• Qurilish uchun maydon tanlash
  • Bosish usulini tanlash
  • Mahsulot sifatini ta’minlovchi texnikaviy yechimlar
  • Nazorat savollari
  • LOYIHANING QURILISH QISMI BO‘YICHA ASOSIY MA’LUMOTLAR Ishlab chiqarish binolarining asosiy elementlari
  • Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va




    Download 1.18 Mb.
    bet4/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519
    L=N x N,x R .
    1 71 Li tJ rt

    1. yillik bosma nusxalar soni (Lb/)

    L. =L x A ,
    h n ! о rt
    D) yillik bo'yoq nusxalari miqdori (Lbun)
    L, =L. x R
    bu n P n о rt
    Bu yerda:
    N - ishlab chiqariladigan nomlar soni;
    Nd - nashrning davomiyligi ;
    V, - nashrning o'rtacha hajmi;
    A , - nashrning o'rtacha adadi, ming nusxada;
    R - bosmaning o'rtacha rangdorligi.


    23




    1. Qurilish uchun maydon tanlash

    Sanoat korxonasini qurish, shuningdek, u bilan bog‘lik bo'lgan turar- joy fuqarolik inshootlari qurilishi uchun maydon vazifani loyihalashga tayyorlashda belgilangan rivojlanish va ishlab chiqarishni joylashtirish bandida ko'rsatiladi. Yirik va murakkab korxonalar uchun shuningdek, texnikaviy-iqtisodiy asoslash (TIA) ham bo‘lishi kerak.
    Qurilish maydonini tanlash uchun komissiya tuziladi va uning tarkibi- ga quyidagilar kiritiladi: loyihaning buyumachisidan vakil, bosh loyi­halash tashkilotidan va ba’zi hollarda ixtisoslashgan loyiha va tadqiqot tashkilotlaridan vakil, qurilish vazirligidan vakil; qurilishni amalga oshiruvchi tashkilotdan vakil; transport aloqalari, elektr tarmoqlari, issiqlik va suv ta'minoti, kanalizatsiya va aloqa tizimiga daxldor tashkilotlardan vakillar; davlat sanitariya inspeksiyasidan vakil; davlat yong'in xavfsizlik xizmatidan vakil va boshqalar.
    Komissiya maydonni tanlash uchun akt tuzadi va barcha komissiya a'zolari uni tasdiqlaydi.
    Loyihalovchi tashkilot tomonidan bajariladigan maydon tanlash ish- lari majmuida quyidagi ishlar bajariladi: iqtisodiy hisoblar va muhandis- lik tadqiqotlari. korxonalarni turli maydonlarda joylashtirish variantlarini texnikaviy-iqtisodiy taqqoslash va oqilona variantni tanlash va boshqalar.
    Amaldagi va ba’zi qurilayotgan matbaa korxonalari shahar va aholi punktlarining turli joylariga joylashtiriladi. Maydonni tanlashda mum­kin qadar korxonalarni shaharning markaziy qismlarida yoki intensiv harakatlanishli asosiy transport magistrallarida qurmaslikka harakat qili­nadi. Bu ayniqsa mahalliy va markaziy gazetalarni ishlab chiqaruvchi gazeta sanoatiga taalluqli; ular nisbatan katta hajmli yuk aylanishiga ega va avtomobillar harakatlanishi uchun qulay yoilarga ega boMishi kerak. Shuningdek, korxonaga qog‘ ozni keltirish qulayligi ham nazarda tutilishi kerak.
    Qurilish maydoni quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:

    1. sanitariya me’yorlariga muvofiq keladigan to’g'vidan tushadigan quyosh nurining va tabiiy shamol aylanishining mavjudligi;

    2. ishlab chiqarish va maishiy tizim qurilishi uchun zarur oTchamlarga ega bo‘lishi va ba'zida korxonaning kelajakdagi kengayishi uchun zaxira maydoniga ega bo‘lishi kerak;


    24




    1. korxonadan tejarakor foydalanishni ta’minlashi kerak;

    2. imkon qadar tekis relyefga ega bo'lishi kerak;

    3. yerosti suvlari yetarlicha chuqurda jovlashgan bo‘lishi kerak, chun- ki korxonaning asosiy xomashyosi - qog‘oz pastki qavat xonalarida nam- lik bo‘lmasligini taqozo qiladi.

    4. Ism2 maydonga 2.5kg dan kam bo‘lmagan yuklanishni ta’min- laydigan mustahkam gruntga ega bo‘lishi kerak;

    5. ishlab chiqarishni tashkil qilish va texnik, texnologik jihozlash talablariga javob beruvchi binoni qurish imkonini ta’minlashi kerak;

    6. imkon qadar shahar yo‘lovchi transporti yo'llariga yaqin bo‘lishi va korxonaga mashinalar kirishi uchun qulay bo "lishi kerak;

    7. shahar suv ta’minoti kanalizatsiya, elektr va gaz ta’minoti tarmoq- laridan uzoq bolmasligi kerak;

    8. korxonani qurish bilan bir vaqtda ishchilar uchun turarjoy bino- larini qurish nazarda tutilgan bo‘lsa, ular uchun zaruriy joy bo‘Hshi kerak.

    Sanoat tumanida maydon tanlashda sanitariya nuqtayi nazaridan loyihalayotgan yoki qo‘shni korxonaning noqulay ta’sirini hisobga olish kerak.
    Qurilish maydonini tanlashda, shuningdek, korxona hududidan tashqarida shaxsiy avtomobillar uchun to‘xtash joylari mavjud bo‘lishi kerakligini nazarda tutish lozim.

    1. Bosish usulini tanlash

    Bosish usulini tanlash bilan bogiiq asosiy jihatlar matbaa ishlab chiqarish texnologiyasi kurslarida batafsil o‘rganiladi. Loyihalash uchun topshiriq tuzishda texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va texnik masalalar sharoitida u yoki bu bosma usulini va bosma uskunasi turini qo'llashning maqsadga muvofiqligi oydinlashtiriladi. Loyihalash kursida ishlab chiqa­rish mutaxassislarini bosma usuli va bosma uskunalarini tanlash bilan bog'liq masalalarga yo‘naltirish nazarda tutiladi. Ularga e’tiborsizlik bi­lan qarash asoslanmagan qarashlar qabul qilishga olib keladi.
    Bosma usulini tanlashda quyidagilarni o’rganish kerak: 1-turli bosma usullarida nashrlarning matbaa jihatdan tayyorlanish sifati va alohida bosma usullarining afzalliklari; 2 - bosma nashrini tayyorlash uchun bos­ma texnikasining tavsifi. uning unumdorligi, nashmi tayyorlash muddat-


    25






    Ko'rsatkichlar nomi

    Ko'rsatkichlarni aniqlash

    Bosish
    uskunalari

    1

    2

    1

    Nashr oichami. sm

    Topshiriq bo'yicha







    2

    Nashrning o'rtacha hajmi. f.b.t.

    -







    3

    Nashrning o'rtacha adadi. ming

    «







    4

    Shartli varaq/ottisk yoki bo'yoq/ottisklar soni

    --







    5

    Rasm egallagan maydon, % da Shtrixli Rastrli

    -







    6

    Qolip priladka (pripravka) lari soni

    Uskuna tavsifi, sahifalash va buklash usuliga bog'liq holda .







    7

    Varaq progonlar soni, ming

    Tegishli formulalar bo'yicha







    8

    Priladkaga ketgan vaqt, soat

    Bitta priladkaga ketgan vaqt priladkalar soniga ko'paytiriladi







    9

    Bosishga ketgan vaqt, soat

    Varaq progonlar bosishning vaqt me'vorisa boiinadi







    10

    Priladkaga va bosishga ketgan umumiy vaqt, soat

    8 va 9-bandlar qo'shiladi







    11

    Uskunaga xizmat ko‘rsatuvchi brigada shtati va ularning soatbav ish haqi

    Vaqt va ishlab chiqarish me’yorlari bo'yicha







    12

    Brigadaning bosgan adadi bo'yicha ish haqi

    Formula bo'yicha







    13

    Uskuna amortizatsiyasi xarajatlari

    Qo'llaniladigan uslub bo'yicha







    14

    Asosiy materiallarga ketgan xarajatlari

    Sarflash me'vorlari bo'yicha







    15

    Elektr energiyasiga ketgan xarajatlar

    Qo'llaniladigan uslub bo'yicha







    16

    Bevosita xarajatlar bo'yicha bosishning tannarxi

    12-15-bandlari qo'shiladi








    Uskunalardan vaqt bo'yicha foydalanish. Bosma texnikasidan foydala- nish masalalari katta ahamiyatga ega, chunki ma’lumki. davriy nashrlarni ishlab chiqarishda bosma uskunalarida uzoq muddatli to'xtab turishlar mavjud bo'ladi, uskunalar jismoniy yemirilishga nisbatan ko’proq dara- jada ma'naviy eskiradi;
    26




    1. bosma texnikasini o‘rnatish va undan foydalanish murakkabligi, tayyorlov-yakuniy ish joylaming davomiyligi, qolip tayyorlashning meh­nat sarfi, xonaninig iqlimiga qo'yiladigan talablar, uskunalardan foydala- nish uchun maxsus muhandislik inshootlarini o‘rnatish zarurati va bosh­qalar;

    1. bosma qolip tayyorlash bo‘limlaridagi ishlab chiqarishning zarar- ligi; qayta ishlash sifati bir xil bo‘lganda zararligi kerak bo‘lgan usulni qo‘llashga harakat qilish kerak;

    2. qurish va foydalanishda tejamkorlik.

    Bosma usullarini tanlashda an’analarda to'xtalib qolish kerak emas, har bir alohida holatda buyurtmachilarga eng maqsadga muvofiq va te- jatnkor qarorlarni tavsiya qilish kerak.
    Turli bosma usullari va bosma uskunalaridan foydalanish tejamkorligi hisoblar bilan tekshirilishi kerak. Bevosita xarajatlar bo‘yicha bosma tan- narxini hisoblash ketma-ketligi va tarkibi 1-jadvalda keltirilgan. Shunga o‘xshash tarzda qolip tayyorlash va broshyuralash-muqovalash jarayon- larining tannarxi ham hisoblanishi mumkin.

    1. Mahsulot sifatini ta’minlovchi texnikaviy yechimlar

    Mahsulotning barqaror sifati nashrning modeli va qurilmasi, loyiha- lanayotgan ishlab chiqarish jarayoni va ishchilaming mehnatga bo‘lgan munosabati bilan ta’minlanadi. Maxsus shtat bilan har bir operatsi- yadan so‘ng nazorat qilinishi ishlab chiqarish jarayonining yaxshi tashkil qilinmaganligidan dalolat beradi.
    Mahsulotning zaruriy sifatining ta’minlanishi majmuaviy ishlab chi­qarish jarayonini ishlab chiqishda loyihada ko'zda tutilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonining barqarorligi quyidagi omillarga bog‘liq bo'ladi:

    1. Bosma nashrining qurilmasiga; u sodda va ishonchli texnikaga, texnologik operatsiyalarning imkon qadar minimal miqdoriga asoslangan va hisoblangan bo‘lishi kerak;

    2. Mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayoniga; u qog'oz va bo‘voqning tavsiflari, qayta ishlash usullarining imkoniyatlari va ishlab chiqarishning texnik jihozlanishi bilan o'zaro muvofiqlashgan bo'lishi kerak;

    3. Ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal darajada avtomatlashtirish va mexanizatsival ashtirish, texnol ogik operatsiyalar majmuyi ni baj aruvchi


    27




    va operatsiyalar orasida nashrlaming belgilangan sifat ko'rsatkichlarini nazorat qilib boruvchi uskunalarni qo']lash:

    1. Qog'oz, bo‘yoq, yelim, ishchi eritma va uskunalarni texnologik va texnik jihatdan ishga oqilona tayyorlash;

    2. Zaruriy hollarda doimiv mikroiqlimni, yoritilganlikni, ishchi eritma, suv va boshqa materiallarning doimiy haroratini loyihalash;

    3. Ishlab chiqarishning oqimli tizimi, texnologik operatsiyalarning imkon qadar katta qismi qo'l mehnati ishtirokisiz oqim tizimida bajarilishi kerak;

    4. Ishlab chiqarishning rejalashtirilishi ish joyi va uskunalarga qulay texnologik va texnik xizmat ko'rsatishni ta’minlashi kerak; transport vositalarining harakatlanishi uchun yo'llar qulay bo'lishi kerak; yarim- mahsulotlarni saqlash uchun maydonlar bo'lishi kerak;

    5. Mehnatning ilmiy tashkil qilinishiga (yoritilganlik, xonalardagi havo muhiti, interyerning bezalishi, ishlab chiqarish mebellarining tavsifi, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish va boshqalar.

    Nazorat savollari

    1. Loyihalash uchun boshlang'ich hujjatlar.

    2. Loyihalarga qo'yiladigan asosiy talablar.

    3. Matbaa korxonasini qurish loyihasi tarkibi va uning maxsus boTimlarining o‘zaro kelishilganligi.

    4. Loyihalash bosqichlari va vazifalari.

    5. Loyihalash uchun topshiriq.

    6. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish topshirig'ini tuzish.

    7. Qurilish uchun maydon tanlash.

    8. Bosish usulini tanlash.

    9. Mahsulot sifatini ta’minlovchi texnikaviy yechimlar.


    28


    1. LOYIHANING QURILISH QISMI BO‘YICHA ASOSIY MA’LUMOTLAR


    1. Ishlab chiqarish binolarining asosiy elementlari

    Binolaminig asosiy elementlari quyidagilar: fundamentlar, devorlar, ustunlar, qavatlar orasidagi to'siqlar, zinapoyalar, deraza joylari va boshqalar. Binoning alohida elementlari 1-rasmda ko‘rsatilgan.
    Fundament - devor yoki ustunlarning yerosti qismi bo‘lib, u bino va unga o‘matilgan uskunalardan yuklanishni grunt deb nomlanuvchi mustahkam yerosti qatlamiga o‘tkazib yuborishga mo‘ljallangan. Fun- damentning pastki yuzasi fundament poshnasi deviladi, fundament osti- dagi gruntning qalinligi esa uning asosi deyiladi.
    Fundament poshnasi har doim yer yuzasidan biroz chuqurroqda joy- lashadi va u fundament yotqizish chuqurligi deb nomlanadi. Gruntning ustki zonasi odatda binoning mustahkam bo‘lishini ta'minlaydigan dara- jada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lmaydi. Fundament poshnasini yot­qizish chuqurligi qurilish maydonining geologik tuzilishi va gruntning muzlash chuqurligi bilan aniqlanadi.
    Fundamentning fundament poshnasi gruntiga bo‘ladigan solishtirma bosimni kamaytirish uchun uning ustki qismi kengroq qilinadi. Grunt- ga bo'ladigan me’yoriy bosim gruntning xususiyatiga, poshnaning o‘lchamiga va yotqizish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarining fundamentlari 1 m dan kam bo‘lmagan chuqurlikda boiadi.
    Agar fundament poshnasi ostidagi grunt tuzining tabiiy holatida yetarlicha ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lsa, taglik (asoC) tabiiy deb ata- ladi. Turli xil gruntlar tabiiy taglik (asoC) bo‘lib, xizmat qilish mumkin. Ularning tabiiy taglik (asoC) sifatidayaroqliligi siqilish bilan baholanadi. Taglikni (asosni) baholash va fundamentning tavsifi haqidagi masalani hal qilish muhandislik-geologik tadqiqotlar natijasida amalga oshiriladi.
    Sust (kuchsiz) gruntlarda va katta yuklanish inshootlar ostidagi grunt- larda sun’iy taglik (asoC)larni joylashishga harakat qilinadi, ya’ni tabiiy grunt trambovka, vibratsiya, sementatsiya, bitumizatsiya yo‘li bilan mus- tahkamlanadi.
    Ishlab chiqarish binolarini qurishda tasmali va ustunli pog‘onali fun- damentlardan foydalaniladi.


    29




    Yuklanishga bog'liq holda fundamentlar rejada kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli shaklga ega boTishi mumkin. Yuklanish katta boiganda ustki bashmak va pastki plitaga ega ikki blokli fundamentlardan foyda­laniladi.
    Tashqi devorlar binoni vertikal о' rab turuvchi elementlardan bo 'lib. ular ishlab chiqarish xonalarini atmosfera ta'sirlaridan himoyalaydi. Ichki devorlar binoni uzunligi va eni bo'yicha ajratib turadi.
    Tashqi devorlar issiqdan himoyalovchi xususiyatlarga, yetarlicha sovuqqa chidamlikka ega bo'lishi, uzoq muddat xizmat qilishi, agar ular- ga turli xildagi yuklanishlar ta'sir qilsa, yetarlicha mustahkamlikka ega boiishi kerak.
    Agar devorlar to'siqlardagi yuklanishlarni ko'tarsa va ularni funda- mentlarga o'tkazsa, devorlar ko'taruvchan deyiladi; agar ular faqat o'z og‘lrligini ko'tarsa hamda yuklanishlar devor oldidagi ustunlarga o'tka- ziladigan bo'lsa, devor o'zini ko'taruvchan deyiladi; agar ular o'z og'ir- ligini ustun karkaslariga o'tkazsa, ular ko'tarmaydigan yoki osma deyi­ladi.
    Zamonaviy ishlab chiqarish binolarida devorlar mayda donali mate­riallar - g'isht, yengil betonli va tabiiy toshlar va yig'ma katta o'lchamli elementlari blok va panellardan tayyorlanadi. Tashqi devorlarning qalin- ligi issiqlik texnikasi hisoblaridan aniqlanadi hamda devorning materiali va tuzilishiga, tashqi havoning hisoblangan qishki haroratiga. ichki havoning hisoblangan harorati va nisbiy namligiga bog'liq bo'ladi.
    Alohida bo‘limlarni ajratib turuvchi ichki devorlartovusho'tkazmaydi- gan xususiyatlarga va imkon qadar kam og'irlikka ega bo'lishi kerak.
    To'siqlar- yengil devorlar bo'lib, ular ko'p qavatli binolarda o'rnati- ladi va umumiy bo'limni alohida qismlarga ajratishga xizmat qiladi. To'­siqlar faqatgina o'z og'irligini ko'taradi.
    Ustunlar to'siq va qoplamlardan yuklanishni qabul qilish uchun o'rna- tiladi. To'siqlar bilan ajratiladigan bo'limlarning xususiyatlariga bog'liq holda to'siqlarga vong'inga chidamlilik, tovush o'tkazmaslik. suvga va kimyoviy moddalarga chidamlilik talablari qo'yiladi. Ishlab chiqarish binolarida to'siqlar g'ishtdan, gipsdan, shlakobetonli plitalar va yirik panellardan tayyorlanadi.


    30


    I II III








    1. Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va

    Download 1.18 Mb.