• Ofset bosma qolip tayyorlash bo‘limiui loyihalash va rejalashtirish
  • Bosma qoliplarni tayyorlash boMimlari




    Download 1.18 Mb.
    bet8/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519
    Bosma qoliplarni tayyorlash boMimlari

    Bo'limning asosiy qurilmalari nusxa ko‘chirish ramasi, CtP texnolo- giyasi qo'ilanilganda rekorder, qolip plastinalarini ochiltirish prosessori, bosma uskunasi uchun qoliplarni teshib berish qurilmasi va yordamchi moslamalardan tashkil topadi.
    Shuni nazarda tutish kerakki, agar nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish usku- nasida bevosita qolipda tasvirni ko‘paytirish loyihalansa bu uskunani boshqa qurilmalar bilan bitta xonaga joylashtirish mumkin. Agar usku- nadan plyonkadagi tasvirni ham ko‘paytirishda foydalanilsa, u alohida qorong'i xonaga joylashtirilishi kerak. U yerda plyonkani ochiltirish va ishlov berish uchun laboratoriya tashkil qilinadi.
    Bo‘limda ish hajmi katta bo‘lganda ma’lum texnologik jarayonni bajarish uchun mas’ul ishchilardan iborat guruh loyihalanadi. Ishlab chiqarish hajmi kichik bo‘lganda ishchilartomonidan texnologik ishlovlar majmuyining bajarilishi loyihalanadi.
    Yangi va rekonstruksiya qilinadigan matbaa korxonalarida ofset bosmaning quyidagi qoliplarini tayyorlash loyihalanadi:

    1. Alyuminiy yoki ruxdagi monometall qoliplar, ular pozitiv nusxa ko‘chirib tayyorlanadi. kam adadli va murakkab bo‘lmagan bosma nashr- larini tayyorlashda ishlatiladi;

    2. Bosiluvchi elementlarda nikel qatlamini yedirib tayyorlanadigan bimetall (mis-nikel) bosma qoliplar, ular katta adadli va murakkab bosma nashrlarini tayyorlashda ishlatiladi.

    Bosma qoliplarni tayyorlash texnologik jarayonini tanlashda chiqari­ladigan nashrlarning tavsifi, ularning adadlari va ishlab chiqarish ko‘la- mi hisobga olinishi kerak. Yirik bolmagan korxonalarning (viloyat va alohida tuman bosmaxonalari) monometall qoliplarni tayyorlash loyihalanadi. Bimetall qoliplar monometall qoliplarga nisbatan ancha qimmatroq, ularni tayyorlash faqat zaruriy hollardagina loyihalanishi kerak. Ofset bosma usulida ishlaydigan bir necha korxonalar o‘rtasida bosma qolip tayyorlash bo‘limlarining o‘zaro hamkorligini tashkil qilish maqsadga muvofiq, bu holda tayyorlanadigan qoliplarning tannarxi sezilarli pasayadi.
    Odatda, korxonada bosma qoliplarini tayyorlashning faqat bitta texno­logik jarayoni loyihalanadi.


    67




    Ishlab chiqarishning texnik jihozlanishi va bajaruvchilaming malakasi bo'yicha ofset qoliplarini tayyorlash texnologik jarayonini quyidagi gu- ruhlarga bo'lish mumkin:

    1. Fotomexanik-asl nusxani suratga olish ishlovidan boshlab qolip plastinasiga ko'chiriladigan montajni tayyorlashgacha boTgan ishlar;

    2. Aynan qolip tayyorlash ishlovi - qoliplarni yorug1 likka sezgir qatlam qo‘yishga tayyorlashdan boshlab qolipni sinov bosmasiga berishgacha;

    1. qolip plastinalarini donadorlash va galvanizatsiyalash;

    2. turli qoliplardan olinadigan sinov bosmasi.

    Har bir texnologik guruh ishlab chiqarishni tashkil qilishga o'ziga xos talab qo‘yadi.
    Korxonalardagi ofset bosma bo'limlari ikki-uch kichik o'lchamlidan bir necha yirik oichamligacha uskunalarga ega qilib tashkil qilinadi. Bosma qoliplarining zaruriy soni va ularni tayyorlash texnologiyasi umumiy yuklama, uning tavsifi va chiqariladigan nashrlarning adadlari bilan aniqlanadi.
    Ofset qoliplarini tayyorlash uchun tegishli texnologik uskunalar talab qilinadi. Korxonada ofset uskunalari soni kam boiganda qolip tayyor­lash uskunalari samarasiz qo'llaniladi, qolip tayyorlash boiimlari esa bosish bo‘limlariga nisbatan kattaroq ishlab chiqarish maydonini band qiladi. Yangi korxonalarni tashkil qilishda imkon qadar mayda ofset korxonalaridan voz kechish tavsiya qilinadi, hamkorlikda turdosh mat­baa korxonalariga xizmat ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan korxonalarni tashkil qilish maqsadga muvofiq.
    Ofset bosma usuli universal bo'lib, keng assortimentdagi turli nashr­larni tayyorlashga yaroqli hisoblanadi: matnda ko'p bo'yoqli rasmlarga ega kitob va jurnallar, rangli yopishmalar, jildlar, muqovalar, plakatlar, suratlar, o‘rash-qadoqlash mahsulotlari va boshqalar. Bosma qoliplarini tayyorlashda reproduksion jarayonlarga alohida e'tibor qaratiladi, qayta ishlash sifati va aniqligiga talab oshishi bilan bu jarayonning mehnat sarfi oshadi.
    Ko'p bo‘yoqli asl nusxalarning tavsifi va murakkabligiga bog'liq holda reproduksiyalash bir necha bosqichlarda va yo'nalishlarda amalga oshiriladi. Ofset qoliplarini tayyorlash boiimida reproduksion markaz alohida tashkil qilinadi. Bir necha bosma usulini qo'llaydigan o'rtacha quvvatli korxonalarda yuqori, ofset va chuqur bosma qoliplarini tayyor-


    68




    lash uchun yagona reproduksion guruh tashkil qilinishi mumkin. Yirik korxonalarda bir necha bosma usullari qoTlanilganda alohida reproduk­sion guruhlarni loyihalash kerak. Chunki bu holda turli bosma usullari uchun qolip tayyorlashning boshlang'ich jarayonlarini hududiy yaqin- lashtirishning iloji yo'q. Yangi qurilayotgan korxonalarning ko‘pchiligida reproduksion guruhlar ikki, ba’zi korxonalarda esa uch xil bosma usulini qo‘llashni nazarda tutgan holda tashkil qilinadi.
    Zamonaviy reproduksion jarayon ishchi eritmalar va suv uchun iqlimiy sharoitlarning va harorat tartiblarining doimiyligini talab qiladi. Korxonada markazlashgan reproduksion guruh tashkil qilinganda umum- muhandislik qurilmalariga xarajatlar kamayadi, korxonada o‘rnatiladigan uskunalarning umumiy soni qisqaradi. ulardan foydalanish koeffitsienti ko’payadi, ishlab chiqarish maydonlari kichiklashadi. Ofset va chuqur bosma qoliplari tayyorlash bo‘limlarida markazlashtirilgan reproduksion guruh tashkil qilinganda texnologik jarayon asl nusxalarni kompyuterga kiritishdan boshlanadi.
    Retush boMimining mehnat sarfi retush turi va asl nusxa tasvirlari- ning o’lchami bilan aniqlanadi. Tasvirlarni retush qilish yuklamasi hisob- langanda quyidagilarga e’tibor beriladi: tasvirlarni ranglarga ajratish, niqoblash, rastrlash, shtrixli tasvirlarni retush qilish va boshqalar.
    Montaj qilish boTimi ishining hajmi nusxa ko'chiruvchi rama va nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish uskunalari uchun tayyorlangan montajlar soni bilan aniqlanadi.
    Zamonaviy reproduksion jarayon ishchi elementlar va suv uchun iqlimiy sharoitlarning va harorat tartiblarining doyimiyligini talab qiladi. Korxonada markazlashgan reproduksion guruh tashkil qilinganda umum muhandislik qurulmalariga xarajatlar kamayadi, korxonada o'rnatiladigan uskunalarning umumiy soni qisqaradi. ulardan foydalanish koeffitsienti ko'payadi ishlab chiqarish maydonlari kichiklashadi. Ofset va chuqur bosma qoliplari tayyorlash bo'limlarida markazlashtirilgan reproduksion guruh tashkil qilinganda texnologik jarayon asl nusxalarni komputerga kiritishdan boshlanadi.
    Retush boMimining mehnat sarfi retush turi va asl nusxa tasvirlari- ning oMchami bilan aniqlanadi. Tasvirlarni retush qilish yuklamasi hisoblanganda quydagilarga e'tibor beriladi: tasvirlarni ranglarga ajra­tish. niqoblash, rastrlash, shtrixli tasvirlarni retush qilish va boshqalar.


    69




    Montaj qilish bo'limi ishining hajmi nusxa ko'chiruvchi rama va nusxa к o' ch i ri s h - к о' p a у t i r i s h uskunalari uchun tayyorlangan montajlar soni bilan aniqlanadi.
    Qolip tayyorlash bo‘limining ishi nusxa ko‘chirish ramasida va «komputer bosma qolip» texnologiyasi uskunalarida bosma uskunalari o'lchami bo'yicha qoliplarni tayyorlashdan iborat bo'ladi.

    1. Ofset bosma qolip tayyorlash bo‘limiui loyihalash va rejalashtirish

    Nashrlarning texnik tavsifnomalari va bosish uchun ishlarning hisob­langan natijalari - bosma uskunalarining o'lchami va qoliplar soni ofset bosma qoliplarini tayyorlash bo'limlarini loyihalash uchun boshlang'ich ma’lumotlar bo'lib xizmat qiladi. Qolip tayyorlash bo'limlarini loyiha­lashda hal qilinishi kerak bo'lgan asosiy masala texnologik jarayonning oqilona variantini tanlashdir. Bunda oldindan sezgirlashtirilgan qolip plastinalarini olish, bosma uskunalarining turi, nashrning tavsifi, bosma qoliplarining talab qilinadigan adadga chidamliligi kabi omillar hisobga olinishi kerak.
    Barcha hollarda texnologik jarayonning faqat bitta variantini tan­lash tavsiya qilinadi, zaruriy holatlarda esa turli texnologiyalarni ham loyihalash mumkin. Masalan, oldindan sezgirlashtirilgan plastinalarda monometall qoliplarni tayyorlash jarayoni loyihalansa hamda ba’zi nashrlarni bosish uchun adadga chidamliligi yuqori qoliplar talab qilinsa, jarayonning texnologik shakli termoishlov berish operatsiyasiga ham ega bo'ladi.
    Agar nashrlarni rulonli uskunalarda bosish ko'zda tutilsa, po'lat asosli qoliplardan foydalanishi yoki mexanik mustahkamligi oshirilgan alyumin plastinalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
    Gazeta ishlab chiqarishda bosma qolip tayyorlash jarayoniga alohida talablar qo'yiladi. Ishlab chiqarish jarayoni shunday tashkil qilinadiki, u qoliplarni minimal vaqtda tayyorlashni. sifatning barqarorligini va yetar­licha adadga chidamlilikni ta’minlasin hamda mexanizatsiyalash va avto- matlashtirishga qulay bo'lsin. Yuqori unumdorli agregatlarda katta adadli gazetalami bosuvchi korxonalar uchun bimetall qoliplardan foydalanish maqsadga muvofiq.
    Bosma qolip tayyorlash uchun uskunalarni tanlashda shuni esda tu- tish kerakki, oqimli turdagi mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan
    70




    qurilmalar nafaqat yuqori unumdorlikni ta’minlaydi, balki texnologik jarayonning yorlashisbiga xizmat qiladi, mahsulotning barqaror sifatli bo‘lishini kafolatlaydi, shuningdek, ishchilar soniga bo‘lgan talabni qisqartiradi. Ofset bosma qoliplarini tayyorlashning bir necha varianti solishtirilishi mumkin: birinchisi - qo‘lda bajariladigan ishlovlar asosida, ikkinchisi - mexanizatsiyalashgan uskunalardan foydalanib. Variant- lardan birini tanlashda texnologik va iqtisodiy omillar hisobga olinishi kerak. Agar qolip tayyorlash uskunalaridan foydalanish koeffitsienti juda past boTsa, boshqa korxonalar bilan kooperatsion aloqalar orqali qoliplarni tayyorlash masalasini ko'rib chiqish kerak.
    Sinov nusxasini olish uskunalari adad va sinov bosmasining maksi­mal darajada o'xshashligini ta’minlashi kerak. 0‘rnatish uchun loyiha- lanadigan sinov nusxasini olish dastgohlari mexanik bo‘yoq va namlik apparatlari jihozlangan bo"lishi kerak. Bir bo‘yoqli sinov nusxasini olish dastgohlarini o‘rnatishda ulardan har birida bitta rangli bo'yoqda bosish tavsiya qilinadi.
    Qolip tayyorlash jarayonlarining ish hajmi turli o‘lchamlar (60x70 sm gacha, 84x100 sm gacha, 84x100 sm dan katta) bo‘yicha guruhlangan adad va sinov nusxasini olish qoliplari soni bilan aniqlanadi. Har bir oT- chamlar guruhi uchun vaqt va ishlab chiqarish me’yorlari mavjud. Bosma qoliplari soni, yuqorida aytib o‘tilganidek, bosish ishlarining hisob-kitobi natijalaridan aniqlanadi.
    Texnologik ishlovlar bo‘yicha yuklamalar bir necha bosma qoliplarga bir vaqtda ishlov berish imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanadi. Bu plastinalarning oTchamiga va uskunalarning texnik tavsiflariga bog‘liq. Nusxa ko'chirish ramalariga (oTchamga bog4iq holda) 60x70 sm gacha bo‘lgan ikkita plastina yoki katta o'lchamli bitta plastina joylanishi mum­kin.
    Uskuna va ishchilar sonini hisoblash formulalari va uslubiyati tegishli adabiyotlar va uslubiy qo'llanmalarda ko'rsatilgan.

    Download 1.18 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosma qoliplarni tayyorlash boMimlari

    Download 1.18 Mb.