• II BOB Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish
  • Bajardi: 402 -guruh talabasi Maxmudova Turg'unoy O'qituvchi




    Download 54.28 Kb.
    bet4/16
    Sana13.03.2023
    Hajmi54.28 Kb.
    #45269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakillantirish
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi
    I bob bo`yicha xulosa
    I bob bo`yicha xulosa o'qilgan matn haqida umumiy tasawurga ega bo'lish: unda mavjud bo'lgan axborot turlari haqida, ularning o'rganilayot- gan mavzuga tegishlilik darajasi, bayon etishning xarakteri va uslu- blari, bo'lim va boblarni tashkil qilish tamoyillari kabi chuqur un- surlari haqida umumiy tasawurga ega bo'lish hamda manba bilan keyingi ish olib borishning strategiya va taktikasini aniqlab olishdir. Ko'rib o'qish jarayonida muallifning maqsad va vazifalari anglab olinadi.Unga xos fikr yuritish uslublarining va materialni yetkazib berilishining o'ziga xosligi aniqlanadi; mazkur tadqiqotning xususi- yatlari haqida birlamchi tasavvur shakllantiriladi; o'qilayotgan matnning idrok etish uchun qiyin bo'lgan, anglash va qayta ishlovni talab qilgan lavhalari ajratib ko'rsatiladi. Tanishib o'qishda o'zga axborotni o'quvchi ehtiyojlariga mosligi doimiy tarzda o'rganiladi, tadqiq etilayotgan mavzu nuqtai nazaridan ahamiyatli va qiziqarli bo'lgan bo'laklar ajratiladi, ular nafaqat tushunish, balki keyingi ish olib borish uchun qayd etilib, muallif va o'quvchi nuqtai nazarlaridan yaqin- lik darajasi baholanadi.

    II BOB Adabiyotlarni tahlil etish va ular bilan mustaqil ishlash texnologiyalarini o’zlashtirish
    2.1. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari pedagogik muammo sifatida.
    Talaba tomonidan darslikni to'g'ri o'qib borish yanada toiaroq ilmiy asosda axborotlarni tavsiya etilgan adabiyotlardan izlashga yo'naltirish kerak. Darslikning bunday yo'naltiruvchi ta'sir ko'rsatishi faqatgina adabiyotlarning keyingi o'rganishlariga sabab bo'lib qolmay, balki, bunday o'rganishning yo'naltiruvchi asosi bo'lib xizmat qiladi.
    Tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarni o'qish bu fanni haqiqiy o'zlashtirishni ta'minlovchi talabaning mustaqil o'qish tizimining asosiy tashkiliy qismidir, bo'lajak kasbiy ishlariga mustahkam ilmiy asos yaratadi. Albatta, o'qish deganda uni oddiy tushunilmaydi. Ilmiy adabiyotlarni o'qish har doim ham badiiy adabiyotlarni o'qishdan qiyinroqdir. Undagi turmush ko'rinishlari obrazlari ko'pincha to'la asoslarsiz, chunki fan sifatidagi mutaxassislarning barchasi tushunarli aniq qilib ilmiy xulosalar beriladi. Misol uchun psixologiyaning dastlabki kategoriyasi, predmeti, faoliyati hisoblanadi. Ma'lumki bu qoidani umumiy tanlanishi bilan birga uning mazmuni ko'pincha turlicha ko'rinishda bo'ladi. Bu kategoriyani tushunish qandayligi ko'rsatilgan. Keltirilgan fikrlardan birinchi kurs talabasiga albatta gap nima haqida borayotganini tushunib olish qiyindir. «Ma'lum» deganda biz birinchi kurs talabalarini emas olim psixologlarni nazarda tutib aytamiz, lekin turlicha tushuniladi deganimiz ular to'g'risidadir lekin, bu erda gap psixologik fanning boshlang'ich kategoriyasi sifatida predmeti, faoliyati haqida bormoqda, bu to'g'risida talaba bilishi lozim. Ammo bu parchadan ko'rinib turibdiki, ilmiy kitobni o'qishning o'zi aytilgan fikrning mazmunini tushunish uchun yetarli emas.
    Bunday holatlarrda o'qituvchi yordam berishi kerak, u talabaning ongida asosiy ilmiy tushunchalarni shakllantirishi va ularni ma'ruzalarda amaliy mashg'ulotlar va konsultatsiyalarda amalga oshiradi.
    Talaba kitobni o'rganayotganda u albatta bir alohida muhim kerakli fikrni o'qishda to'xtatib, aytilgan iboraning mazmunini tushuntirmay betlar va bo'limlardan izlab topishga harakat qilmay o'qishda davom etaveradi, lekin ilmiy qoidani tushunib olish uchun u baribir ko'p urinishi kerak bo'ladi. Bundan tashqari, adabiyotni jiddiy o'qiganda kursning navbatdagi mavzularini tushunishga uning intellektual tayyorgarligi bo'lishi ilmiy asar muallifi fikrlaridan nazariy tushunchalarini bilishi lozim.
    Ilmiy adabiyotlarni o'rganish uslubi bo'yicha bir necha eslatmalar:
    Birinchidan, talabaga adabiyotlarni o'rganishda kitob orqasidan kitob o'qish kerak emasligi, balki g'oyaning va nazariyalar bir boshqa tamoyiliga asoslanishlari lozim. Ikkinchi tomondan kitobda bayon etilgan ilmiy g'oya rivojlantirilishi, ravshanlantirishi boshqasida aniqlashtirilishidan iborat. Uchinchisida, esa asosli tanqid qilinishi, to'rtinchidan kitobda esa yanada asosli isbotlanib berilishi mumkin.
    Talaba o'qituvchidan nazariyaning rivojianishi haqida bilishi juda muhim chunki, bir vaqtda bir joyda bir ma'lumotlar boshqa joyda boshqa vaqtda o'sha ma'lumotlar ko'pincha tekshirilishi va aniqlanishi yoki rad etilishi mumkin. Ilmiy xulosalarni tasdiqlash, rad etish ham fanning rivojianishi uchun bir xilda foydalidir. Talaba esa bu rivojlanishni tushunishida foydalidir. Barcha hollarda ham turli manbalar bo'yicha muammolarni o'rganish fanni chuqur haqiqiy professional o'zlashtirish garovidir.
    Ikkinchidan, adabiyotlarni o'rganish, mustaqil bilim olish butun tizimni bir elementi hisoblanib, tizimining boshqa elementlari bilan ma'ruza materiallarini o'rganish darsliklarni o'qish va talabalarning keyingi ishlari bilan (nazorat yoki kurs ishlarini yozish imtihonlarga tayyorlanish) uzviy bog'liq bo'lishi mumkin.
    Shu yerda aytilganlarga quyidagilarni qo'shimcha qilish mumkin: imtihonlarga tayyorlanish alohida, boshqa o'quv ishlaridagi kabi mustaqil faoliyat emas, balki mustaqil bilim olishni uzviy tashkil etish qismidir. Har qanday muammo bo'yicha ilmiy asarlarni o'qiganda talaba u yerda bayon etilgan g'oyalarni o'zlashtiradi va demak, oVganilgan masala bo'yicha imtihonni topshirishga tayyor bo'ladi, lekin ko'pchilik talabalar baribir imtihonga bevosita imtihon sessiyasi oldidan yoki imtihonlar paytida tayyorlana boshlaydilar. Unga adabiyotlar bilan mustaqil shug'ullanish faoliyatlari imtihonga tayyorlanishga aloqasi yo'qdek bo'lib qoladi. Bularning barchasi talaba imtihonda javob bcrishni talab etadigan savollarni tavsiya etilganda g'ilmiy adabiyotlardan o'rganiladigan savollar bilan bogiash qiyinligi yoki hatto bog'lay olmasligi sababli sodir bo'ladi.
    Talaba bu qiyinchiliklarni yengib o'tishi uchun nima qilishi kerak? O'qituvchi oldindan imtihonlardan ancha awal talabalarga adabiyotlar, darslikni mustaqil o'rganishda doimiy yo'naltiruvchi bo'lib xizmat qiladigan savollarni berishi kerak, o'zi esa ana shu savollar asosida imtihon biletlarini tayyorlaydi. Psixologiya bo'yicha kitobni o'qiganda talaba keng doiradagi muammolarni shu jumladan, imtihonda u javob berishi kerak bo'lgan savollar bo'yicha bilimlarni o'zlashtirib boradi. Shuning uchun talaba yo'naltiruvchi savollarga ega bo'lishi kerak va shu orqali savollarga javob topish lozimligini o'ziga belgilab boradi.
    Tavsiya etilgan adabiyotlarni mustaqil o'rganish odatda imtihonga qo'yiladigan hamma savollarga javoblarni bilishga olib keladi.
    Shunday qilib, ilmiy adabiyotlarni mustaqil o'rganish jarayoni o'quv fanini o'zlashtirish, imtihonga tayyorlanish, sessiya davrida darslik matnlarini bir ikki kunda takrorlab chiqish, eslab qolish va ma'ruza konspektlarini ko'rib chiqish orqali sifatini tekshirish shakli emas, balki talabaning sessiyalararo davrida mustaqil o'quv faoliyatining butun jarayonini samaradorligini tekshirish bo'lib qoladi. Shunday qilib, barcha tavsiya qilingan mumkin bo'lgan adabiyotlarni o'qish faqatgina dasturga amal qilmay yordamchi savollarni ham o'rganish natijasida talaba mustaqil bilim oladi.
    Adabiyotlarni shu jumladan, darslikni o'rganish bilan bir vaqtda fan bo'yicha nazorat ishi, kurs yoki diplom ishlarini yozishga tayyorgarlik masalasini ham hal etishi kerak. Yuqorida aytilganidek kurs yoki nazorat yozma ishi bu yagona maqsadda emas va psixologiyaning asosiy nazariy qoidalarini o'zlashtirib olishdan avval ular bo'yicha ishlarni bajarib, olishga intilishi sifatida qaraladi. Talaba shaxsida kuzatiladigan turii xil psixik holatlami taxmin qilish baholash va ta'riflashda o'zining nazariy bilimlarini erkin qo'llashi uchun birgina darslikni o'zfni o'qish yetarli emas. Misol uchun shaxsning psixologik xususiyatlari haqida ana shunday sayoz ilmiy bilim bilan referat yozishganda, odatda, atamalarni o'rinli ishlatishlari mumkin, ba'zan esa umuman noto'g'ri qo'llaydilar. Talabalarning faoliyatlari «xarakteri bo'yicha kirishuvchan emas, chunki uning temperamenti xolerik», uning xotirasi yaxshi rivojlangan, lekin qisqa muddatli, uzoq muddatli xotirasi yaxshi rivojlanmagan, eshitish qobiliyati yaxshi rivojlangan, chunki u musiqani juda yaxshi ko'radi va yaxsfti tushunadi kabi mulohazalarni uchratish mumkin, lekin ular hodisaning mohiyatini tushunmay turib darslikdagi psixologik bilimlarini yuzaki o'zlashtirilishini bildiradi. Umuman olganda, bu nazariyani bilish emas, balki termenologiyani eslab qolish va tanishni odat xususiyatlariga bog'lashdir, ya'ni ta'riflanayotgan shaxs psixologiyasini o'rganishga talabaning bilimlariga hech narsa qo'shmaydilar.
    Shuning uchun kurs ishi yoki nazorat ishlarini (referat) yozishda nazariyani egallaganligi o'ziga xos yakuni bo'lishiga erishishi va talabaga shaxs psixologiyasini umumiy u yoki bu vaziyatlarda unda namoyon bo'ladigan ba'zi psixik jarayonlar va holatini chuqurroq tushunishga yordam beruvchi kerakli fikrlarni o'zlashtirib borib materiallar to'plab adabiyotlarni o'rganish jarayoniga tayyorlash kerak.
    Ana shunday ilmiy asosda yozilgan ishJar nazariyani hayotda qoilashga nisbatan tajribasi mavjud bo'lib, lekin aniq hayotiy muammoni ilmiy psixologik tekshirishga urinish bo'ladi. Bu juda ham muhimdir, chunki taklif etiladigan metodika aynan o'quv faoliyatiga tadqiqot ishini egallab olishga yo'naltirilgan, bunda fanni o'qishdagi har bir qadam nazariy g'oyalar, hayotiy faktlar bilan obyektiv haqiqat bilan solishtirish bilan olib boriladi.
    Fanni hayotiy amaliyot bilan bog'lab o'rganish bu bir vaqtda hayotni fan nuqtai nazaridan ham o'rganishdir, ya'ni amaliy muammolarni ilmiy o'rganishdir. Har qanday katta olim fanni amaliyotga solishtirishda shunday tajribalaridan boshlagan. Aniq metodik tavsiyalar odatda har bir kurs ishi (nazorat) mavzusi bo'yicha topshiriq hamda talabalarga beriladigan ma'ruzalar va qonuniyatlarda beriladi. Bu topshiriqni tayyorlashda va ulardan ulardan osonlik bilan foydalanishlari uchun talablarda o'zlashtirilishiga diqqat bilan yondashish kerak.
    Shunday qilib, talabaning mustaqil bilim olishni boshqarish metodikasi haqida aytganlariga qisqacha yakun yasaydigan boisak.
    1. Asosiy talab ilmiy va o'quv adabiyotlarni nazariy qoidalarni albatta o'zida va o'zining atrofida kuzatiladigan haqiqiy psixologik hodisalar bilan solishtirib mustaqil o'rganish kerak.
    2 Barcha o'quv ishlari (kurs yoki tekshirish ishlari, referat, sinov va imtihonlarga tayyorlanish) bir vaqtda va tavsiya etilgan adabiyotlarni o'rganish bilan amalga oshirilishi kerak va faqatgina uni miivaffaqiyatli bajarish o'rganilgan ishlarning mazmunini o'zlashtirishga kafolat bo'la oladi.
    3. Mustaqil o'quv ishlari talabaga yangi va o'zi uchun foydali bilimlarni egallashi qiziqarli bo'lganda muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin.
    Shuning uchun, o'qituvchi talabaning psixologiya lining faoliyatining amaliy sabablari sifatida o'rganishda yuzaga kelgan qiziqishini shakllantirish va rivojlantirish haqida doimo o'ylashi kerak, biining natijasida talaba adabiyotlarni qiziqib o'qiydi va yangilikni bilib olishdan quvonchni his etadi. Yuqoridagilar asosida mustaqil bilim olish talaba uchun og'ir vazifa bo'lmay, balki inson ijodiy ish bilan shug'ullanganida odam his etadigan ruhiy qoniqish hissini uyg'otadi.Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 maydagi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019 yil 6 iyunda Qaror qabul qilingan edi. Unda ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim standartlariga muvofiq elektron o’qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.
    O’quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo’lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari va elektron o’quv adabiyotlari.
    An’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati, muqova turi va boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan qog’ozda chop etiladigan manbadir.
    Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir.
    Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, lektsiyalar kursi, lektsiyalar to’plami, metodik ko’rsatma, metodik qo’llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
    Darslik-o’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotidir.

    Download 54.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 54.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: 402 -guruh talabasi Maxmudova Turg'unoy O'qituvchi

    Download 54.28 Kb.