirish tavsiya qilinadi, chunki unda bajariladigan ba'zi jarayonlar texnologik ish tartiblari va mehnat sharoitlari bilan farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lmaganda nusxa ko‘chirish va qolipga ishlov berish jarayonlari bitta xonada bajarilishi mumkin.
    Havo mubitining parametrlari ofset qoliplarini tayyorlash jarayonini me’yorlashtirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shu tufayli barcha xonalarda havoni konditsionerlash loyihalanishi kerak. Doimiy mikroiqlimning quyidagi oqilona parametrlari tavsiya qilinadi: yilning issiq davrida harorat 18-20°C, yilning sovuq davrida 21-23°C, havoning nisbiy namligi 40-60%.
    Nusxa ko‘chiruvchi ramalarda yorug‘lik manbayi sifatida lyumin- essent va metallgalogenli lampalar keng qoilaniladi. Ularning maksi- mum nurlanishi spektrning ultrabinafsha sohasiga to‘g'ri keladi. Bunday lampalarning ishlashi tufayli hosil bo'ladigan ozon oqimli-so'rib olishli ventilyatsiya yordamida xonadan chiqarib yuborilishi kerak. Nusxa ko‘chirish ramalari shunday o'rnatilishi kerakki, ularga xizmat ko‘rsatish tomonidan erkin zona kamida 1,2 m ni, qolgan tomonlardan esa 0,6-1 m ni tashkil qilsin.
    Ofset qoliplarini joylashtirish boTinmalarida mexanizatsiyalashgan oqim tizimlari tarkibiga kiruvchi asosiy uskunalardan tashqari ba'zi qo'lda bajariladigan ishlar uchun rakovinalar, plastina va tayyor bosma qoliplarini saqlash stellajlari o'rnatiladi.
    Sinov nusxasini olish dastgohlari shunday o'rnatilishi kerakki, uning atrofidagi barcha ishchi zona yaxshi tabiiy yoritilsin. Dastgohlar orasi­dagi masofa ishchi zonada 1,5 m dan. ishsiz zonada 0,8 hajmdan kam bo‘lmasligi kerak.
    Ofset qoliplariga ishlov berish prosessorlari shunday o'rnatilishi kerakki, ular boshqa uskunalardan yoki binoning qurilish elementlaridan ishchi zonada kamida 1,5 m, ishsiz zonada 1,0-1,2 m uzoqlikda joylash- sin. Ikkita qo'shni ishchi zonalar mavjud bo‘lganda uskunalar orasidagi masofa 2,5 m bo'lishi kerak.
    Nusxa ko‘chirish va monometall ofset qoliplariga ishlov berish bo ‘ linmalarini loyihalash namunalari 5.1 -rasm va 5,2-rasmda ко ‘ rsatilgan.


    72







    1. rasm. Fotoqoliplardan ofset plastinalariga nusxa ko‘chirish bo‘linmasini rejalash:

    1. nusxa ко 'ehirish ramasi; 2 —yoritish qmilmasi; 5 — shkaf; 4 - montaj dastgohi; 5 - ish stoli; 6 — plastinalarni saqlash moslamasi; 7 — plastinal- arni saqlash uchun shkaf; 8 — montajlarni saqlash uchun shkaf; I—montaj bo 'linmasi; 11 — qoliplarga ishlov berish bo 'linmasi.





    1. rasm. Monometall ofset qoliplariga ishlov berish boMinmasini rejalash:

    1. - qolipga ishlov berish protsessori; 2 - shkaf; 3 — rakovina; 4 - eritmalar uchun stol-shkaf; 5 - qoliplarga ishlov berish uchun ish stoli; 6 - qoliplarni nazorat qilish uchun stol; 7 - quritish shkafi; 8 — plasthialarning chekkalarini bukish dastgohi; 9 - plastinalarni saqlash uchun shkaf.


    73




    1. Chuqur bosma qolip tayyorlash bo‘limini loyihalash va rejalashtirish

    Ishlab chiqarishda qo'llaniladigan chuqur bosma qoliplarini tayyorlash jarayoni bo‘limda ishlab chiqarishni tashkil qilishga yuqori talablar qo‘yadi.
    Bosma qoliplarining sifati bo’limdagi iqlim sharoitlarining doimiyligiga hamda qolip tayyorlash jarayonida belgilangan texnologik tartiblarga rioya qilinishiga bog'liq bo‘lib, ijrochilardan yuqori malaka talab qiladi. Ana shu shartlar bajarilganda ham tayyorlangan bosma qoliplarining ma’lum bir qismi bosish uchun yaroqsiz boiadi. Shuning uchun chuqur bosma qoliplarini tayyorlash bo'limlarini loyihalashda asosiy quwatdan tashqari 30-50% zaxira quvvatlarini ham nazarda tutish kerak.
    Bunday bo’limlarni loyihalash uchun nashr texnik ko'rsatkichlari, jumallami ishlab chiqarish grafiklari va bosish jarayoni uchun hisoblangan natijalar boshlang'ich ma’lumotlar bo'lib xizmat qiladi.
    Loyihalanadigan texnologiya ham matnli, ham rasmli asl nusxalarni yu­qori aniqlikda qayta ishlashni, ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni, nashrlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashni, shuningdek, ishlab chiqarishning yaxshi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ta’minlashi kerak.
    Ishlab chiqarish hajmi katta bo'lganda jarayonning turli bosqichlarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan oqim tizimlarini qo'llash samarali hisoblanadi. Galvano bo'limda elektrokimyoviy yog'sizlantirish, dekapirovka qilish, ajratuvchi qatlamni yuritish va yuvish, metall qatlamni elektrolitik usulda qoplash va qolip silindrlarini harakatlantirish uchun avtooperator uskunalaridan tashkil topgan majmualar loyihalanishi mumkin. Avtooperator osma yo'llarga mahkamlangan va qayta ishlash jarayonida silindrlarni gorizontal va vertikal yo'nalishlarda siljitish mexa- nizmlari bilan jihozlangan aravachadan iborat. Katta o'lchamli silindrlarga mis qatlam tizimining taxminiy unumdorligi-12-14, xromlash uchun esa 20 qolip silindr smena. Pigmentli nusxani ko'chirish. ochiltirish va quri- tish, qoliplarni yedirish va qolip silindrlarini harakatlantirish ishlarini bajaradigan avtomatlashtirilgan majmualar ham mavjud. Barcha ishlovlar berilgan dastur bo'yicha avtomatik tartibda bajariladi.
    Oqim tizimlarini loyihalashda ularni texnik ko'rsatkichlari qolip silindrlarining o'lchamlariga (diametr va yasovchisining uzunligi) mos keladigan uskuna va qurilmalardan tuzishga e'tibor qaratish kerak.


    74




    Bosma qoliplarini o'yish avtomatlarida tayyorlash jarayonini loyiha­lashda qo'llaniladigan texnikaga bog'liq holda shaffof va noshaffof asl nusxalardan foydalanish mumkinligini hisobga olish kerak.
    Kichik oichamli bosma qoliplar asl nusxa silindri va qolip silindri bitta qurilmada umumiy o'qda joylashadigan avtomatlarda o'yiladi. Agar loyihalash topshirig'ida yasovchisining uzunligi 1,5 m dan kattaroq bo'lgan bosma qoliplarini tayyorlash nazarda tutilsa, ikkita alohida qurilma - yoyish va o'yish qurilmalaridan tashkil topgan avtomatlardan foydalaniladi. Bitta yoyish qurilmasi bir necha o'yish qurilmalarini boshqarishi mumkin. bu bir vaqtning o'zida bir necha o'xshash dublikat qoliplarni tayyorlash imkonini beradi.
    Bosma uskunalarining to'xtab turishini qisqartirishuchun ulargatayyor qoliplar o'rnatilishi kerak. Shuninguchun sinov nusxalarini maxsus sinov nusxasini olish uskunalarida olish kerak. Ular adad bosmasiga maksimal yaqin sharoitlarni ta’minlashi talab qilinadi. Agar topshiriq bo'yicha chiqariladigan mahsulot o'lchamlari soni chegaralangan bo'Isa, doimiy o'lchamdagi sinov nusxasini olish uskunalari loyihalanadi. Agar ko'plab o'lchamli qoliplar tayyorlansa, o'zgaruvchan o'lchamli sinov nusxasini olish uskunalarini loyihalash kerak.
    Qolip tayyorlash yuklamasi har xil o'lchamli bosma uskunalari uchun alohida hisoblanadi. Buning uchun qolip silindrlarining va dublikat qoliplaming umumiy soni aniqlanadi. Hisob-kitoblarda qolip tayyorlash texnik chiqindilar darajasining yuqoriligini (10-15%) hisobga olish kerak.
    Uskuna va ishchilarni hisoblash yuklamaning yil davomida bir xil taqsimlanishi bo'yicha bajariladi.

    Download 1.18 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishni rejalash va ish sharoitlari

    Download 1.18 Mb.