7
I. BOB. KO’Z OPTIK SISTEMASI VA UNING TUZULISHI
1.1. Ko’z optik sistemasi
Ko’z optik sistema bo’lib, buyumning tasviri ko’z soqqasining yorug’likka
sezgir bo’lgan to’rsimon pardasida hosil bo’ladi. Odam ko’zining shakli shar
shakliga yaqin bo’ladi. Ko’zning diametri 2.5 sm chamasida bo’ladi. Ko’z bosh
suyagining maxsus chuqurchasida – ko’z soqqasida joylashgan bo’ladi. Ko’z ko’z
soqqasidan ko’rish nervi yordamchi qismlardan (ko’z soqqasini harakatlantiruvchi
muskullar va ularning nervlari, qovoq va kipriklar, yosh bezlari, qon tomirlari
kabilardan) iborat. Ko’z soqqasi ikki qismdan iborat bo’ladi. Bular tashqi va ichki
qismlardir. Ko’z bajaradigan funksiyasiga ko’ra ikki qismdan iborat: ko’zning optik
sistemasi va retseptor qismi. Ko’z optik sistemasi ham o’z o’rnida to’rt qismga
bo’linadi, ular ko’zning shox pardasi, ko’z ichki suyuqligi, gavxar, shishasimon
tana. Bular ko’zga tushadigan yorug’lik nurini sindirib o’tkazadi va uni ko’zning
ichki to’r pardasida joylashgan retseptorlarga to’plab beradi. Yorug’lik nurini
sindirib o’tkazishda ayniqsa, ko’z gavxari muhim o’rin tutadi. Ko’z oqsil pardaga
o’ralgan ancha murakkab sistema hisoblanadi. Oqsil pardaga tomirli parda va
o’lchamlari 0.001 sm dan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan
to’rsimon parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi
ko’rish nervi tolalarining uchlaridir. Ko’zning oldingi qismida oqsil parda shaffof
muguz pardaga, tomirli parda esa kamalak pardaga aylanadi, kamalak pardaning
o’rtasida ko’z qorachig’i deb atalgan teshik joylashgan. Qorachiqning ortida ikki
yoqlama qavariq linza shaklidagi shaffof elastik jism xrustalcha(ko’z gavxari)
joylashgan. Butun ko’z bo’shlig’i shaffof suyuqlik bilan to’lgan. Ko’z suyuqligining
sindirish ko’rsatkichi 1.33 ga, muguz pardaning sindirish ko’rsatkichi 1.38 ga va
xrustalchaniki o’rtacha 1,44 ga teng. Ko‘zdagi yorug‘likni seza oladigan qatlam to‘r
parda hisoblanadi. Shunday qilib, yorug‘lik shox parda, qorachiq, gavhar va
shishasimon jismlardan o‘tib ko‘zning to‘r pardasini yoritishda ko‘rish nervlariga
ta‘sir etish bilan miyada sub`ektiv ko‘rish sezgisini hosil qiladi. Agar uzoqdagi
buyumlarning tasviri to‘r to‘rpardani old tomonida hosil bo‘lsa, bunday ko‘z
8
yaqindan ko‘rar, agar tasvir to‘rpardani orqa tomonida hosil bo‘lsa, uzoqdan ko‘rar
ko‘z deyiladi.
|