Badiiy grafika fakulteti




Download 7.77 Mb.
bet18/37
Sana21.06.2021
Hajmi7.77 Mb.
#15154
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Buxoro do’ppilari

Buxoro kashtachilik maktabiga xos do’ppilarning eng mashhuri zardo’zi do’ppilardir. Kashtachilik me’rosining durdona turlaridan biri bo’lgan zardo’zlik san’ati buxorolik hunarmand-chevar ustalar tomonidan mukammal holda saqlanib kelingan.



O’ziga xos sermazmun kashta naqshlari, g’oyat nafis texnik uslublari uzoq davrlar mobaynida sayqal topgan rang-barang kashta choklari shu san’atning tarixiy rivojlanish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotin-qizlar kiyishiga mo’ljallangan do’ppilar asosan kashtado’zlikning “zardo’zi -guldo’zi”, “zardo’zi-zamindo’zi” usulida tayyorlangan. Asosiga oq bo’z, sariq satin kabi paxta tolasidan tayyorlangan matolar hamda turli rangdagi baxmal ishlatilgan. Buxoroda qadimdan erkaklar do’ppisi - kulohlar keng iste’molda bo’lgan. Ko’rinishi to’rt tomonli, baland, gumbaz shaklida, kashta foni asosan oq ipak bilan, ba’zan tepa va kizagiga arab yozuvlari tikilib bezatilgan.

Bunday bosh kiyimlar qo’l kashtasining “tagdo’zi” usulida, “iroqi” chokida ipak iplar bilan tikib tayyorlangan. «Zardo’zi» - so’zi zar - tilla, “do’zidan” - tikmoq ya’ni, tilla ip bilan kashta tikmoq degan ma’noni bildiradi.





Download 7.77 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Download 7.77 Mb.