• Elektron darslik va undan foydalanish jarayonidagi asosiy tushunchalar
  • Bajardi: 402 -guruh talabasi Maxmudova Turg'unoy O'qituvchi




    Download 54.28 Kb.
    bet5/16
    Sana13.03.2023
    Hajmi54.28 Kb.
    #45269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakillantirish
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi
    Elektron darslik - yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va yo’nalishlarining mayyan o’quv fani (yoki bir necha fan)ga to’la mos kelgan asosiy o’quv elektron maxsuloti hisoblanadi.
    O’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan mahsulotdir.
    Elektron o’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron maxsulot hisoblanadi.
    Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi talabalarga elektron darsliklar yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo’lib, unda elektron darsliklar yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo’llaniladigan dasturiy vositalar va ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.
    Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan iborat:  Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish;

    tanishtirish;

    • Elektron darsliklar yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va multimedia vositalarining o’rnini aniqlash;

    • Elektron darsliklar yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish;

    • Elektron darsliklardan o’quv jarayonida samarali foydalanish metodikasi mazmunini tanishtirish.

    Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez o’zgaruvchan, chuqurlashtirilib o’qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha elektron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara beradi.
    Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.
    Elektron o’quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. Elektron darslik
    – kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:

    • o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;

    • o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;

    • multimedia (multimedia- ko’p axborotli muhit) qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;

    • taktil (his qilinuvchi, seziluvchan) xususiyatga ega, ta’lim oluvchini kompyuter ekrani olamida o’zining stereo nusxalari tasvirlangan real olamga kirib borishi va undagi ob’ektlarga nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

    Elektron darslik - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo’lib, u muayyan kasbiy faoliyat bo’yicha axborot, bilim berish va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishni avtomatlashtirishga imkon beradi.

    Elektron darslik va undan foydalanish jarayonidagi asosiy tushunchalar


    Elektron o’quv adabiyotlari bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina tushunchalarning keng ma’nodagi izohli talqini kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to’ldirilib borilmoqda. SHuning uchun elektron o’quv adabiyotlari yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar va terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda keltirilgan..

    Download 54.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 54.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: 402 -guruh talabasi Maxmudova Turg'unoy O'qituvchi

    Download 54.28 Kb.