O`quv va ilmiy adabiyotlarni o`qish, sharhlash va talqin etish




Download 54.28 Kb.
bet3/16
Sana13.03.2023
Hajmi54.28 Kb.
#45269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Talabalarda adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko`nikmasini shakillantirish
kasallik qo\'zg\'atuvchi bir hujayralilar vakillari Kurs ishi (2), Алибаева , Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika, fayl org, matematik analiz, Nutq nuhsonlar, KREDIT TEST, Уста ва маргарита.(2), Sapr-madcad MadhCad Hujjatda matematik belgilar va operatorlarn, Yulduz Usmonova Umumiy kimyo, Hujjat (1) (9), Elektrokimyo fani va uning mohiyati, ’lumot. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi, 39-SQL-va-malumotlar-bazalarining-keyingi-dasturlash-2006-Oquv-qollanma-Sh.А.-Nаzirоv-R.V.-Qobulоv, Muslima kurs ishi
1.2. O`quv va ilmiy adabiyotlarni o`qish, sharhlash va talqin etish.
Bu yerda filer nima haqida borishi mumkin.Birinchi navbatda birinchi kurs boshlanishida darslik mazmunini olim-psixologlarning nazariy va amaliy ishlari mazmunini funksional bog'liqligini ko'rsatish, bilan psixologik adabiyotlarni mustaqil o'rganish metodlari va usullari haqida talabalar bilan maxsus mashg'ulot o'tkazish zarurligidan iborat. Bunday mashg'ulotlardan maqsad psixologik munosabatlar bilan inson qalbi sirlarini tushuntiruvchi nozik va aqliy tajribalar bilan qiziqtirishdir. Talabalarda psixik hodisalar haqida o'zlari o'qib chiqishi va tushunib olish, mustahkamlash istagini uyg'otishdan iborat. Utar ilmiy psixologik adabiyotlardan juda ko'plab qizqarli va foydali ma'lumotlarni olish mumkinligini tushunganlarida faqat darslik va ma'ruzalar bilangina cheklanmaydilar.
Bunday maxsus mashg'ulotlardan tashqari doim ma'ruza yoki guruhiy mashg'ulotlarida darslikda qisqa bayon etilgan bilimlarni nazariy holda olishning ilmiy asarlarida yangi to'la va juda tushunarli qilib ochib ko'rsatilishini namoyon etib berishi kerak. Agar darslikning mazmuni bilan unga mashg'ulotlarining dastlabki manbayi bo'lgan ilmiy kitoblar va maqolalar o'rtasida bog'liqlikni doimiy tekshirib kelinsa, unda darslikning fandagi yoi ko'rsatuvchi sifatidagi obro'si o'sib boradi.
Psixologiya o'qitish metodikasi bilan bog'liqlikda darslik haqida aytilishi kerak bo'lgan asosiy fikrlar bu birinchi kurs talabasining darslikni o'zi bilan ishlash metodikasi bilan tanishtirish; uni qanday o'qish kerak, yodlab olish va takrorlashga o'rganib qolmasligi zarurdir.
Talabaning darslik bilan ishlash metodikasiga o'qitish uchun bir tomondan radikal, lekin amaliy vosita mavjud. Darslik matnini o'rganishga o'quv topshirig'i asosiy hisoblanadi. (N.G.Danri tomonidan o'z vaqtida «mantiqiy topshiriq» deb atalgan). Bunday topshiriq juda oddiy tuziladi: darslik matnni o'qib borib, o'qituvchi, talaba, o'quvchi ham uning mazmunini anglab yetishi, o'qituvchining mulohazalarini mantiqiy tushunishi, demak fanning o'zini mantiqiy fikrlashni talab etuvchi savollarni ifoda etadi.
Topshiriqning savollari darslik chegarasidan chiqish va darhol dastlabki manba kitobga murojaat etishga ham mo'ljallangan bo'lishi mumkin.
Fikrimizni misollar asosida davom ettiramiz. R.S.Nemovning darsligida birinchi kitobida quyidagilar ifodalab berilgan. «Psixik jarayonlar idrok etish diqqat, tasawur, xotira, fikrlash, nutq har qanday inson faoliyatining muhim komponentlari kabi ishtirok etadi» va muallif tomonidan ular «faoliyat va bilish jarayonlari psixologiyasi» nomli bo'limiga kiritilgan. A.V.Petrovskiy rahbarligi ostidagi «Umumiy psixologiya» darsligida (1976) idrok etish jarayonlari shaxs psixologiyasiga taalluqli sifatida qaraladi va «shaxsning idrok etish» nomli bo'limiga kiritilgan. Ikkala matnni o'rganib chiqing va savolga javob bering: nima uchun bir vaqtda jarayonlar faoliyat psixologiyasida, boshqa vaziyatda esa shaxs psixologiyasida o'rganiladi. Psixologiyada mavjud bo'lgan faoliyatli va shaxsiy yondashishlarni hisobga olib, ushbu holatda bu variantlarning qaysi biri sizning fikringizga to'g'riroq bo'ladi. Balki ikkita yondashish ham bir xilda to'g'ridir, (boshqa manbalarga qarang) o'z javobingizni asoslab bering.
«Shaxs psixologiya»si bo'limida turli muammolar shaxsning xislat va xususiyatlari doir bilimlarni o'rganadilar. Misol uchun R.S.Nemov Psixologiya nomli kitobida hatto oltitasini ya'ni qobiliyat, xarakter, iroda, his-hayajon, motivatsiya hisoblab chiqadi. «Umumiy psixologiya» AV.Petrovskiy rahbarligida darsligida ular faqatgina uchta temperament, xarakter, qobiliyat bu yerda motivatsiya ham shaxs xususiyatlariga kiritilgan, lekin faqat uning foaliyati bilan bog'liqlikda iroda va his-hayajonlari, sezgilarni esa faoliyat xususiyatlariga kiritilgan. Bu ikki variantning qaysi birini siz to'g'ri deb hisoblaysiz. Balki ular asosida yangi loyihani yaratish mumkinligi haqida sizda fikr bordir. Bu savollarni yanada to'laroq o'rganib chiqish uchun boshqa adabiyotlami diqqat bilan o'qib chiqing.
A.N.Leontevning «Faoliyat, ong, shaxs» A.G.Aslomovning «Shaxs psixologiyasi» (M. 1990) monografiyalari bilan tanishib chiqing.
R.S.Nemovning Psixologiya darsligidagi xotira fikrlash yoki nutq haqidagi boblarini diqqat bilan o'qib chiqing va savollarga javob bering:
ko'pchilik tadqiqotchilar xotira qonuniyatlarini o'rganlar va
ular asosan yaxshi ma'lumotdir, lekin nima uchun yod olisji o'qitish
uchun yetarli emas deb hisoblanadi. Agarda yod olish zararli bo'lsa,
unda nima uchun xotira qonuniyatlarini o'rganish kerak;
«Nutqsiz fikrlash» jarayoni bo'lishi mumkinmi? Nima uchun?
Mumkin bo'lsa unda misol keltiring;
d) fikrlash va nutq, nutq bu fikrni tashqi ifodasi yoki «baland ovoz» (yozma bayon etilgan fikr — bu ham nutqdir). Insonning hayotda bir fikr bo'lib, u boshqa narsa haqida gapirishini siz qanday tushunasiz? Shunday holatlarda nutqning fikrlash bilan bogiiqligi namoyon bo'lishini va nutqda hali -fikrda bo'lmagan narsa bo'lmasligini yoki nimani o'ylasa o'sha haqida fikr yuritishni isbotlab bering. Darslikni o'qish — mustaqil bilim olishning muhim qismidir. Agarda ba'zi talabalar bu ishni yagona kerak bo'lgan ish deb hisoblashlari uchun o'quv yurtlari amaliyotida uchraydigan talabalar bilimlariga rasmiyatchilik munosabati oqibatida yuzaga kelgan yanglishish hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda darslikning o'rni muhim lekin, barchasi ham emas, u fanni o'rganishda darslikning kerakli vazifalari bilan cheklanganligidir.
Darslikning asosiy vazifasi o'quv fani dasturiga binoan o'zlashtirish kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar tizimiga o'quvchini (talabani) yo'naltirishdir. Darslikda ushbu fanning mazmunini tashkil etuvchi ilmiy qoidalarni chuqurligi va amaliyligi bilan yo'naltirmaydi, balki fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini ko'rsatadi. Ularning paydo bo'lishi va ilmiy fanda foydalanishi tarixi haqida hamda atrof-dunyoni tushuntirish uchun ularni ahamiyati haqida qisqacha ma'lumotlar beradi.
Ayniqsa ushbu ilmiy sohada mutaxassis bo'luvchi talaba, misol uchun bo'lajak muttaxassislik mazmunini tushunish juda zarur, lekin bu diradagi bilimlar yetarli emasligi bilan belgilanadi. U darslikdan eng qisqa va eng kerakli ma'lumotlarni olgandan so'ng uning ilmiy qoidalarini yanada chuqurroq o'rganimi va o'zlashtirishi talab etiladi. Bu ilmiy qoidalarni chuqur o'rganish esa birinchi manbalarni psixologiya muammolarini o'rgatuvcni, psixikaning faolligini qonun va qonuniyatlarini aniqlovchi olim-psixologlarning asarlaridan o'rganish murakindir. Darslik talabani ma'lum ilmiy yo'nalishlarda asosiy maktablarning nomlari va ularning mualliflarini ko'rsatuvchi yoiboshlovchi sifatida xizmat qiladi.
Darslikning ikkinchi vazifasi ushbu fan bo'yicha majburiy bilimlar doirasining belgilab berilishi hisoblanadi. Ularning kelib chiqishini chuqur ochib berish va toia isbotlashga harakat qilmaydi. Talabaning vazifasi tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlardan o'zi tushunib olishi va darslikda yo'q narsani bilib olishi uchun ularni ma'lumot sifatida qabul qilishdir. Boshqacha qilib aytganda darslik agarda shartli ravishda gapiradigan bo'lsak, uning chuqurligi bo'yicha emas «kengligi» bo'yicha o'quv fani muammosida aniq yo'lni ko'rsatadi.
Darslik yodlab olish uchun mo'ljallangan emas, lekin masalalarni qisqacha bayon etilishi sababli u yoki bu boiim va paragraf, tushuncha yoki kategoriyalarni oxirigacha tushunmay esda olib qolinadi. Mantiqsiz yodlab olmaslik uchun matn bo'yicha konspekt tuzish davomida daftari chetida qaysi tushuncha oxirigacha tushunarli bo'lmay qolganining belgilab borishi kerak. Bunday yozuvlarni amalga oshirib borish rasmiyatchilik emas, chunki bilimlarni o'zlashtirish, psixologik qonuniyatlar nuqtayi nazaridan u fikriash amallaridan iborat bo'ladi, bu yerda fikriash amallarining hatto uchtasi mavjud: o'ylash, xulosa chiqarish, fikriash o'qiganlarini tushunib olish uchun mavjud bilimlari yetarli emas, degan xulosa va nihoyat tushunmagan savolga albatta javob topishlik fikri bilan yozib borish asosida o'zlashtirishga yoi esa ma'lumki fikriash orqali boradi. Shunday qilib darslik talabaning ma'ruzada olingan bilimlarini chuqurlashtirib, ravshan-lashtirib boradi va bir vaqtning o'zida o'rganilayotgan masalalarda tavsiya etilgan adabiyotlardan o'rganishga undaydi. Shu bilan birga asosiy qoidani esdan chiqarish kerak emas, yangi ilmiy tushunchalar bilan tanishayotgan hollarda ular hayotda nimani anglashini tushunib olish uchun ularga mos faktlarni atrofdagi odamlar psixikasidan izlash va topish kerak.



Download 54.28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 54.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv va ilmiy adabiyotlarni o`qish, sharhlash va talqin etish

Download 54.28 Kb.