III. XULOSA
Xulosa qilip shuni aytamanki, odam ko‘zi o‘ziga xos optik asbob bolib, u
optikada alohida o‘rin tutadi. Bu, birinchidan, ko‘p optik asboblarning ko‘z
sezishiga mo‘ljallangani, ikkinchidan, odamning (va hayvonning) ko‘zi evolyutsiya
jarayonida taqsimlashgan biologik sistema sifatida, bionika doirasida optik
sistemalarni loyihalash va yaxshilashga doir ba’zi g‘oyalarni vujudga keltirishi bilan
tushuntiriladi. Ko‘z tibbiyotchilar uchun faqat funksional buzilish va kasallanish
qobiliyatiga ega bo‘lgan a’zo hisoblanmay, balki ba’zi ko‘zga taalluqli bo‘lmagan
boshqa kasalliklar to‘g‘risidagi axborot manbai hamdir. Ko‘rish tizimiga tushgan
yorug‘lik elektr impulsiga aylanadi va u ko‘rish nervlari orqali miyadagi markaziy
nerv tizimiga beriladi. Fotoretseptorlar sezgirligi juda yuqori bo‘lib, unga tushgan
kuchsiz yorug‘likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug‘lik ta'sirida
retseptor hujayralarida ma'lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat
potensiali yuzaga keladi. Ko‘z nafaqat elektromagnit to‘lqinni qabul qiladi, balki
ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini
ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi. Ba'zi umurtqali
hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo‘ylar va cho‘chqalar
faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan,
mushuklar, bo‘rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil
nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan yerga amalda 290 nmdan kichik
to‘lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to‘lqin uzunligini
sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan ancha katta to‘lqin uzunlikli
ultrabinafsha nurlarni ham ko‘z sezmaydi. Bunga asosiy sabab yuqori energiyali
ultrabinafsha nurlar ko‘zdagi yorug‘likka sezgir pigmentlarni buzishidadir. Shu
sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat ultrabinafsha nurlarni, balki to‘lqin
uzunligi 400 nmga yaqin ba'zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi
katta bo‘lsa to‘r pardani kuydiradi. Infraqizil nurlarni oladigan bo‘lsak, uni
hayvonlar tanasining o‘zi ham chiqaradi. 370 C da maksimal nurlanish 9-10 mkm
to‘lqin uzunlikka mos keladi. 1sm
2
hayvon tanasi 50 mW quvvatli energiyani
nurlaydi. Bu esa ko‘zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir. Ko’z
24
optik sistema bo’lib buyumning tasvirini ko’z soqqasining yorug’likka sezgir
bo’lgan to’rsimon pardasida hosil qiladi. Ko’z tashqi tomondan uchta parda bilan
o’ralgan. Tashqi parda sclera yoki oqsil parda deyiladi. Bu zich parda ko’zni tashqi
tasirlardan saqlaydi. Oqsil pardaga sertomirli parda va o’lchamlari 0,001 sm dan
kichik bo’lgan juda kichik yorug’lik sezgir elementlardan tuzilgan to’rsimon parda
yoki to’r parda kelib tutashgan. Bu elementlar ko’zni bosh miya bilan bog’lovchi
ko’rish nervi tolalarining uchlaridir. Ko’zga tushadigan nurlar shox parda sirtida eng
ko’p sinadi. Gavhar ham nurni qo’shimcha ravishda ozroq sindiradi. Biz ko’z bilan
ko’rayotgan buyumning tasviri to’r pardada joylashadi; u haqiqiy, kichiklashgan va
teskari tasvir bo’ladi. Biz miyamizning korrektlash tasiri ostida buyumning
joylashishi to’g’risida to’g’ri taassurot olamiz.
Buyumning ko’zdan uzoqligi o’zgarishiga qaramay, uning to’r pardadagi
tasviri aniqligicha qolaveradi. Buning sababi shuki, ko’z gavhari o’z egriligini va
shu bilan birga, o’z optik kuchini o’zgartira oladi. Ko’zimizga ancha yaqin turgan
buyumga qaraganimizda ko’z muskullarini gavharning qavariqligini oshiradi va
gavhar o’zidan o’tayotgan nurlarni kuchliroq sindiradi. Uzoqda turgan buyumlarga
qaralganda esa gavhar yassiroq bo’lib qoladi hamda uning sindirish qobilyati
kuchsizlanadi. Demak, ko’z gavharining fokus masofasi o’zgarib turadi. Ko’z
gavharining fokus masofasini kuzatilayotgan buyumgacha bo’lgan masofaga
moslash qobilyati akkomodatsiya deyiladi. Lekin ko’z akkomodatsiyasini malum bir
chegarasi bo’ladi: biz juda yaqin turgan buyumlarni aniq ko’ra olmaymiz, chunki
ko’zning to’r pardasida bu buyumlarning aniq tasviri hosil bo’lmaydi. Ko’rish
burchagi qancha katta bo’lsa, buyumning tasviri ham shuncha ravshan ko’rinadi.
Buyumni ko’rish uchun eng qulay masofa eng yaxshi ko’rish masofasi deb, ko’zdan
shu masofada turadigan nuqta esa akkomodatsiyaning eng yaqin nuqtasi deb ataladi.
Normal ko’z akkomodatsiyasining eng uzoq nuqtasi cheksiz uzoqlashgan nuqtadir.
Bu nuqta ko’zning zo’riqmagan holatiga muvofiq keladi.
|