• Turli qavatga ega va turli vazifani bajaruvchi korxonalar uchun bino turini tanlash.
  • Ishlab chiqarish binolariga qoyiladigan asosiy talablar
  • Ishlab chiqarish binolarini loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar
  • Matbaa korxonalarini loyihalashda shovqin va titrashlarni pasaytirish chora-tadbirlari
  • Ishlab chiqarish binolarining pollari
  • Ishlab chiqarish bo‘limlarni pardozlash
  • Ishlab chiqarish korxonasini rejalashtirish
  • Rejalashning asosiy prinsiplari va ketma-ketligi
  • Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va




    Download 1.18 Mb.
    bet6/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519
    w


    20,4


    | rift «Barer* fss-i тагуУгая r—gsagV yssy szzsr rsst -jsiffiffSLS" fSsiAmSSi list ^


    3.7-rasm. Ko'p qavatli binoning qirqimi


    Barcha nashr turlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalarni joylash­tirish uchun 1-qavatda ustunlar turi 6x6 m, 2-qavatda korxonaning ish­lab chiqarish ko‘lamiga bog'liq holda turlicha (6x12, 6x18 va 12x18 m) bo’lgan keng ikki qavatli binolar qulay hisoblanadi. Ikkinchi qavatlar, odatda, fonarlar orqali tabiiy yoritiladi. Ikki qavatli binolar bir va ko‘p qavatli binolarga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega (3.8-rasm).


    41







    1-1













    D



    о











    о





    a



    a

















    a







    a







    a





    D





    a









    a







    P



    a



    о



    a





    a

    D

    a



    a



    о

    D

    D


    08


    1. rasm Ikki qavatli binoning rejasi va qirqimi:

    a-qirqim; b-2-qavatning rejasi; d-1-qavatning rejasi 42


    Bunday binolar quyidagilarni ta'minlaydi:

    1. matbaa ishlab chiqarish texnika va texnologiyasini istiqbolli rivoj- lantirish imkoniyatini;

    2. gazeta vajurnal bosishga mo'ljallangan ikki yarusli uskuna-agregat- larni qulay joylashtirishni;

    3. rulonli bosma uskunalari qog‘oz uzatish tizimlarini pastki qavatga ko'chirish (uskunani qavatli joylashtirish).

    Bu holda qog'ozni harakatlanish yo‘li va yuk oqimlarini mexaniza- tsiyalashtirish xarajatlari qisqaradi. bosma boMimlaridagi sanitariya sharoitlari yaxshilanadi va bosma sifati oshadi, ayniqsa qog‘oz rulonlari- ning ochilishida hosil bo'ladigan qog'oz changining kamayishi tufayli ko'p bo‘yoqli bosmaning sifati yaxshilanadi. Bundan tashqari, bosma uskunalari ishlashdagi tebranishlar ikkita qavatda taqsimlanadi.

    1. boshqa bino turlariga nisbatan qog'oz saqlash uchun yaxshiroq sharoitlarning yaratilishi. MaTumki, bosma mahsulotining sifati va bos­ma uskunalarining unumdorligi qog'ozning holatiga bog'liq; qog'ozni

    1. qavatda bosma uskunalari tagida saqlash ularni tashqi muhit ta’siriaridan himoyalaydi va havoni konditsionerlash uchun tejamkor sharoitlar yaratadi.

    1. bevosita avtomobil va temir yoi transporti yordamida 1-qavatni (qurilish relyefidan oqilona foydalanilganda) xomashyo va materiallar bilan ta'minlashni tashkil qilish hamda bevosita 2-qavatdan tayyor mahsulotlarni avtotransportlarga yuklashni qulay tashkil qilish. Bunday qaror korxonada yuk oqimlarini mexanizatsiyalashni soddalashtiradi va arzonlashtiradi.

    Matbaa korxonalarining ishlab chiqarish binolari yig'ma temir betonli elementlardan quriladi. Ko'p qavatli binolar, odatda, 5 qavatdan oshmaydi, alohida hollarda bundan ham balandroq binolar qurilishi mumkin.
    Ko'p qavatli binolar ishlab chiqarish qavatlarining balandligi pastki qavat polidan keyingi qavat poligacha 4,8 va 6,0 m qabul qilinadi; bir qa­vatli binolar va ikki qavatli binolarning ikkinchi qavatlari ancha balandroq 10-15 m balandlikda quriladi. Bunday boiimlarda ixtisoslashganuskuna- agregatlarni o'rnatish qulaylashadi.
    Turli qavatga ega va turli vazifani bajaruvchi korxonalar uchun bino turini tanlash.
    Ishlab chiqarish binosi turini tanlashda bosma texnikasini rivojlanti- rish yo'nalishini hisobga olish kerak; binoning tuzilish o'lchamlariga va


    43




    qavatlar orasidagi to‘siqlarning ko'tarish qobiliyatiga binoning ma’naviy eskirishining oldini oluvchi oqilona zahira kiritiladi. Bino loyihada na­zarda tutilganga nisbatan unumdorligi yuqoriroq uskunalarni o'rnatishga imkon berishi kerak. Bosma uskunalarining yuqoriroq unumdorligi bosim o‘lchamining va bosma silindrlari aylanishlari sonining o'zgarishida na- moyon bo‘ladi. Ko‘p qavatli bino qurilganda uning qavatlar orasidagi to'siqlari og‘irroq uskunalarni o‘rnatishga hisoblangan bo'lishi kerak.
    Matbaa korxonasi binosi turini tanlash quyidagi sharoitlarga bog'liq bo‘ladi:

    1. Qurilish maydonining tavsifi va joylashishi о'mi. uning geologiyasi va geodeziyasi;

    2. Arxitektura-rejalash vazifalarining talablari;

    3. Ishlab chiqarish ko‘lami va korxona mahsulotining tavsifi;

    4. Loyihalanayotgan uskunalarning tavsifi (parterli yoki qavatli uskunalar, balkonli turdagi agregatlar va boshqalar);

    5. Korxona va uning texnikasining rivojlanish istiqbollari; keyinchalik ishlab chiqarish kengaytirilganda bino va uning maydonda joylashishi binoga jipslashgan qo‘shimcha binolarni qurishga yaroqli bo'lishi kerak;

    6. Binoda joylashadigan ma’muriy bo'limlaming joylashishi (nashri- yot, gazetalar tahririyati va boshqalar).

    Binoning hajmli-rejali va tuzilish shakllari ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishning eng yaxshi sharoitlarini, eng zamonaviy texnika va texnologiyani qo'llash imkonini ta’minlashi hamda maksimal tejamkorlik talablarini qondirishi kerak.
    Ishlab chiqarish tavsifi va korxonaning ko'lami ishlab chiqarish bi­nosi turini tanlashga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatadi. Zamonaviy yuqori unumdorli bosma uskuna agregatlari rulon o'rnatish qurilmalarini hisobga olganda 10-12 m gacha balandlikka ega. Katta tezlikda ishlaydigan bunday uskunalar kuchli titrashni hosil qiladi. Bu holat binoning tuzilish elementlarida hisobga olinishi kerak. Katta o‘ lchamli va yuqori unumdorli uskunalarni o'rnatish uchun qurilish maydoni mustahkam gruntga ega bo'lishi kerak.

    1. Ishlab chiqarish binolariga qo'yiladigan asosiy talablar

    Ishlab chiqarish binolari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:


    44




    1. Ishlab chiqarishning loyihalangan hajmiga, texnik jihozlanish, tex­nika va texnologiyaning rivojlanish istiqbollariga hamda korxonada ish­lab chiqarishni tashkil qilish sharoitlariga mos bo'lishi kerak:

    2. Uskunalarni qulay joylashtirish va xizmat ko‘rsatish, uskunalar atrofidagi texnologik zaruriy maydonlar va o'tish yo'llarini ta’minlashi kerak;

    3. Texnik jihozlanish va yong‘indan xavfsizlikka mos keluvchi yetar­licha mustahkamlik va chidamlilikka ega boTishi kerak;

    4. Korxonaga kirish joylari, sanitar-maishiy xonalari, zinapoyalar, shu­ningdek, umummuhandislik inshootlari qulay joylashgan bo'lishi kerak;

    5. Tashqi transport vositalarining kirishi va yuklash, yuk tushirish ish- larini tashkil qilish uchun qulay kirish yo‘llariga ega bo‘lishi kerak;

    6. Binoda ishlashning yaxshi sharoitlarini ta’minlashi kerak;

    7. Binoning ichki va tashqi arxitektura va tuzilish elementlari ishlab chiqarish jarayonini murakkablashtirmasligi kerak; qurilishdagi tuzil­ish elementlari titrashlarning tarqalishiga to‘sqinlik qilishi kerak, yirik uskunalar o'rnatilganda titrashlar kichik maydonning o‘zida susaytirilishi kerak;

    8. Bino tabiiy va sun’iy yoritilganlik va tabiiy shamollatish uchun oqilona sharoitlarga ega bo‘lishi kerak;

    9. Qurilish va foydalanishda tejamkor bo‘lishi kerak;

    10. Yangi texnikadan foydalanishda muhandislik inshootlarini mos- lashtirish uchun katta xarajatlar talab qilmaydigan sharoitlarga ega bo'­lishi kerak.

    Ishlab chiqarish binolari mehnatni ilmiy tashkil qilish talablariga muvofiq loyihalanishi kerak. Korxonalarda mehnat unumlorligini va ish­lab chiqarish madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi maksimal komfort sharoitlarni yaratish kerak.
    Korxonaning ishlab chiqarish ko‘lami va texnik jihozlanishiga bog'liq holda ishlab chiqarish binolari turli qavatli va turli ustunlar to‘riga ega bir va bir necha binolardan tashkil topishi mumkin.
    Varaqli bosma uskunalari bilan jihozlangan kichikroq matbaa korxonalarini bir qavatli binolarga joylashtirish maqsadga muvofiq. Mahalliy va markaziy davriy nashrlarni ishlab chiqaruvchi viloyat va respublika miqy osidagi kichikroq korxonalarni turli qavatli 2-3 binolardan iborat aralash binolar tizimiga joylashtirish kerak.


    45




    Yirik korxonalarni loyihalashda. agar qurilish maydoni imkon bersa, bosish va pardozlash bo' limlarini bir va ikki qavatli binolarga j oylashtirish kerak. O'rta va yirik korxonalarda ma'muriy bo'limlar va sanitariya- maishiy xizmatJar alohida binolarga joylashtiriJishi kerak.

    1. Ishlab chiqarish binolarini loyihalash uchun boshlang‘ich ma’lumotlar

    Ishlab chiqarish binolari qurilish loyihalari bo'yicha amaldagi me’yorlar va qoidalarga muvofiq loyihalanadi. Bunda korxonani qurish hududida joylashgan qurilish tashkilotlarining va qurilish elementlarini tayyorlovchi korxonalarning texnik imkoniyatlari o'rganiladi. Binolarni loyihalash uchun quyidagilar asosiy boshlang'ich ma’lumotlar boiib xizmat qiladi:

    1. Ishlab chiqarishni joylashtirish uchun kerakli maydon uchun texnologik topshiriqlar;

    2. Tegishli tarmoq qoidalariga muvofiq ishlab chiqarish jarayonlari guruhlari bo‘yicha taqsimlangan ishchilarning ishga chiquvchi tarkibi ha­qidagi ma'lumotlar;

    3. Loyihalanadigan uskunalarning tavsifi, uning gabarit o'lchamlari, statik va dinamik yuklamalari, xomashyo va yarimmahsulotlarni saqlash yuklamalari haqidagi texnologik ma’lumotlar;

    4. Uskunalarning tagiga fundamentlar qurish masalalari, agar usku­nalar qavatlararo to‘siqlarga o‘rnatiladigan bo‘lsa, uskunalarning tagiga moy o'tkazmaydigan elementlarni o'rnatish:

    5. Pollarning tuzilishi va xonalarni pardozlash uchun texnologik topshiriqlar;

    6. Maydonning geologiyasi va geodeziyasi, tashqi kommunikatsiyalar haqida ma’lumotlar.

    Binoni loyihalashning boshlang'ich bosqichida boshlang'ich ma’lu­motlarni o'rganish asosida qurilish maydonining ishlab chiqarish talablari- ga javob beruvchi rejalashtirish qarorlarining mumkin bo'lgan variant!ari o'rganiladi. Bu qarorlar bo'lajak binoning va unda korxonaning asosiy yuk oqimlariga ega bo'limlarining joylashish tavsifi haqida tasavvur beradi.
    Rejalashtirish ishlarining variantlari qurilish mutaxassislari va texno- loglar ishtirokida ishlab chiqiladi, ular ishining o'zaro muvofiqlashuvi binoni eng kam xarajatlar bilan loyihalash imkonini beradi. Qurilishning


    46




    eng maqsadga muvofiq va tejamli variantini ta’minlash uchun texnologik rejalashtirish arxitektorlar, konstruktorlar, santexniklar, energetiklar, mexa- niklar va boshqa mutaxassislarning ishtirokida yoki maslahati bilan amalga oshirilishi kerak.

    1. Matbaa korxonalarini loyihalashda shovqin va titrashlarni pasaytirish chora-tadbirlari

    Matbaa korxonalarini loyihalashda uskunalarning titrashini va shovqinini pasaytirishni ta’minlovchi chora-tadbirlarni hisobga olish kerak.
    Uskunalarning titrashi ularning unumdorligini pasaytiradi, mahsulot sifatini yomonlashtiradi va uskunadan foydalanish xarajatlarini oshiradi. Ishlab chiqarish sharoitlarida shovqin ishchilarning o‘zini his qilishiga yomon ta’sir qiladi, kuchli shovqin esa ishchilarning salomatligiga zarar yetkazadi va mehnat unumdorligini pasaytiradi.
    Uskunalarni titrashdan himoyalovchi elastik tagliklarga o‘matib titrash- ni kamaytirish mumkin. Bir turdagi uskunalar, masalan bosma bo‘limlarida titrashdan himoyalovchi material uskunalar o‘matiladigan maydonning bu- tun yuzasi bo'ylab yotqizilishi mumkin.
    Shovqin daraj asini pasaytiruvchi chora-tadbirlar shovqinning miqdoriga bog‘liq holda majmuaviy yoki mahalliy tavsifga ega bo‘lishi mumkin: to‘siq vatovushni yutuvchi materiallarni qo'llash, devor va shiftlami shun- day materiallar bilan qoplash va boshqalar. Alohida hollarda qattiq shovqin chiqaruvchi uskunalarni asosiy bo‘limlardan ajratilgan ihotalangan xonalarga joylashtirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Matbaa sanoati texnikasining rivojlanish yo‘nalishi ishlab chiqarish binolarini rejalash va loyihalashda shovqin va titrash bilan kurashishning keng chora-tadbirlarini qo‘llashni taqozo qiladi. Ular quyidagilardan iborat:

    1. turli mehnat sharoitlariga ega ishlab chiqarish bo‘limlari va texno­logik bo’linmalami ihotalash;

    2. o‘rta va yirik korxonalarda bosish va pardozlash boiimlarini alo­hida binolarda joylashtirish;

    1. ishlab chiqarish hajmi katta bo' lmaganda bosma bo‘limlarini pastki qavatlarga joylashtirish va uskunalarni titrashdan himoyalovchi taglik­larga o'matish;


    47




    1. titrash va shovqin hosil qiluvchi uskunalarga ega ishlab chiqarish boUimlarini binoning bir tomoniga joylashtirish (yirik korxonalarni bitta binoda loyihalashda) va uni devorlar hamda titrashdan himoyalovchi tag- liklar bilan ihotalash;

    2. bir qavatli bino pollarini vertikal titrashdan himoyalovchi tagliklar bilan alohida maydonlarga ajratish.

    1. Ishlab chiqarish binolarining pollari

    Korxonaning ishlab chiqarish bo‘limlarining pollari texnologik jara- yonning tavsifiga mos bo‘lishi kerak. Pollarga xizmat ko‘rsatishning mu- rakkabligi tufayli kamroq turdagi pollarni qo'llashga harakat qilish kerak.
    Ishlab chiqarish xonalarining pollari quyidagi texnologik talablarga javob berishi kerak:

    1. Bosish va broshyuralash-muqovalash boMimlarida, omborxona va ekspeditsiyalardagi pollar mexanik ta’sirlarga chidamli bo'lishi kerak. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni qog‘oz, yarimmahsulotlar, bosma mahsu­lotlar, og‘ir metall buyumlar va boshqa yuklarning, shuningdek. odamlar oqimining harakatlanishi bilan bog‘liq;

    2. Og‘iryukli transport vositalarining harakatini ta’minlash uchun sil- liq yuzaga ega bo'lishi kerak;

    3. Texnologik jarayon kislota, ishqor va suvdan foydalanish bilan bog‘liq bo'lgan ishlab chiqarish bo‘limlarining pollari kimyoviy ta'sir- larga va suvga chidamli bo‘lishi kerak;

    4. Ishchi tik turgan holda ishlaydigan broshyuralash-muqovalash va boshqa bo'limlarningxonalari pollari issiqlikni kam o‘tkazadigan bo‘lishi kerak;

    5. Changlanishning oldini olish uchun ishqalanishga chidamli bo‘li- shi kerak, chunki hosil bo'ladigan chang nafaqat texnikaga, balki mahsu­lotning sifatiga ham salbiy ta’sir ko'rsatadi;

    6. Oson yuvilishi va tozalanishi kerak;

    7. Bosish bo‘limlarida qog'ozning elektrostatik zaryadlanishiga qar- shilik ko'rsatishi kerak;

    8. Kerakli darajada shovqinsizlikni ta'minlashi kerak.

    1. Ishlab chiqarish bo‘limlarni pardozlash

    Qulay sanitariya-gigienik, fiziologik, estetik va xavfsiz mehnat sharo- itlari mehnatni ilmiy tashkil qilishning muhim elementi hisoblanadi.


    48




    Mehnatni ilmiy tashkil qilish masalalari bo'yicha uslubiy tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqarish xonalari interyerlarining arxitektura yechimlari quyidagilarni ta’minlashi kerak;

    1. Ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish uchun komfort sharoitlarini ta’minlash;

    2. Texnologik jarayonlar va bo‘lim ichidagi transportni eng oqilona tashkil qilinishini ta'minlash;

    3. Ishlab chiqarish sharoitining estetik sifatlarini oshirish va shu orqali ishchilarning emotsional kayfiyatlarini yaxshilash va mehnat samarador- ligini oshirishga xizmat qilish;

    4. Mehnatning noqulay sharoitlarini pasaytirish yoki neytrallash (noqulay harorat-namlik rejimi. shovqun va boshqalar);

    5. Ishchilarning salomatligi va hayotiga xavf tug‘diruvchi uskuna qismlari va qurilish elementlarini bartaraf qilish yoki ogohlantiruvchi si­fatida belgilash;

    6. Ishlab chiqarish bo‘limlarida ishchilarga zaruriy xizmat ko'rsatish (dam olish, chekish joylari, ichimlik suvi bilan ta’minlash);

    7. Ishlab chiqarish xonalaridan foydalanish qulayligi (tozalash- yig'ishtirish, ventilyatsiya).

    Ishlab chiqarish xonalari interyerlarining arxitektura yechimlari kor- xonadagi mehnat sharoitini sog‘lomlashtirish va yaxshilash bo‘yicha cho- ra-tadbirlarning umumiy majmuyi bilan muvofiqlashgan bo‘lishi hamda binoning turi, uning maydoni, ichki hajmi, shuningdek, texnik estetika talablarini hisobga olib qabul qilinishi kerak.
    Arxitektura yechimlarini tanlash texnologik jarayonning o‘ziga xosli- gi, mehnatning tavsifi va rejimi, sanitariya-gigienik me'yorlash, yoritish tavsifi va yoritilganlik darajasi, ishlab chiqarishdagi shovqin va titrash- laming mavjudligi, texnika xavfsizligi qoidalari. shuningdek, iqlimiy sharoitlarning xususiyatlariga ham bog'liq boTadi.
    Matbaa korxonalarining barcha ishlab chiqarish bo‘limlarida shiftlar- ning yelimli bo‘yoq bilan bo'yalishiga ruxsat etiladi. Biroq, sifatini oshirish maqsadida moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yash tavsiya etiladi. Yuqori tezlikda ishlovchi uskunalar o‘rnatilgan gazeta bosish boMimlarining devorlari plitkalar bilan pardozlanishi kerak. Bunday pardozlash devor- larni bo‘yoq va qog'oz changidan oson tozalash imkonini beradi. Bo‘limlardagi ishlab chiqarishga taalluqli mebel va uskunalarning rangi


    49




    ish joylarining yaxshi yoritilishiga xizmat qilishi va ishchilarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Uskunalarni ikki rangda bo‘yashga ruxsat etiladi: tez ifloslanadigan pastki qismini to‘q ranglarga, tepa qismini ochroq ranglarga bo ‘ у ash mumkin.
    Xonalarning rang bilan bezalishining ilmiy asoslangan uslublari ranglarni uch guruhga ajratishga asoslanadi: optimal, yordamchi va himoya ranglari.
    Optimal ranglar - olovrang-sariq, sariq, yashilroq-sariq, havorangroq- yashil va havorang bo‘lib, ularning qaytarish koeffitsienti nisbatan kat­ta va to‘yinganligi sustroq. Ishchilarning ko‘rish toliqishi tezroq sodir bo‘ladigan terish. ofset bosma qoliplarini tayyorlash va bosish bo‘lim- larini shunday ranglarga bo'vash tavsiya qilinadi. Yordamchi ranglar tusi bo'yicha optimal ranglarga уaqin, lekinto'yinganligi ko‘proq va kichikroq qaytarish koeffitsientiga ega. Optimal ranglar qo‘llanilgan xonalarda zaruriy kontrastni hosil qilish uchun tavsiya qilinadi. Himoyaviy, keskin ranglar - qizil, jigarrang, ko‘k, binafsha rang, shuningdek, qora ranglar uskunalarning ishchilarga xavf tug‘diruvchi qismlarini (uskunalarning chegaralovchi panjaralari, uskunani ishga tushirish tugmachalari) bo'vash uchun tavsiya qilinadi.

    1. Ishlab chiqarish korxonasini rejalashtirish

    Korxonani rejalash ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, yor­damchi xizmat va xo‘jaliklarini maqsadga muvofiq, o‘zaro bog'liq va tejamli joylashtirishdan iborat.
    Korxona va uning ishlab chiqarish bo‘limlarini rejalashda korxonada mehnatni muvaffaqiyatli, ilmiy tashkil qilish sharoitlari yaratiladi.
    Rejalash loyihasining asosiy vazifalari quyidagilar:

    • ishlab chiqarish j arayonining oqimliligini va xomashyo va у arimmah- sulotlarning eng qisqa transport masofalarida harakatlanishini ta’minlash (alohida ishlab chiqarish va yordamchi ishlab chiqarish bo‘limlarini o'za- ro joylashuvi, bo‘limlar orasidagi yo'Darning qulay tashkil qilinishi);

    • yuklami boTimlar o‘rtasida tashish uchun eng sodda, ishonchli, xavfsiz va tejamli transport vositalarini qo'llash imkoniyatlarini izlash: bu vazifalar bino turini tanlashda, vertikal transport vositalarining joylashish holati, gorizontal transportning tavsifi, korxonaning texnik jihozlanishi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish masalalari bo'yicha hal qilinadi;


    50




    • ishlayotganlar uchun sanitariya vayong‘indan xavfsizlik qoidalariga hamda mehnatni ilmiy tashkil qilish talablariga mos keluvchi qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish.

    Buning uchun quyidagilar zarur:

    1. ichki muhitning mantiqiy va aniq kompozitsiyasi, alohida bo'limlar va ularning tuzilish elementlarining yaxshi proporsiyasi va taqsimlanishi;

    2. ish joylarini oqilona tashkil qilish va jihozlash;

    1. ishlab chiqarish bo‘limlari va alohida ish joylarining oqilona tabiiy va sun’iy yoritish tizimlari;

    2. ishlab chiqarish bo‘limlari ichki muhitining tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi;

    3. qulay ichki joylashish, zarur hollarda esa ishlab chiqarish bo‘lim- larini ko‘kalamlashtirish (qisqa vaqtli dam olish, ichimlik suvi bilan ta’­minlash, ko‘rgazmali axborot vositalari joylari);

    • uskunalar, muhandislik inshootlari va korxona tarmoqlarining ish- lashi uchun qulay sharoitlar yaratish;

    • uskunalarga qulay texnik va ma'muriy xizmat ko'rsatishni ta’minlash;

    • ishlab chiqarish jarayonining maksimal darajada tejamliligini ta’­minlash. Bu rejalash qarorlarining majmuyiga va eng avvalo ishchilar­ning mehnat faoliyati sharoitlariga, ularning ish smenasi davomida mehnatga layoqatliligini saqlab qolishga hamda bo‘limlararo va bo4im ichidagi transportning oqilona tizimiga bog‘liq bo‘ladi.

    Rejalash uchta an’anaviy tip bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
    Birinchisi - statsionar rejalash, bunda material yoki asosiy detallar ma’lum qayd qilingan joyda qoladi. Rejalashning bu tipi og‘ir uskuna- sozlik sanoatida qo‘llaniladi.
    Ikkinchisi - ish turi, funksional alomati bo‘yicha rejalash. Bunday aynan bir texnologik jarayonning barcha ishlovlari guruhlanadi.
    Uchinchisi - oqimli ishlab chiqarish yoki predmetli prinsip bo‘yicha rejalash.
    Matbaa korxonalarini rejalash ikkinchi va uchinchi tip bo‘yicha amal­ga oshiriladi.

    1. Rejalashning asosiy prinsiplari va ketma-ketligi

    Loyihalash va rejalashning asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishni oqilona joylashtirishni ta’minlaydigan binoni qurish uchun qulay maydonni tanlash hisoblanadi. Rejalashning prinsipial masalalari quyidagilardan iborat:


    51




    1. Korxona asosiy ishlab chiqarish bo‘limlarining o'zaro joylashuvini rejalash;

    2. Tashqi va ichki yuk oqimlari, ularning davomiyligi va transport vosi- talari tizimlari yo‘nalishini loyihalash;

    3. Korxonada odamlar oqimi yo'nalishini loyihalash;

    4. Ishlab chiqarish jarayoni uchun me’yorlashtirilgan sharoitlami ta’min­lash;

    5. Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini aniqlash.

    Ishlab chiqarish binolari asosiy ishlab chiqarish bolimlarini ideal rejalash
    bo'yicha loyihalanishi mumkin. Binoning xizmat muddatining davomiyligi uskunaning xizmat muddatiga yaqin bo‘lsa, rejalashning bunday uslubi maq­sadga muvofiq hisoblanadi.
    Matbaa korxonalari ishlab chiqarish bo‘]imlarining bitta binoga joylashuvi ideal rejalash imkoniyatini istisno qiladi. Bundan tashqari, katta xizmat mud­datiga ega matbaa korxonalarining ishlab chiqarish binolarini ideal rejalashga moslashtirish kerak emas, chunki binoning xizmat muddati davomida ishlab chiqarishning texnika va texnologiyasi bir necha marta o‘zgaradi va qayta rejalanadi.
    Korxonani rejalashning prinsipial masalalari hal qilinganidan keyin ish­lab chiqarish bo‘limlarini rejalashga kirishiladi hamda bo'lim sharoiti uchun prinsipial masalalami hal qilish jarayoni ko‘rib chiqiladi.

    1. rasmda ikki qavatli binoda joylashgan kichikroq tuman bosmaxona- sining rejasi keltirilgan. Ikkinchi qavat bino enining yarmida qurilgan. Zarur hollarda ikkinchi qavatni binoning to‘liq eni bo'yicha qurish hisobiga korxonaning ishlab chiqarish hajmini ko‘pavtirish mumkin.

    2. Rasmda uzunligi 78 m va eni 42 m bo'lgan ikki qavatli binoga joylashgan ofset korxonasi xonalarining kompanovkasi (joylashuvi) berilgan. Ustunlar to'ri 1-qavatda uzunasiga va ikkinchi qavatning ikkita chekkasida 6 m ni. 2-qavatning markaziy qismida esa 1 8 m ni tashkil qiladi. 1- va 2- qavatning ko‘ndalang qadami 6m, 1- qavat xonasi va

    1. qavat chekkalarining balandligi 4,8 m, 2-qavatning markaziy qismida balandlik 6-8 m va undan ko'proq. Binoning bu qismi tabiiy yoritiladi. Bunday ishlab chiqarish binolari nafaqat ofset, balki yuqori va chuqur bosma bo'limlarini joylashtirish uchun ham qulay, ular ishlab chiqarish texnikasining rivojlanishi uchun istiqbolli hamda ularda parterli va qavatli bosma uskunalari o'rnatilishi mumkin.


    52







    53



    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va

    Download 1.18 Mb.