• Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanish yo‘nalishlari
  • Ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat mahsuloti turiga bog‘liqIigi
  • Bosma nashrlarining modeli va tuzilishi
  • Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsion aloqalar
  • Bosma mahsulotlar turi va matbaa korxonalar tavsifi




    Download 1.18 Mb.
    bet2/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519
    Bosma mahsulotlar turi va matbaa korxonalar tavsifi

    Matbaa mahsulotlari o‘zining vazifasi bo‘yicha turli-tuman boTib, keng doiradagi iste’molchilarga ega. Korxonaning ishlab chiqarish tuzil- masi va texnik jihozlanishi bosma nashrlarning tavsifi bilan aniqlanadi. Sanoatning asosiy mahsulotlari quyidagilar:

    1. Davriy nashrlar - gazeta va jurnallar;

    2. Turli vazifadagi kitob va risolalar;

    3. Varaqli ko‘p bo‘yoqli nashrlar: plakatlar, portretlar, ko‘rgazmali qurollar va shu kabilar;

    4. Ish yuritish mahsulotlari: aksident-blanka hujjatlari, idora hisobi kitoblari, uskunalarning texnik hujjatlari va shu kabilar;

    5. 0‘rash-qadoqlash mahsulotlari: etiketkalar, badiiy qutilar, o'rama qog‘ozlari va shu kabilar;

    6. Vazirlik va idoralarning maxsus mahsulotlari: moliya, aloqa, trans­port va shu kabi idoralar mahsulotlari.

    Dastlabki uch turdagi mahsulotlar xalq iste’moli uchun, navbatdagi ikkiturdagi mahsulotlar esasanoat(zarurati) iste’moli, ma’muriy-xo‘jalik, statistik va tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan. Maxsus mahsulotlarga davlat pul belgilari, oylik yoT chiptalari, markali konvertlar, qat’iy hisobdagi hujjatlar va shu kabilar taalluqli hisoblanadi.
    Bizning mamlakatimiz sharoitida dastlabki uch turdagi nashrlar markaziy va mahalliy nashrlarga bo'linadi.
    Markaziy nashrlar butun davlat ko‘lamida tarqatiladi. Mahalliy nashr­larning tarqatilishi viloyat, tuman va shu kabi doiralarda cheklanadi.
    Ish yuritish va o‘rash-qadoqlash mahsulotlari bevosita qo'Uanadigan hududda tayyorlanishi kerak.
    Yangi matbaa korxonalari, joylashuv о‘mi va vazifasiga bogTiq holda, bir yoki bir necha turdagi bosma mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun loyihalanadi.
    Markaziy nashrlarni ishlab chiqarish uchun respublika miqyosidagi korxonalar ma’lum bir bosma mahsuloti turi bo’yicha ixtisoslashadi: gazeta-jurnal, jurnal. ma’lum turdagi kitob nashrlari (darsliklar, siyosiy, badiiy, texnik. bolalar adabiyoti). ko'p bo‘yoqli varaqli va boshqa mahsu­lotlar.


    5




    Kichikroq miqyosidagi matbaa korxonalari ham respublika miqyosi- dagi korxonalar kabi, biroq ishlab chiqarish hajmi kichikroq bo‘ lib ixtisos- lashadi. Bunday korxonalarda ixtisosiashuv juda tor emas va korxona oldiga ancha keng ko‘lamli vazifalar qo‘yiladi, masalan kitob ishlab chi- qarishga ixtisoslashgan korxonalar barcha turdagi adabiyotlami, ko'p bo‘yoqli varaqli va o‘rash-qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
    Viloyat va hududiy bosmaxonalar tegishli hududning ehtiyojlari uchun barcha turdagi bosma nashrlarini ishlab chiqaradi: viloyat gazetalari; jur- nallari; mahalliy nashriyotlarning kitoblari; hudud sanoatida tayyorlana- digan uskunalar uchun texnik hujjatlar; sanoat ehtiyojlari uchun ko‘p bo'yoqli o'rash-qadoqlash mahsulotlari; aksident-blanka mahsulotlari va boshqalar.
    Tuman bosmaxonalari tuman gazetalari va aksident-blanka mahsulot- larini bosadi.
    Korxonalarning ishlab chiqarish ko‘lami turlicha bo'lib. mahsulotga bo‘lgan ehtiyojlar bilan aniqlanadi.
    Ushbu ishda barcha turdagi bosma mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va ularni tayyorlash uchun mavjud barcha bosma usullari- ni qo‘llaydigan korxonalami loyihalash xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Mahsulotlarning katta qismi uchta asosiy bosma usuli - yuqori, ofset yoki chuqur bosma usulidan birida bosiladi. Matbaa sanoatida boshqa yana ko'plab bosma usullari mavjud.
    Etiketka va o‘rash-qadoqlash mahsulotlarini tayyorlash uchun ani- lin bosma deb ataladigan usul qo‘llaniladi. Bu usulda varaqli va rulonli qog'ozga rezina va metall qoliplaridan bosish amalga oshiriladi. Bu usul bir va ko‘p bo'voqli etiketkalar hamda oziq-ovqat mahsulotlari uchun o‘rash-qadoqlash mahsulotlarini bosish uchun qo‘llaniladi. Rulonli qo- g‘ozda bosish bosilgan qog‘ozni rulonga o‘rab amalga oshiriladi; rulonni (bo‘ylama) uzunasiga tasmalarga qirqish va ensiz rulonlarga o‘rash bosishdan so'ng maxsus qurilmalarda yoki bosish agregatlarida bosish bilan bir vaqtda bajarilishi mumkin. Ensiz rulonlar esa kevinchalik oziq- ovqat sanoatining o‘rab qadoqlovchi uskuna-avtomatlarida ishlatiladi.
    (Anilinli) fleksografik bosma katta rivojlanish istiqboliga ega. Xorijda fleksografik bosmaning turli xildagi bir va ko‘p bo‘yoqli uskunalari ish­lab chiqariladi hamda qolip tayyorlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish yuqori darajaga ko‘tarilib bormoqda.


    6




    Fleksografik bosma bo‘limlarini loyihalash uchta asosiy bosma usul- lari boMimlarini loyihalash bilan ko'pgina umumiyliklarga ega.
    Yuqori sifatli badiiy bir va ko‘p bo'yoqli tasvirlarni, shuningdek su- ratlarni bosish uchun fototip bosma usulidan foydalaniladi. Bu bosma usuli qimmat hamda unumdorligi past. Ishlab chiqarish jarayoni bo'lim- laming iqlim sharoitlarining doimiyligiga va texnologik tartiblarning barqarorligiga qat’iy talablar qo'yadi. Fototip bosma keng rivojlanish istiqboliga ega hisoblanmaydi.
    Qattiq yuza va metallarga bosish uchun maxsus uskunalardan foydala­niladi. Bosilgandan keyin ulardan turli qutilar yig‘ ilishi mumkin. Qattiq yuza va metallarga bosish yuzani bo‘yoqni qabul qilishga oldindan tay- yorlab ofset usulida amalga oshirilishi mumkin.
    Metallarga bosish uchun ikkita uskunadan foydalaniladi: ulardan biri yuzani tayyorlash uchun (oldindan loklash), ikkinchisi esa bosish va loklash uchun ishlatiladi. Loklash tufayli yuzada yangi bosilgan bo‘yoqlar mustahkamlanadi.
    Uskunalarning tuzilishida quritish qurilmalari asosiy maydonni egal- laydi. Metallga bosuvchi uskunalar alohida binolarga yoki kapital devorlar bilan jihozlangan bo‘limlarga joylashtiriladi, chunki bu kuchli shovqin bilan ishlaydi. Bunday uskunalar maxsus buyurtmalar bo'vicha tayyor- lanadi, ularni o‘rnatish qoidalari va bo'limlaming zaruriy o'lchamlari uskuna ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan ko'rsatiladi.
    Xorijiy davlatlar amaliyotida va bizda shelkotrafaret bosma keng tarqalgan. Bu usul turli materiallarda qalin bo'yoq qatlami bilan bosish imkonini beradi. Shu tufayli bo‘yoq berish yorqinligi yuqori bo‘ladi.

    1. Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanish yo‘nalishlari

    Barcha loyihaviy qarorlar zamonaviy darajada bajarilishi kerak, ya’ni loyihaga eng zamonaviy va istiqbolli texnika va texnologiya kiritilishi zarur. Loyihani ishlab chiqishdan barcha ishlab chiqarish quvvatlarini o^zlashtirishga qadar ma’lum vaqt o'tadi. Bu vaqt davomida amaldagi korxonalarning texnika va texnologiyasi rivojlanib boradi.
    Zamonaviy ishlab chiqarishning asosiy rivojlanish yo'nalishlari ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish bo‘- lib, ular quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: unumdorlikni oshirish va og‘ir va bir turdagi mehnatni kamaytirish; texnologik jarayonlarni


    7




    me’yorlashtirish; mahsulotlar sifatini oshirish; ishlab chiqarishni boshqa- rishni soddalashtirish; mehnat samaradorligini oshirish, ayniqsa, seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida.
    Avtomatlashtirishni kengaytirishning asosiy sharti ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va mahsulotlami maksimal darajada unifikatsiyalash hi- soblanadi. Avtomatlashtirish texnologiyani takomillashtirish va shu tufayli mahsulotni ishlab chiqarishdagi texnologik ishlovlar miqdorini kamaytirish va ularni soddalashtirishdan iborat.
    Ishlab chiqarishga avtomatlashtirishni keng joriy qilish uchun ilmiy- texnik progressni tezlashtirish, ishlar sifatini yaxshilash, mehnatni tashkil qilishni va ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish kerak.
    Intensiv rivojlanish davomida ishlab chiqarish sifat tomondan yaxshi- lanadi, erishilgan ilmiy texnik progressdan toiiqroq foydalanish hisobiga ishlab chiqarish unumdorligi oshadi, takomillashgan texnika vatexnologiya, yangi materiallami qoilash hisobiga mehnat sharoitlari yaxshilanadi. Bundan tashqari, qoi mehnatida band bo‘lgan ishchilar soni qisqaradi.
    0‘z navbatida texnik vositalar, zamonaviy texnologiya, ishlab chiqa­rishning yaxshi tashkil qilinishi mehnat unumdorligining oshishiga, mahsu- lot ishlab chiqarishning ko'payishiga va uning arzonlashishiga olib keladi.
    Yuqorida aytilganlarga muvofiq matbaa sanoati rivojlanishining aso­siy yo'nalishlaridan biri amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish bo‘lib, u ishlab chiqarishda rejasining oshishini, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda ishlab chiqarish unumdorligining o‘sishini ta’minlaydi.
    Yangi korxonalarni qurish, amaldagi korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengavtirish loyihalari ishlab chiqarishning doimiy takomillashib borishini ta'minlashi kerak. Zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi ishga tushgandan so‘ng ma’lum vaqt davomida yetakchilik holatini yo'qota boshlaydi, buning oldini olish uchun korxonada zamonavivlashish jarayoni uzluksiz davom etishi kerak. Quriladigan binolar, ishlab chiqarish bo'lim- lari va muhandislik inshootlari zamonavivlashish sharoitlariga moslashgan bo‘lishi kerak.
    Loyihalash jarayonida bir qator masalalar у uzaga kelib, ularni hal qilish ham korxonaning ishlab chiqarishga, ham loyihalash jarayoniga majmuaviy vondashuvni talab qiladi.


    8




    T exnologik j aray onni loyihalash oldidan loyihalashga daxldor bir qator muammolarni o'rganish va ularning yechimini topish talab qilinadi. Ular ma’lum ketma-ketlikda o‘rganiladi va tahlil qilinadi, masalan: tarmoq, korxona yoki ishlab chiqarish bo‘limi oldiga qo‘yilgan muammoni o‘rganish; muammoni hal qilish mumkin boigan yo‘llarni o‘rganish: mavjud va joriy qilinishi mumkin bo’lgan texnika va texnologiyani hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish usullarini o‘rganish; muammoni hal qilish variantlarining texnikaviy-iqtisodiy samaradorligini hisoblash; tarmoqning rivojlanishi tizimida korxonaning o'mini belgilash; loyihalash topshirig'ini tuzish.

    1. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat mahsuloti turiga bog‘liqIigi

    Matbaa mahsulotining turi ishlab chiqarishni tashkil qilishga ma’­lum darajada ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, markaziy nashriyotlarning mah­sulotlari butun mamlakat bo'ylab tarqatiladi. Kichik va viloyatlardagi bosmaxonalar esa hududining ma'lum talablarini qondiruvchi mahsu- lotlarni ishlab chiqaradi.
    Respublika miqyosidagi nashriyotlarning mahsulotlarini ishlab chiqa­rishga mo‘ljallangan matbaa korxonalari yuqori unumdorli texnikalar bi­lan jihozlangan katta ishlab chiqarish tizimiga ega bo'ladi. Bunday yirik korxonalar individual loyihalar bo‘yicha quriladi. Ularning rekonstruk­siya qilinishi, texnik qayta jihozlanishi va kengayishi ham o'ziga xos loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Matbaa sanoati tizimidagi yana bir bosqich - tuman va viloyat matbaa korxonalaridir. Ularning mahsulotlari asosan ona tilida ishlab chiqariladi va asosan tuman va viloyat hududida tarqatiladi. Viloyat va tuman miq­yosidagi yirik matbaa korxonalari individual loyihalar bo‘yicha qurila­di, oLrta va kichik korxonalar esa oldindan ishlab chiqilgan namunavy loyihalar bo‘yicha quriladi.
    Viloyat matbaa korxonalarining asosiy mahsulotlari tuman va viloyat gazetalari, mahalliy nashriyotlarning kitob va broshyuralari, turli korxona va idoralarning ish yuritish hujjatlari, plakatlar, afishalar, e’lonlar va boshqalar.
    Matbaa korxonalaridagi texnologik jarayon, texnik jihozlanish va ish- ning tashkil qilinishi korxonalarning qanday va qancha mahsulot ishlab chiqarishi bilan aniqlanadi.


    9




    Matbaa ishlab chiqarish jarayonlari uchun vaqt va ishlab chiqarish me’yorlari ishlab chiqarish turiga - mayda, o‘rta va katta seriyali ishlab chiqarishga bog1 liq holda farqlanadi.
    Ishlab chiqarish turi quyidagi asosiy loyihaviy qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqarish texnologiyasi; texnik jihozlanish; ishlab chiqarishni tashkil qilish; ishlab chiqarish xodimlarining malakasi va ixtisoslashuvi; hisob me'yorlari; uskunalarni rejalash; ishlab chiqarish tarkibi va uni boshqarish; ishlab chiqarishning muhandislik ta’minoti.
    Kichik seriyali ishlab chiqarish korxonalarida ishchi nafaqat texno­logik, balki yordamchi ishlovlarni ham bajaradi. Ishlab chiqarishning kengayishi va mahsulotlar nomenklaturasining qisqarishi barobarida ish­chi tomonidan bajariladigan ishlovlar doirasi torayadi va katta seriyali ishlab chiqarish korxonalarida bir-ikki ishlovga yetishi mumkin.
    Ishlab chiqarishning har bir turi uchun ma’lum texnika, texnologiya va tashkiliy shakl xos bo'lib, ular korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Uskunasozlik sanoati aynan bir xil vazifani bajarishga mo‘ljallangan matbaa uskunalarining katta assortimentini ishlab chiqara­di. Ana shu uskunalar orasidan loyihalash jarayonida ushbu ishlab chiqa­rish turida qo‘llash uchun eng maqsadga muvofiq variantlar tanlanadi.
    Matbaa ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi bir xil darajada katta va kichik korxonalarga taalluqli hisoblanadi. Bunda kichik korxonalaming holati biroz murakkabroq. Zamonaviy texnika va texnologiya ma’lum miqdordagi ishlab chiqarish yuklamasini talab qiladi, aks holda undan foydalanish samara bermaydi.
    Matbaa sanoatining asosiy mahsulotlari gazeta, jurnal, kitob va turli varaqli nashrlar hisoblanadi. Har bir mahsulot turi turli vazifaga ega nashr boiib, ishlab chiqarish jarayoniga o‘z talablarini qo‘yadi. Majmuaviy ishlab chiqarish jarayoni baholanadigan ko'rsatkichlar har doim ham bir xil bo'lmaydi. Ushbu nashr turi uchun oqilona variantni tanlashda quyi­dagi ko'rsatkichlardan biri yetakchi o'rinni egallaydi: T-jarayonning tezligi (unumdorligi); I-jarayonning ishonchliligi va soddaligi; S-sifat; M-ishlab chiqarish mehnat sarfi (narx).
    Yuqorida aytilganlardan, loyihalanadigan ishlab chiqarish jarayonini baholash uchun faqat bitta ko‘rsatkich tanlanadi, degan fikrga kelmaslik kerak. Ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash majmuaviy ishlab chiqarish jarayonini shakllantirishdan boshlanadi. Ishlab chiqarish jara-


    10




    yoni baholanadigan ko'rsatkichlar pasayib borish tartibida joylashtirilishi kerak. masalan, gazeta mahsuloti uchun T-l-S-M tartibida joylashsa, ba­diiy al’bomlar uchun S-M-I-T tartibi o‘rinli hisoblanadi.
    Matbaa sanoati mahsulotlarining o‘ziga xosliklari loyihaviy qaror- larning bir xil baholanishini istisno qiladi. Matbaa majmuaviy ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish mahsulotga qo‘yiladigan muhim talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
    Matbaa mahsulotlarining alohida turlari ishlab chiqarishning texnik jihozlanishi va tashkil qilinishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 0‘z navbatida, har bir mahsulot turi - gazetalar, jumallar, kitoblar turli vazifaga ega nashrlardan tarkib topadi. Kitob nashrlarida ham darslik va badiiy adabi- yotlarga qo‘yiladigan talablar bir xil emas. Mahsulotlaming har bir o‘ziga xos talablari loyihaviy qarorlarda o‘z aksini topishi kerak.

    1. Bosma nashrlarining modeli va tuzilishi

    Loyihalash nashr turi va uning texnik tavsifnomasiga muvofiq model- lashdan boshlanadi. Yuqori malakali mutaxassis uchun bu tasawurdagi model bo‘lishi mumkin, umuman olganda esa bu aniq bir yoki o‘xshash nashrning moddiy (fizik) modeli hisoblanadi.
    Model nashrning tuzilishi bo‘yicha yaratiladi, u o‘lcham, hajm, tavsif va boshqa texnik talablarga bog‘liq bo‘ladi. Texnologik va ishlab chiqa­rish jarayonlari ma’lum tuzilishdagi nashrlami tayyorlash bo'yicha loyi- halanadi.
    Kitob-jumal mahsulotlarini tayyorlashda nashr tuzilmasi elementlari quvidagilar hisoblanadi: asosiy daftarlarning qalinligi (8, 16, 32 betli); nashrning asosiy va qo'shimcha qismlarini birlashtirish usuli; nashmi yig‘ish va mahkamlash usuli; nashmi tashqi pardozlash (jild, qattiq mu- qova, supermuqova); forzats.
    Texnika va texnologiyaning shiddatli rivojlanishi, mexanizatsiya- lash va avtomatlashtirish vositasida ishlab chiqarishning intensivlashuvi ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirmoqda. Ishlab chiqarishni bosh- qarish murakkablashmoqda va o'z navbatida boshqarish jarayonni avtomatlashtirish zarurati tug'ilmoqda. Bunday sharoitda tezkor reja- lashning ham ahamiyati oshib boradi. Nashrlarning modellari bo‘yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish uchun kerakli bo‘ladigan barcha ma’lumotlar olinadi: majmuaviy ishlab chiqarish bosqichida


    11




    fizik ish hajmi; nashrni tayyorlash mehnat sarfi; zaruriy xomashyo va materiallar; oraliq bosqichlardagi yarimmahsulotlar miqdori; ularni joy- lash uchun kerakli qurilmalar va maydonlar; bo‘limlararo va bo'lim ichi- dagi yuk oqimlari va boshqalar.
    Nashrning berilgan o'lchami va hajmi da nashrning tarkibiy qismlarini birlashtirish usuli asosiy masala hisoblanadi. Nashrning tuzilmasi imkon qadar texnologik qulay, ya’ni birlashadigan elementlar soni minimal boUishi kerak.
    Nashrning tuzilmasini uskuna-agregatlar va avtomatlar bilan jihoz- langan oqimli ishlab chiqarishga yo‘naltirish kerak.
    Ishlab chiqariladigan nashrlarning tuzilmalari bosma uskunalarining texnologik imkoniyatlari bosish 0‘lchami, uskunalarning rangdorligi bi­lan muvofiqlashgan boiishi kerak.
    Nashrni mahsulotning barqaror sifatini ta’minlaydigan sodda va ishonchli texnologiyaga yo'naltirish kerak.

    1. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsion aloqalar

    Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsion aloqalar masalalari loyihalash topshirigMda aks ettiriladi. Loyihalash topshirigM olinganda texnologik jarayon va korxonaning texnik jihozlanishi nuqtayi nazaridan korxona mahsulotining tavsifini batafsil o'rganish kerak.
    Loyihalash jarayonida bo'limlar bo'yicha yuklamalar aniqlangandan keyin u yoki bu ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishning tejamliligi va maqsadga muvofiqligi belgilanadi.
    Agar qurilish hududida zaxira quvvatlariga ega turdosh korxonalar mav­jud bo‘lsa, bu korxonalarni kooperatsiyalash imkoniyatlari o'rganiladi. Loyihalanadigan ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish maqsad- larida ba’zida amaldagi korxonalar uchun alohida ishlarni bajarishga mo‘ljallangan qo'shimcha quvvatlar ko'zda tutiladi.
    Loyihalash topshirig‘ini o‘rganishda yoki loyihalash jarayonida kor- xonani tashkil qilishning ba'zi masalalari bo'yicha shubhalar yuzaga kelsa, buyurtmachiga eng maqsadga muvofiq va asoslangan yechimlar tavsiya qilinadi.
    Matbaa sanoatida ixtisoslashuv chiqariladigan mahsulotlar turining chegaralanishda yoki ishlab chiqarishning texnik va texnologik bir jinsli- ligini kuchaytirishda namoyon bo‘ladi.


    12




    Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi predmetli, texnologik, predmetli- texnologik bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda matbaa sanoatida predme­tli va texnologik ixtisoslashuv amal qiladi. Ko'pchilik amaldagi kor­xonalar kitob, jurnal, gazeta-jurnal, ko‘p bo‘yoqli varaqli va shunga olxshash nashrlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Biroq, predmetli ixtisoslashuv ham texnologik ixtisoslashuvni oqilona tashkil qilish masa- lasini to‘liq hal qilmaydi, chunki nashrlar. masalan, jurnallar turli xil uskunalarda yuqori, chuqur, ofset va maxsus bosish usullarida bosilishi mumkin.
    Predmetli va texnologik ixtisoslashuvda oqim tizimi faqat yirik korxonalardagina tashkil qilinishi mumkin. Korxonaning ishlab chiqarish ко‘1 ami o‘rtacha bo'lganda ixtisoslashuv predmetli-texnologik tavsifga ega bo‘lishi kerak.
    Predmetli-texnologik ixtisoslashuv keng ko‘lamda yuqori unumdorli texnika va oqim tizimlarini joriy qilishga imkon beradi. Ular korxona ishining barcha texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini yaxshilaydi. Bunda:

    • ishlab chiqarish siklining davomiyligi va aylanma mablag‘larga bo'lgan talab qisqaradi;

    • yo'qotishlar va tugallanmagan ishlab chiqarish qisqaradi;

    • Lm2 ishlab chiqarish maydonidan olinadigan mahsulot, shuningdek, bitta ishchiga to‘g‘ri keluvchi mahsulot hajmi ko‘payadi;

    • ishchilarning mehnat unumdorligi oshadi;

    • yuk tashishni mexanizatsiyalashtirishning tejamli sharoitlari yara- tiladi.

    Ixtisoslashgan ishlab chiqarishda korxonalar bir tipdagi uskunalar bilan jihozlanadi, bunga uskunalarga xizmat ko'rsatish va ishlab chiqa­rishni boshqarish osonlashadi.
    Texnologik jarayon operatsiyalarini amalga oshirishda yarimmahsu- lotlarni joylash uchun maydonlar talab qilinadi; maydonlarning yetarli bo'lmasligi nafaqat ishlab chiqarish boiimlarining, balki boshqa xona- larning ham yarimmahsulotlar bilan to'lib ketishiga olib keladi, ishlab chiqarish chiqindilari miqdori ko'payadi.
    Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda korxonaning bosma qo- lip tayyorlash. bosish va broshyuralash-muqovalash bo‘limlarida yarim- mahsulotlarni saqlash uchun zaruriy maydonlar ko‘zda tutilishi va reja- lashtirilishi kerak. Sanoat mahsulotining o‘ziga xosligi hamda uning hajmi, adadi va rangdorligidagi o'zgarishlar alohida ishlab chiqarish


    13




    bo'limlari yuklamalarining turlicha bo‘lishini keltirib chiqaradi. Koo­peratsion aloqalar uchun mo‘ljallangan zaxira quvvatlari ham har xil bo‘ladi. Biroq bunday kooperatsion aloqalar tashkiliy tavsifga ega emas; turli sabablar bo‘yicha yetkazib beruvchi korxonalar bir xil yuklamaga ega bo‘lmaganligi tufayli kooperativ buyurtmalarni o‘z muddatidan kechikib bajaradi. Buyurtmalarning o'z vaqtida olinmasligi buyurtmachi korxonaning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Ba'zi tashqi buyurtmalarni ham bajarishga moijallangan ixtisos­lashgan korxonalarni qurishda korxonaga xizmat ko'rsatishning tashkiliy jihatlariga e’tibor berish kerak. 0‘z navbatida ixtisoslashgan korxonalar zamonaviy texnika bilan jihozlangan bo‘ lishi hamda yuqori malakali kadr- larga ega bo‘lishi mumkin. Bu nashrlarni qisqa muddatlarda yuqori sifat- da va pastroq tannarxda ishlab chiqarish imkonini yaratadi. Katta quvvat- larga ega bunday korxonalar yuklamalarning o‘zgarishiga kam ta’sirchan boiadi va buyurtmalarning belgilangan muddatlarda tayyor bo‘ lishini ta’minlaydi. Matbaa korxonalari orasidagi kooperatsion aloqalar yordam- chi ishlar bilan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha rivojlanib boradi. Korxonalarni ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha, bosma uskunalariga valiklar tayyorlash bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlarda kooperatsiyalash mumkin. Bunday kooperatsiyalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Bosma nashrlarni ishlab chiqarishning ko‘payishi va matbaa korxona­lari sonining oshishi bilan ular orasidagi kooperatsion aloqalar kengayib boradi.

    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosma mahsulotlar turi va matbaa korxonalar tavsifi

    Download 1.18 Mb.