3-rasm.
O–ko’zning optik markazi hamda h-ko’z chuqurligi; AB–buyum; ab–buyumning
qurollanmagan ko’zdagi tasviri φ–qurollanmagan ko’zning qarash burchagi; a᾽b᾽-
buyumning Σ optik sistema bilan qurollangan ko’zdagi tasviri; φ᾽-qurollangan
ko’zning qarash burchagi;
Chunki tasvirning diametri ab=φh ga teng bo’lib, o’rtacha
ko’z uchun 15 mm ga teng. Buyumning mayda tafsilotlarigacha ajrata olish uchun
zarur bo’lgan minimal qarash burchagi fiziologik limit burchak deb ataladi va
20
ko’zoynak taqmagan ko’z uchun taxminan bir minutga teng. Biroq buyumning
tafsilotini ko’zoynak taqmasdan ajrata olish burchagi bunday qiymatga ega bo’lishi
uchun kuzatilayotgan buyum yaxshi yoritilgan bo’lishi lozim.
Odatda ko’zning
ajrata olish qobilyati 4-rasmda ko’rsatilgan shakldagi test-obyekt (Landort togaragi)
yordamida sinaladi.
4-rasm.
Ko’zi sinalayotgan odam aniq ko’rayotgan kesik o’tkirligining birligi qilib
ajrata olish burchagi 1᾽ bo’lgan ko’zning o’tkirligi olinadi. Agar ajrata olinadigan
eng kichik burchak 2᾽ bo’lsa, ko’rish o’tkirligi 1/2 ga teng bo’ladi hamda hokazo.
Normal ko’zning ajrata olish burchagi bilan test-obyektning yoritilganligi orasidagi
munosabat quyidagi jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldan buyum yaxshi yoritilgan
(100 lk da ortiq) bo’lganda normal ko’zning ko’rish o’tkirligi birdan ortiq ekanligi
ko’rinib turibdi.
2-jadval.
Fonning
yoritilganligi, lk
Ajrata olish
burchagi, min
Fonning
yoritilganligi, lk
Ajrata olish
burchagi, min
0.0001
50
0.5
2
0.0005
30
1
1.5
0.001
17
5
1.2
0.005
11
10
0.9
21
Buyumni ko’zga yaqinlashtirganda biz buyumning fiziologik limit burchak
bilan kesiladigan qismini kamaytirgan bo’lamiz va binobarin buyumning mayda-
mayda bo’lgan qismlarini ham farq qila olamiz. Biroq buyumni ko’zga
yaqinlashtirish akkomodatsiyalanish qobilyati bilan chegaralangandir; normal ko’z
uchun eng qulay masofa 25 sm (eng yaxshi ko’rish masofasi). O’zini zo’riqtirish
hisobiga yosh odamning ko’zi buyumni 10 sm gacha bo’lgan masofadan ko’ra oladi.
Yaqindan ko’rar ko’z bu masofadan yaqinroqdagi narsalarni ham ko’radi va
shuning uchun buyumning yanada mayda qismlarini ham farq qilaoladi. Uzoqdan
ko’rar ko’z; jumladan qari odamlarning ko’zi mayda tafsilotini farq qilishga
(masalan, kitob o’qishga) qiynaladi. Buyumning mayda tafsilotini farq qilishni
yanada yaxshilashga optik asboblar yordam beradi; bu asboblar bilan ko’z
birgalikda buyumning tasvirini to’r pardada hosil qiladi. To’r pardada hosil bo’lgan
bu tasvirning ko’z qurollangan hamda qurollanmagan holdagi uzunliklari nisbati
optik asbobning ko’rinma kattalashtirishi deyiladi. 3-rasmda bu kattalashtirish
tgφ/tgφ᾽ ga teng ekanligi kelib chiqadi.
Endi navbatdagi ishimiz ko’zga tutiladigan asboblar bilan yanada chuqurroq
tanishib olamiz. Lupa– fokus masofasi uncha katta bo’lmagan (taxminan 100 dan 10
mm gacha) sodda sistema (bitta yoki bir necha linza) bo’lib, qaralayotgan buyum
bilan ko’z orasiga tutiladi. Buyumning kattalashtirilgan mavhum tasviri eng yaxshi
ko’rish masofasida yoki cheksizlikda hosil bo’ladi, ya’ni ko’z akkomodatsiyaga
zo’riqmasdan ko’radi. Lupani qo’llanishning ikkala usulida ham lupa beradigan
ko’rinma kattalashtirish amalda bir xil bo’lib,
N = tgφ᾽tgφ = D/f
Bu yerda D-eng yaxshi ko’rish masofasi, f-lupaning fokus masofasi. D=250
mm bo’lgani uchun odatda qo’llanadigan lupalar 2.2 dan tortib 25 gacha
kattalashtiradi. Yaqindan ko’rar ko’z uchun D kichik, binobarin bu holda lupa
buyumning mayda tafsilotini ajratib ko’rishda ko’zga kam yordam beradi.
Mikroskop – prinsp jihatdan olganda bir-biridan ancha qochiq turgan obyektiv va
okulyardan iborat ikki optik sistemaning kombinatsiyasidir. Mikroskopdan
bakteriyalar, hujayralar kabi mayda ob’ektlarni ko`rish uchun foydalaniladi.
22
Mexanikaviy moslamalar yordamida malum xolatda o’rnatilgan linzalar, prizmalar
ko’zgulardan tashkil topgan optikaviy sistemalar optika asboblari hisobanadi.
Amaliy optikaning u yoki bu masalalarni hal qilish uchun qo’llaniladigan juda ko’p
sonli turli xil asboblar bor. Biz bu yerda asosan tasvir hosil qilishga mo’ljallangan
asboblarni va birinchi navbatda mikroskop hamda teleskoplarni ko’rib chiqamiz.
Yorug’likning boshqa xil hususiyatlariga asoslangan optika asboblari o’ziga tegishli
bo’limlarga bayon qilinadi. Masalan: interferometrlar va difraksion panjaralar
yuqorida bayon qilingan edi. Ikkala asbob – mikroskop va telesoplarning obyektiv
va okulyarlari bo’ladi. Obyektiv aberrasiyalari yaxshilab to’g’rilangan va buyumga
qaratib qo’yilgan linzadan iborat. U optikaviy asbob orqali qaraladigan buyumning
haqiqiy tasvirini hosil qilib berish uchun mo’ljallangan. Okulyar ham apperatsiyaga
to’g’rilangan linzadan yoki linzalar sistemasidan iborat bo’ladi. Okulyar buyumning
obyektiv orqali hosil qilingan tasvirini kattalashga mo’ljallangan. Agar zarur
bo’lgan kattalashtirish uncha katta bo’lmasa (10-20 marta bo’lsa) va kattalashgan
tasviri olinishi kera bo’lgan buyum kuzatuvchiga bevosita yaqin turgan bo’lsa, u
vaqtda lupa vazifasi bajaruvchi birgina okulyar bilan cheklanish mumkin.
|