• MATBAA KORXONALARNI LOYIHALASH BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOT Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar
  • Loyihalarga qo‘yiIadigan asosiy talablar
  • Matbaa korxonasini qurish loyihasi tarkibi va uning maxsus bo‘limlarining o‘zaro kelishilganligi
  • Loyihalash bosqichlari va vazifalari
  • Loyihalash uchun topshiriq
  • Korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish topshirig‘ini tuzish
  • Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va




    Download 1.18 Mb.
    bet3/44
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.18 Mb.
    #40145
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Bog'liq
    Texnologik jarayonlarni loyixalash asoslari
    kurs testi, 8-mavzu-hemis, 1-kurs, 1353020869 39531, 2 Oraliq nazorat MBHA Kamolov A, son tushunchasini kengaytirish, 4-курс ЯБ kuzgi qayta, 41-50, 9. Mustaqil talim , corel draw, delhpi, delhpi-1, o\'zbek tilini sohada qo\'llanishi, 2 5422749528094687519
    Nazorat savollari:

    1. Bosma mahsulot turi.

    2. Matbaa korxonalar xarakteristikasi.

    3. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yo'nalishlari.

    4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish.

    5. Ishlab chiqarish jarayonini baholaydigan ko‘rsatkichlar.

    6. Bosma nashrlarning modeli va tuzilishi.

    7. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsion aloqalar.


    14


    1. MATBAA KORXONALARNI LOYIHALASH BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOT


    1. Loyihalash uchun boshlang‘ich hujjatlar

    Ishlab chiqarish korxonasini loyihalash va uning tarmoqni rivoj- lantirishdagi ahamiyatini asoslash uchun korxonani loyihalashni, qurish- ni, rekonstruksiya qilish yoki texnik qayta jihozlashning maqsadga muvofiqligini aks ettiruvchi zaruriy texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega materiallar ishlab chiqiladi. Loyihaning texnikaviy-iqtisodiy asos- lanishi quyidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishi kerak:

    1. Rekonstruksiya qilinayotgan yoki kengaytirilayotgan korxonaning batafsil tavsifnomasi, uning faoliyatini baholash;

    2. Korxona mahsulotiga bo'lgan talabni asoslash hamda korxonaning ishlab chiqarish quvvati va ixtisoslashuvini ko‘rsatish;

    3. Korxonani xomashyo, materiallar, yarimmahsulotlar, elektr energi- yasi. yonilg‘i materiallari, suv va boshqa resurslar bilan ta’minlash;

    4. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda quv- vat birligiga keltirilgan minimum xarajatlar bo‘yicha korxonaning rivoj- lanishini asoslash;

    5. Asosiy texnologik yechimlarni asoslash; unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

    1. ishlab chiqarishning texnologiyasi, fan va texnikaning yaqin ke- lajakdagi rivojlanish istiqbolidan kelib chiqqan holda uning zamonaviy texnologik jarayonlarga muvofiqligi;

    2. uskunalarni tanlash: xorijiy uskunani o‘rnatishda istiqbolli ishlab chiqarish rejasining qanday darajada hisobga olinganligi, uskunani sotib olish zaruratining sababi;

    d) maxsus buyurtmalar bo'yicha tayyorlanishi kerak bo‘lgan yangi us- kunalarga qo‘yiladigan asosiy talablar;
    g) korxonaning ishlab chiqarish texnologik tuzilmasi, asosiy va yordamchi bo‘limlaming tarkibi va ularning quvvatlari;

    1. korxonaning ta'mirlash va yordamchi bo‘limlarining kooperatsion aloqalari tizimi;

    2. atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar;

    1. Yangi korxonani qurish va amaldagi korxonani kengaytirishda rejalash va konstruktiv yechimlarni asoslash, maydonning o'lchamlari;


    15




    1. Loyihalangan ishlab chiqarishda erishilishi kerak bo'lgan asosiy texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar.

    Loyihalash jarayoniga asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy hujjatlar quyidagilardan iborat: tegishli iboralar tomonidan tasdiqlanadigan loyi­halash va qurilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar; davlat standartlari; tarmoq talablari va mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar; texnologik loyihalash me’yorlari; uskuna va qurilmalar bo‘yicha kataloglar va boshqalar.

    1. Loyihalarga qo‘yiIadigan asosiy talablar

    Loyihalar quyidagilarni ta’minlashi kerak:

    1. fan va texnikada erishilgan yutuqlar va to‘plangan tajribalarni amalga oshirish kerak. Qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan korxonalar ishga tushirish vaqtida yetakchi texnikalar bilan jihozlangan bo'lishi hamda mehnat, xomashyo, materiallar va boshqa resurslar bo'yicha il­miy asoslangan me’yorlarga muvofiq mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlashi lozim;

    2. kapital sarmoyalarning yuqori samaradorligini ta’minlashi kerak. Bunga quyidagilar hisobiga erishiladi:

    • amaldagi korxonalarni texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qi­lish yo‘li bilan quvvatlarni doimiy oshirib borish;

    • yuqori unumdorli uskunalar, katta quvvatli agregatlarni joriy qilish:

    • ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hamda qo‘l mehnatini kamaytirib borish.

    1. Matbaa korxonasini qurish loyihasi tarkibi va uning maxsus bo‘limlarining o‘zaro kelishilganligi

    Zamonaviy matbaa korxonasi murakkab muhandislik inshootlari maj- mui bo‘lib, ular o'zaro kelishilgan holda ishlab chiqarish texnologik ja­rayonini ta'minlovchi bitta yo'nalishda ishlaydi. Shunga muvofiq vazifa, ya’ni zamonaviy matbaa korxonasini loyihalash va qurish turli inshoot va qurilmalar loyihalarining o‘zaro kelishuvini talab qiladi. Ular bir maj- muaga birlashgan holda korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarili- shini ta’minlashi kerak.
    Yirik matbaa korxonasining majmuaviy loyihasi quyidagi maxsus qismlardan (loyihalardan) tashkil topadi:


    16




    1. Texnikaviy-iqtisodiy qism.

    2. Boshreja.

    3. Texnologik qism.

    4. Qurilish qismi.

    5. Qurilishini tashkil qilish va smeta hujjatlari.

    6. Energiya ta'minoti (yoritish va quwat).

    7. Suv ta'minoti (texnologik, xo'jalik va yong‘inga qarshi) va kanali- zatsiya.

    8. Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, sovuq bilan ta’- minlash.

    O'rtacha ko'lamdagi korxonalarni loyihalashda energiya ta’minoti bo'yicha materiallar texnologik qismga, suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash va sovuq bilan ta’minlash bo'yicha materiallar esa qurilish qismiga kiritiladi. Katta boTmagan korxonalarni loyihalashda (masalan, tuman bosmaxonalari) bosh reja, transport hamda qurilishni tashkil qilish bo'yicha materiallar quri­lish qismiga kiritiladi. Bu loyihalarning barchasi bitta umumiy vazifa- korxonaning berilgan assortimentda, miqdorda, yuqori sifat va tayin- langan muddatlarda mahsulot tayyorlash bo‘yicha muvaffaqiyatli ish- lashini ta’minlashga qaratilgan. Bunda nafaqat qurilish, balki korxonadan foydalanish xarajatlari ham hisobga olingan holda eng tejamkor qarorlar qabul qilinadi. Eng oqilona qarorlarni izlash nafaqat fan va texnikaning turli sohalarida, balki loyihalashning o‘ziga xos masalalari bo'yicha ham chuqur bilimlarni talab qiladi. Majmuaviy loyihaning maxsus bo‘limlari texnologik vazifalar va aralash loyihalar vazifalari bo'yicha tuziladi. Loyihalash jarayonida ular texnologik loyiha bilan va o'zaro muvofiqlashadi.
    Matbaa korxonalari jihozlari tarkibida shunday uskunalar ham borki, ular elektr energiyasidan tashqari siqilgan havo, sovutish uchun suv, ba’zida ularning har ikkalasini, chuqur bosmaning zamonaviy uskuna- lari esa bug' va suv iste’mol qiladi. Ofset va chuqur bosma qoliplarini tayyorlash bo'limlarining ishlashi texnologik maqsadlarda sovuq va issiq suv sarflash bilan bog'liq. Sovuq suv galvanovannalarni sovutish uchun qo'llaniladi. Ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimining ishla- shida katta miqdorda suv, bug' yoki qizitilgan energiyasi
    iste’mol qilinadi. Zarurat bo'lganda isitish, ytfrrtHyatsiya:^fiatooni kon-
    17 (<^( ■ — ZIP ’




    ditsionerlash bo'yicha mutaxassislarning vazifalari texnologik uskunal- ami sovutish uchun sovuq bilan ta’minlashning maxsus loyihalari ishlab chiqiladi.
    Nashrlarni tayyorlash jarayonida xomashyo, yarimmahsulot va tayyor mahsulotlarning harakatlanishi mexanizatsiyalash loyihasida hal qilina­di. Transport tizimlarining xonaning potoloklarida yoki polning tegishli chuqurchalarida joylashishi binoning konstruktiv elementlarida o'ziga xos moslamalar boTishini talab qiladi. Bu fikrlar mahsus loyihalarning o'zaro bog'liqligini to'liq aks ettirmaydi, bunday bog‘liqliklar yana ko'plab jihatlarni qamrab oladi.
    Yangi korxonani loyihalashda barcha vazifalar matbaa sanoati texnika- si, texnologiyasi va ishlab chiqarishni tashkil qilishning zamonaviy ri­vojlanish darajasidan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Faoliyat ko'rsa- tayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilishda bu masalalar ancha mu- rakkablashadi. Chunki bunday binolaming ba’zi bo‘limlari tor qavat- lar orasidagi to‘siqlaming ko'tarish qobiliyati past va ba'zi hollarda bo‘limlarning balandligi yetarli bo‘lmaydi.

    1. Loyihalash bosqichlari va vazifalari

    Korxona. bino va inshootlarni loyihalash ikki yoki bir bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Ikki bosqichli loyihalashda texnik loyiha va ishchi chizmalar ishlab chiqariladi, bir bosqichli loyihalashda esa texnik ishchi loyiha ishlab chiqiladi.
    Bir bosqichli loyihalar qurilishi namunaviy yoki takroran qo'llanila- yotgan iqtisodiy loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan, shuningdek texnik jihatdan murakkab bo*lmagan obyektlar uchun ishlab chiqariladi:
    Matbaa sanoatida bir bosqichli loyihalash namunaviy loyihalar bo'yicha qurilayotgan tuman, shaharva viloyat miqyosidagi bosmaxonalar uchun. shuningdek, katta bo‘lmagan korxonalarni rekonstruksiya qilishda qo'llaniladi.
    Bir yoki ikki bosqichli loyihalarni ishlab chiqarish qaroriarini tegishli vazirliklar va mas’ul tashkilotlar qabul qiladi.
    Texnik loyihada quyidagi asosiy masalalar hal qilinadi:

    1. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar. energiya, suv va boshqa resurslar bilan ta'minlash.

    2. Xomashyo va tayyor mahsulotlarning harakatlanish oqimi shakli.


    18




    1. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va hamkorligi.

    2. Yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi ishlab chiqarishning texnik j aray onlari.

    3. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning iqtisodiyoti hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash.

    4. Ishlab chiqarishni kadrlar bilan ta’minlash.

    5. Qurilishga ajratilgan hududdan foydalanish va bosh rejaning oqilona variantini tanlash.

    6. Asosiy bino va inshootlar, binolarning muhandislik jihozlarining arxitektura va tuzilish prinsiplari.

    7. Mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish.

    8. Korxonada va qurilishda ishlovchilar uchun turarjoy maishiy sharoitlar yaratish.

    9. Qurilishni tashkil qilish va uni amalga oshirish davomiyligi.

    12 Qurilish narxi, ya’ni smeta kapital qurilishini rejalashtirish hamda buyurtmachi va quruvchi tashkilot orasidagi hisoblar uchun asosiy hujjat bo‘lishi kerak.

    1. Texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlanmehnatumimdorligi, mahsulot tannarxi, ishlab chiqarishning rentabelligi uning mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasi, energiya bilan ta'minlanganlik, kapital sarmovalaming iqtisodiy samaradorligi va boshqalar.

    Yirik va murakkab korxonalarni navbati bilan loyihalash tavsiya qili­nadi, bunda loyihalash korxonaning toTiq rivojlanishini hisobga olgan holda bosh rejani va qurilishning umumiy narxini aniqlash uchun zarur bo‘lgan asosiy loyihaviy qarorlarni ishlab chiqarishdanboshlanishi kerak. Bu loyiha hujjatlari qurilish texnik loyihasining ajralmas qismi bo' lishi kerak.
    Bosh reja, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning iqtisodiyoti. uskunalari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va arxitektura-qurilish masalalari bo'yicha talab qilingan asosiy qarorlar texnikaviy loyihani ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
    Korxona qurilishining ishchi chizmalari tasdiqlangan texnikaviy loyi- halarga muvofiq ishlab chiqiladi.


    19




    Ishchi chizmalarini ishlab chiqishga qadar buyurtmachi loyihalovchi tashkilotga uskunalar bo'vicha (uskunalarning umumiy ko'rinishi, fundament chizmalari va verosti aloqalarini ishlab chiqish bo‘yicha chizmalar, energiya resurslariga bo'lgan talab haqidagi ma’lumotlar, xizmat ko'rsatish maydonchalarining chizmalari va b.q.) loyihaning barcha qismlarining to‘liq ishlab chiqilishini ta’minlovchi boshlang‘ich ma’lumotlarni taqdim qilishi kerak.
    Ishchi chizmalami ishlab chiqishda texnik loyihada nazarda tutilgan qarorlarni, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada nazarda tutuvchi ma’lumotlarni aniqlash va detallashtirish kerak.
    Ishchi chizmalarning tarkibi:

    1. chizmalar ro‘yxatiga ega boshlang'ich varaq;

    2. yerosti va yerusti aloqalari, transport yo‘llari va hududni qulay joylashtirishlar belgilangan bosh reja chizmasi;

    3. qavatlar, tashqi devorlar, interyerlar, bino va uskunalar ostidagi fun- damentlar, yerosti xo ‘j aliklari, turli xil noan’ anaviy tuzilmalar rej alarining arxitektura-qurilish chizmalari;

    4. texnologik, transport, energetik va boshqa uskunalar ko'rsaiilgan rejalarning texnologik chizmalari;

    5. texnologik truba tizimlari, energiya ta’minoti va elektrda yoritish tarmoqlari va qurilmalari, avtomatlashtirish, aloqa va signalizatsiya, suv keltirish tizimi va kanalizatsiya, isitish va ventilyatsiya, havoni konditsio­nerlash, gaz ta'minoti va boshqalar ko‘rsatilgan chizmalar;

    6. noan’ anaviy texnologikvaboshqaelementlarumumiy ko‘rinishining chizmalari;

    7. tuzilmalar, uskunalar va kommunikatsiyalarning korroziyaga qar- shi himoyalari chizmalari;

    8. mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (saqlovchi qurilmalar, maydonchalar, chegaralovchilar, zararli gazlar bilan kurashish qurilma­lari va boshqalar) bilan bogliq qurilmalarning chizmalari;

    9. uskunalarni, shu jumladan, nostandart uskunalar, qurilmalar va boshqa buyumlarni buyurtma qilish belgilari.

    1. Loyihalash uchun topshiriq

    Loyihalash uchun topshiriq buyurtmachi tomonidan texnologik jara- yonni loyihalash bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda tuziladi. U ana shu korxona uchun bajarilgan materiallar asosida tuziladi. Topshiriq-


    20




    da ishlab chiqiladigan loyihalar ro‘yxatida ko'zda tutilgan asosiy ma'lu- mot parametrlar ko‘rsatiladi.
    Ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash uchun topshiriq, ularning mulk shaklidan qat’iy nazar, tasdiqlashdan oldin turli ko‘rsatkichlar bo‘- yicha loyihalash institutlari bilan muvofiqlashgan bo‘lishi kerak.
    Loyihalash topshirig’ida quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:

    1. Loyihalanayotgan korxonaning nomi.

    2. Loyihalash uchun nasos;

    3. Qurilish turi (yangi qurilish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash);

    4. Ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasi (unumdorlik) yoki korxo­naning loyiha quvvatini aniqlovchi boshqa ko'rsatkichlar:

    5. Qurilish hududi va maydoni;

    6. Korxonaning ish tartibi;

    7. Korxonaning ko‘zda tutilayotgan ixtisoslashuvi, ishlab chiqarish va xo‘jalik bo'yicha kooperatsion aloqalar;

    8. Korxonani qurish va undan foydalanish davrlarida uni xomashyo, suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlashning asosiy manbalari;

    9. Korxonani loyibalashdagi asosiy yo‘nalishlami hisobga olgan holda ishlab chiqarishning texnologik shakli, uslubi va tashkil qilinishi;

    10. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari va uskunalari;

    11. Korxonaning ko‘zda tutilgan kengayishi;

    12. Qurilishning belgilangan muddatlari;

    13. Kapital sarmoyalarning belgilangan hajmi hamda korxonani loyi­halashda erishiladigan asosiy texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlar;

    14. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomat­lashtirish bo'yicha. texnologik jarayonlar va korxonani boshqarishni avtomatlashtirish hamda mehnatni ilmiy tashkil qilish bo'yicha talablar:

    15. Loyihalashning bosqichliligi;

    16. Bosh loyihalash tashkilotining nomi;

    17. Atrof-muhitni himova qilish bo'yicha ishlab chiqiladigan chora- tadbirlar.

    Loyihalash uchun topshiriq bilan bir vaqtda loyihaning muhandis- lik bo'limlarini loyihalash uchun materiallar ham beriladi: arxitektura- rejalashtirish topshirig‘i; qurilish maydonchasi qo'shilish sharoitlar) va boshqalar.


    21




    Tegishli yo'riqnomalarda shu narsa ko‘zda tutilganki, loyihalash tashkilotlari topshiriqni tasdiqlagan idoraning ruxsatisiz loyihalash topshirig'iga o'zgarishlarni qabul qilraasliklari kerak. Shuning uchun mahsulot uchun topshiriq, korxonaning quvvati va ishlab chiqarish ja­rayonlari oldindan taxminiy hisoblanishi va boTajak korxonaning ish­lab chiqarish samaradorligi baholanishi kerak. Shunday qilib, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishning prinsipial masalalari loyihalashdan oldingi bosqichga taalluqli bo1 lib, u lovihalovchilaming faol ishtirokida amalga oshirilishi kerak.
    Loyihaning buyurtmachisi loyihalash tashkilotiga quyidagi bosh- lang‘ich materiallarni taqdim qiladi: uskunalarning turi, korxona mahsulotining texnik tavsifnomasi, qurilish maydonidagi mavjud binolar, inshootlar, yerosti va yerusti tuzilmalarning o‘lchami, yangi texnologik jarayonlar va uskunalarni yaratish bo'yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ish- lari bo'yicha hisobotlar.

    1. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish topshirig‘ini tuzish

    Loyihalash uchun ishlab chiqarish topshirig‘i korxona mahsulotining aniq yoki shartli dasturiga ega bo‘lishi mumkin. Aniq dastur asosan ish­lab chiqarilayotgan nashrlardan tashkil topadi.
    Aniq dastur bo'yicha loyihalash ikki holatda bajariladi: a) nashrlar- ning adadini ko'paytirish yoki nashrning hajmi va rangdorligi o'zgarishi tufayli ishlab chiqarish quvvatlarini ko'paytirib borish maqsadida: b) markaziy korxonalar bilan kooperatsion aloqa tartibida mahsulot ishlab cbiqaruvchi korxonalarni tashkil qilishda.
    Ma'lum guruhdagi bosma nashrlarni ishlab chiqarishni istiqbolli ko'paytirish uchun tuzilgan dastur nashrning o'rtachalashtirilgan miqdo- riy va sifat tavsiflariga ega bo'ladi. Bu esa berilgan quvvatlar chegarasida ishlab chiqarishning universal bo'lishini talab qiladi. Shartli dastur bo'yi­cha ishlab chiqilgan loyihaning texnologik qismi qurilish jarayonida. odatda, sezilarli o'zgartirishlar bilan qayta ko'rib chiqiladi.
    Korxonalarni rekonstruksiya qilishda dasturni aniqlash qiyinchilik tug'dirsa, taxminiy miqdoriy ko'rsatkichlar beriladi va ular texnik loyiha- ni tuzish davomida aniqlashtiriladi. Loyihalash ishlarini olib borishda korxonani rekonstruksiya qilish uchun ishlab chiqarish topshirig'iga


    22




    qo'shimcha sifatida mavjud uskunalar va ularning holati haqidagi ma'lu- motlar ham beriladi. Bunda uskunalardan rekonstruksiyadan so'ng ham foydalanish masalasi hal qilinadi. Bundan tashqari, qavatlararo to'siq- larning ko'tarish qobiliyatlari tavsiflariga ega korxonaning mavjud ishlab chiqarish binolari zaxiralari haqidagi ma’lumotlar ham kerak bo‘ladi.
    Korxonada mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vazi- fasini buyurtmachilar tomonidan loyiha-texnologlar va iqtisodchilar bi­lan birgalikda tuziladi. Ishlab chiqarish vazifasi har bir nashr turi uchun alohida jadvallarda tuziladi: gazetalar, kitoblar, jurnallar, varaqli ko‘p bo'yoqli nashrlar va boshqalar. Ishlab chiqarish vazifalari ilovadagi 1,2,3 bo‘yicha tuziladi. Ishlab chiqarish vazifasi jadvalida gorizontal bo‘yicha korxona mahsulotini tavsiflovchi loyihalash uchun zarur boTgan texnik ko'rsatkichlar kiritiladi. Vertikal bo'yicha nashrlash bosish usuli va bosma uskunalari turi bo'yicha guruhlanadi.
    Ishlab chiqarish vazifasi bo'yicha mahsulotlarining yillik miqdori - terish varaqlari, bosma taboqlar va bo'voq progonlar har bir hisoblana- yotgan holat bo'yicha fizik va keltirilgan o'lchov birliklarida aniqlanadi, keyin esa uskunalar bo'yicha alohida va umumiy vazifa bo'yicha aniqla­nadi.
    Ishlab chiqarish vazifasini hisoblash quyidagi formula bo'yicha amal­ga oshiriladi:

    1. fizik terish varaqlarining yillik miqdori (Lt)


    Download 1.18 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 1.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Babaxanova a. A. Jalilov texnologik jaray onlarni loyihalash asoslari o zbekiston respublikasi oliy va

    Download 1.18 Mb.