• Kurs ishi metodi
  • Bajardi: 402 -guruh talabasi Maxmudova Turg'unoy O'qituvchi




    Download 54.28 Kb.
    bet2/16
    Sana13.03.2023
    Hajmi54.28 Kb.
    #45269
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakillantirish
    kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi
    Kurs ishi maqsadi Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakllantirishdan iborat.
    Kurs ishi predmeti Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini motivlarni shakllantirish
    Kurs ishi obekti Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini bo‘yicha treninglar o‘tkazish
    Kurs ishi vazifasi Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakllantirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish
    Kurs ishi metodi Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakllantirish va ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;


    I BOB Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakillantirish
    1.1. Rivojlantiruvchi o`qitish yordamida talabada nazariy fikrlash mahorati.
    Adabiyotlarni mustaqil o'rganishda talaba uchun quyidagi shior harakatlarga chorlovchi doimiy ko'rsatma bo'Iishi kerak. Hayotiy hodisalarni psixologik tahlil qilishdan (tadqiqotlaridan) olinadigan barcha xulosalarni albatta yozib borish lozim. Bunday yozuvlarni amalga oshirib borish an'anaviy o'qitishda (maktablar oliy o'quv yurtlarida) ko'pincha kitobdagi mavjud narsalarni ko'chirib yozib olishdan iborat bo'lgan konspektlar yozib borish boiadi. Ammo kitobdan biror fikr keltirilsa, unda darhol sharhlashi ham kerak. Talaba yozib olingan qoidalarni hayotiy tushunishini aks ettiruvchi shaxsiy fikrlarini yozib borishi shart. Bu uning fanni egallab borishini haqiqatdan mustaqil ekanini anglatadi.
    Ko'rsatilgan masalalar hal etilganda talaba faqatgina ma'ruza tinglagani emas, balki uning mazmunini tushungan holda kitobni faqat o'qib chiqish emas, uning mazmun-mohiyatini anglab yetishi, psixologik tahlil qilishga, olgan bilimlari asosida odamlar xulqini baholay oladigan va ilmiy bilimlaridan o'zining kundalik amaliyotda foydalanishga tayyor bo'lib chiqadi. Oliy o'quv yurtida o'qitish talabalarning sessiyalar oralig'ida o'zi mustaqil bilim olishini to'g'ri tashkil etishga bogiiq bo'ladi. Mustaqil bilim olish tartib, kitob o'qishga, navbatdagi vaqtinchalik tadbirga aylanmasligi uchun (talaba yarim yilda oldiga sessiya oldidan esa kitob o'qishga kirishadi) unga bu ishni doimiy amal qiladigan tizimga aylantirishga yordam berishi kerak. Ma'lumki, fanni o'rganish masalani hal etishga sun'iy majburlash emas, yaxlit yondashish, mazmuni bo'yicha va bajarilishi yuzasidan mustaqil bo'lishni talab etadi. Alohida masalalarni o'rganish, qandaydir bir xususiy va bunda rasmiy bo'lgan ma'ruzalarga erishish (misol uchun nazorat ishlarini o'z vaqtida bajarilganligi haqida «hisobot» berishi) kabi o'rganish tuzilish elementlarining barchasi bir-biri bilan tabiiy bog'liq bo'lishi hamda bir biridan ajralgan holda to'la o'zlashtirilishi mumkin bo'lmagan fanni qandaydir tizim sharoitida mazmunini o'zlashtirishiga imkon bermaydi. Biror narsani eslab qola olsa ham baribir buni chuqur bilib bo'lmaydi va shaxsning ijtimoiy xulqi ilmiy boshqaruvchisi bo'lib xizmat qila olmaydi.
    Agarda talaba alohida bir masalani hal etishga kirishsa (misol uchun referat yozish bo'yicha ishlarni bajarishga), lekin bu masalani to'la hal etishi uchun ilmiy asoslarini hali o'zlashtirmagan bo'lsa, u asosiy maqsadga erishishida mavjud odamlar xulqini tushunishga imkon beradigan ilmiy bilimlarni egallash yo'lida o'ziga sun'iy tasdiqlarni yaratadi. Shuning uchun muhit talabaning o'quv dasturi alohida qoliplari bo'yicha hisobotlari emas, fanni qadamma-qadam kompleks o'rganishi bir vaqtning o'zida o'zlashtirib olish va uni barcha alohida o'quv masalalarini hal etishga qoilash hisoblanadi. Mana shu dialektikadir: talaba aniq bir masalani hal etib fanni o'rganadi, o'rganish esa keyingi hamma o'quv (nazariy va amaliy) masalalarni to'g'ri hal etishga qodir bo'lib qoladi. Bunga faqatgina fanni o'qitishga xususan talabaning mustaqil bilim olishini tashkil etishga kompleks va sistemali yondashish yordamidagina erishish mumkin. Mustaqil ishlashga kompleks yondashishni talaba qanday amalga oshirishi mumkin. Asosiysi talaba darslik va boshqa adabiyotlarni o'qiyotganida ma'ruzalarda olgan axborotlarga tayanishi kerak. Bir manbadan o'qiganlarini boshqa manbadan olgan axborotlari bilan solishtirishi, olgan bilimlarini toidirib va aniqlashtirib borishi kerak. Ularni o'z navbatida hayotiy hodisalar odamlarda va shu jumladan o'zida hali kuzatiladigan haqiqiy psixik hodisalar bilan solishtirilishi kerak. Shunday qilib, ma'ruzada nazariy adabiyotlarga ulardan amaliyotga o'tish hodisasi yuz beradi. Bu esa o'quvchining ongida mavjud boimagan bilimlarni egallab oladi, ya'ni o'zlashtirish jarayoni ketadi. Ilmiy adabiyotlardagi bilimlar talabani odamlar psixologiyasini o'rganish bo'yicha amaliy analitik amallarni bajargani uchun olgan bilimlardan foydalarjishga o'rganib olgandagina o'zlashtirilgan deb hisoblash mumkin.
    Shunday qilib, talaba tomonidan fanni o'zlashtirilishi faqat uning mazmunini yaxshi bilish bilan emas, balki yana bu bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo'llashni bilishini anglatadi. Mustaqil bilim olish tizim sifatida o'z tuzilishlariga ega. Talaba bu tuzilishning barcha elementlaridan to'la foydalanish muhimdir. Shuni ham hisobga olish kerakki, har qanday talaba ham o'qituvchiga maslahat so'rab murojaat etavermaydi. Tajribalardan ko'rinadiki talabalar hatto konsultatsiyalar olish uchun navbatchi o'qituvchilar bilan uchrashuvga ham kelmaydilar. O'quv materialini o'zlashtirishda qiyin nazariy masalani tushunib olish uchun zarur boigan jiddiy vaziyatda talaba birinchi navbatda o'ziga o'zining o'quv o'rganish faoliyatini qurish mahoratiga tayanadi. Lekin nima bo'lishidan qat'iy nazar baribir birinchi kurs talabasi hali o'qishni bilmaydi. Mustaqil bilim olish mahoratiga tezda o'rganib olishi uchun unga ishlash metodlari va usullarining ba'zilaridan foydalanishga yordam beradi. Bu metodlarni ko'rib chiqish uchun mustaqil ishlashni tashkil etuvchi qismlariga ajratib chiqamiz:
    - ma'ruza konspektlarini o'qish;
    - o'quv va ilmiy adabiyotlarni o'qish sharhlash va konspekt tuzish;
    - imtihonlarga (sinovlarga) tayyorlanish.
    Ma'ruzalar konspektlarini o'qish bir necha maqsadlarga ega:
    - Birinchisi, ma'ruzalarda nimalar haqida gapirilganligini esga olish;
    - ikkinchisi, talabaning ishlarini ma'ruzalarda eshitganliklarini tushunishini mustahkamlovchi va guruhlashtiruvchi hayotiy misollar va fikrlar bilan to'ldirish;
    - uchinchisi, qisqacha ma'nizani to'la ochib berishi mumkin bo'lmagan, lekin qandaydir hujjatlar va adabiyotlarni o'qish paytida talabalar alohida e'tibor berishlari kerak boigan ma'lumotlarni darslikdan o'qib olish.
    Bu holatda ma'ruzalar konspektlari keyingi ishlari uchun o'ziga xos yo'l ko'rsatuvchi, yo'naltiruvchi bo'lib xizmat qiladi. Ma'ruzalarda faqatgina ko'rsatib o'tilgan, lekin ochib berilmagan masalalarni yaxshiroq va to'laroq tushunib olishga yordam beradi. Bu yerda u yoki bu psixologik hodisalarni tushuntirish uchun hayotiy metodlarni tanlab olish muhimdir, chunki talabaning hayotiy kuzatishlariga mos keladigan misolni tanlab olishda o'ylash jarayonining o'zi ushbu mavjud muammo yoki mavzuni hayotga mos ravishda o'zlashtirish bo'yicha fikrlash faoliyati nazariyani amaliyotda qoilashga birinchi urinish hisoblanadi.
    2. Darslik bilan ishlash va psixologiya bo'yicha ilmiy adabiyotlarni o'rganish.
    Darslik o'quv adabiyotining asosiy va muhim turi hisoblanadi. Unda material ushbu fanning yutuqlari zamon rejasida va talaba tushunadigan tilda tizimli bayon etiladi.
    O'quv adabiyotining asosiy turi sifatida darslikning o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat.
    Birinchidan, darslik ilmiy o'quv fani bo'yicha qisqartirilgan ko'rinishda butun asosiy materiallardan iborat. Bunga ushbu fanning barcha asosiy tushuncha va kategoriyalari kerakli ifodalar (differensiyalari) bilan kiritiladi, zarur bo'lganda fanda tushunchaning shakllanishi qisqa tarixi bilan beriladi. Bu ko'pincha fanning o'zini rivojlanish mantiqi va holatini tushunish uning mazmuniga bog'liq bo'lgan umumiy asosini tashkil etuvchi kategoriyalari bo'yicha bo'ladi.
    Ikkinchidan, darslik asosiy ilmiy kategoriyalarning mazmunini ularning muhim o'zaro bog'liqiiklarida va o'zaro aloqadorliklarida bir-biriga bo'ysunilishini bayon etadi. Bu yerda yanada kengroq tushuncha va kategoriyalar va tor doiralardagilarni (tor xususiy, alohida) o'z ichiga oladi va ular ifoda etiladigan predmet va hodisalarni o'rganish uchun metodologik asos boiib xizmat qiladi.
    Uchinchidan, darslik bilan bir vaqtda o'quv fanining butun ilmiy mazmunini to'la ochib berishi mumkin deb bo'lmaydi, balki asosiy yo'nalishni ko'rsatadi. Undan foydalanib fanni yanada keng va chuqurroq o'rganiladi. Darslik shu mazmunda hodisalarga ushbu fanda beriladigan tushuntirishlarga yanada chuqurroq kirib borishga yo'l ko'rsatuvchi boiib xizmat qiladi.
    Bu aytilgan gaplarning barchasi albatta har qanday o'qituvchi uchun taalluqlidir, lekin shunga qaramasdan o'qituvchining faoliyatida va talabaning o'quv faoliyatidagi roli haqida yana bir bor o'ylab ko'rish foydali bo'ladi. O'qituvchi va talaba tomonidan rolini bahplash nuqtayi nazarlaridan bir xil emas, ba'zida esa qarama-qarshi jarayon sifatida e'tirof etadilar. Ko'pchilik talabalar darslikka ortiqcha baho beradilar. Uni bilishlarning yagona manbayi deb hisoblaydilar. Shuning uchun ma'ruzalarni yozib bormaydilar, imtihon topshirish uchun hamma narsa bor deb kitobga ishonadilar. Boshqa talabalar bilim olishning asosiy manbayi ma'ruza materiallari ya'ni boshqa darsliklardan olingan ma'lumotlar bilan to'ldirilgan va rivojlantirilgan ma'ruzalar deb hisoblaydilar. Ular ilmiy haqiqatni boshqa joylardan izlamaydilar. Xususan, ilmiy psixologik bilimlar dastlabki manbayi hisoblangan tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlardan foydalanmaydilar. Ular darslik yuqori baholab uning asosida imtihon topshirishga erishilayotgan ekan uni fan bo'yicha yetarli manba sifatida hisoblab xato qiladilar.
    Lekin shuni ham aytish kerakki, talaba psixologlarning bir qismi bo'lajak kasbiy faoliyatida foydali bo'ladigan ilmiy bilimlar sohasi sifatida psixologiya bilan jiddiy qiziqadilar va iloji boricha ko'proq maxsus psixologik adabiyotlarni o'qishga harakat qiladilar. Shunday qilib, talabalarning baholashlari bo'yicha-darslik bu deyarli barchasi ilmiy bilimlarni mujassamlashtiradi va ular ko'proq unga ishonib munosabatda boiadilar.
    O'qutuvchi nuqtayi-nazaridan darslik albatta butun fan emas, balki bu birinchi pog'onadir. Darslikdan faqatgina ilmiy psixologiya bilan jiddiy shug'ullanishdan boshlanadi, ya'ni uni haqiqiy egallash, psixologiya bo'yicha maxsus ilmiy adabiyotlarni chuqur to'la va qiziqib o'rgangandagina mumkin bo'ladi.
    Lekin majburiy va ilmiy bilimlarning boshlang'ich manbayi sifatida va faqatgina darslik orqali o'rganilishi zarur bo'lgan talabalarga «katta fan» yo'lini ko'rsatuvchi sifatida zarurdir. Ammo talabaning o'quv faoliyatida darslikni o'rni va o'zining bunday tushunishda alohida pedagogik ishlarni talab etadi. Psixologiyani o'qitish metodikasi ana shu haqida fikr ilgari surilishi mumkin.



    Download 54.28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 54.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajardi: 402 -guruh talabasi Maxmudova Turg'unoy O'qituvchi

    Download 54.28 Kb.