II. BOB. KO’RISH ANALIZATORI VA UNING YORDAMCHI A’ZOLARI




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana14.12.2023
Hajmi0,84 Mb.
#118417
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ikromov Sh 2-G fizika optika kurs ishiiii

II. BOB. KO’RISH ANALIZATORI VA UNING YORDAMCHI A’ZOLARI 
2.1. Ko’rish organlarining vazifasi 
Ko‘rish qobiliyati – bu atrofdagi narsalarni sezish, bilish. Ko‘rish qobiliyati 
beshta elementladan iborat: sentral ko‘rishi pereferik ko‘rishi, ranglarni ajratish, 
chiroqni ajratish, binokular ko‘rish.
Shox parda: fibroz qavatga bog’liq bo’lgan umumiy funksiyalarni bajarishdan 
tashqari yorug’lik nurlarini sindirishda ishtirok etadi. Shox parda umuman qon 
tomirlarga ega emas, faqat limbning yuza qavatlari chetki tomirlar tutamlaridan va 
limfatik tomirlardan iboratdir. Moddalar almashinuvi chetki xalqasimon tomirlar 
tutami, ko`z yoshlar va oldingi kamera suyuqligi xisobiga buladi. Bunday nisbiy 
aloxidalik belmalardagi shox pardani utkazishda yaxshi aks etadi. Antitanalar 
o’tkazilgan shox pardaga etib borolmaydi va boshqa yot tukimalarda sodir bo’lgani 
singari shox pardani yemirib tashlolmaydi. Shox parda nevr tolalariga juda boy va 
odam organizmidagi eng yuqori sezgirlikka ega bo’lgan tuqimalardan xisoblanadi. 
Manbasi uch shoxli nerv bo’lgan bir qancha sezgir nervlar qatorida shox pardada 
trofik funksiyani bajaruvchi simpatik innervatsiya ham mavjudligi aniqlanagan. 
Moddalar almashinuvi normal bo’lishi uchun tuqima va qon orasidagi jarayonlar 
balansi aniq bulishi lozim. Aynan shuning uchun kolbachalar retseptorlarining eng 
afzal ko`rgan o’rni tomirlarga boy bo’lgan shox pardaskleral zona xisoblanadi. Shu 
yerda normal moddalar almashinuvi jarayonidagi kichiknagina siljishni ham hisobga 
oladigan tomirli-tuqimali retseptorlar joylashadi. 
Tomirli parda. Xorioideyaning tomirli sistemasi kalta orqa kiprikli arteriyalar 
ko`rinishida namoyon bo’ladi. Ular 6-8 ta bo’lib skleraning orqa polyusidan chiqib, 


15 
quyuq tomirli tutamni xosil qiladi. Xorioideya ko`rish uchun zarur tuxtovsiz tushib 
ketadigan ko`ruv purpuralarning qayta tiklanishini ta’minlovchi enenrgetik manba 
bo’lib hisoblanadi [6].
Gavxar. Gavxar kimyoviy tarkibining o’ziga xos xususiyati undagi ko’p 
miqdordagi (35 dan yuqori) oqsil moddalarining borligidadir. Gavxar qon tomirlarga 
ega emas. Moddalar almashinuvi uchun zarur bo’lgan tarkibiy qismlar hamda 
almashinuv jarayoni maxsulotlarining ajralishi diffuziya va osmos yo’li bilan boradi 
va juda sekin kechadi. Gavxarning oldingi kapsulasi yarim o’tkazgich parda 
vazifasini bajaradi. Gavxar oziqlanishining regulyasiyasida hamda gavxar oldingi 
yuzasining sub-kapsulyar epiteliysi va uning ekvatorial qismi ishtirok etadi.
Gavxar oziqlanishining manbasi ko`z ichi suyuqligi hamda kamera suyuqligi 
hisoblanadi. Gavxar oziqlanishi uchun zarur bo’lgan moddalarning yetishmasligi 
yoki unga keraksiz, yot moddalarning kirishi normal moddalar almashinuvini buzadi 
hamda bu oksilning parchalanishiga, tolalarning ajralib ketishiga, gavxarning 
xiralashishi – kataraktaga olib keladi.
Shishasimon tana. Kimyoviy xarakteriga ko`ra shishasimon tana organik 
kelib chiqqan gidrofil gel xisoblanadi. Tarkibida 98 – 99 % suv bor. Shishasimon 
tana ko`zga aniq shakl berib turadi, optik apparat qismlarining doimiy nisbatini va 
ko`z ichki qavatlarining mustaxkam yopishishishini ta’minlaydi. Shishasimon 
tanada qon tomirlar bo’lmaganligi sababli turli yallig’lanish jarayonlari bu yerda 
rivojlanmaydi. Shishasimon tanadagi o’zgarishlar siliar tana, xorioideya, to’r parda 
kasalliklariga bog’lik, chunki bu qismlardan chiqqan ekssudat shishasimon tanaga 
tushadi. Ko`zning travmatik jaroxatlari va operatsiyadan keyingi asoratlar shuni 
ko`rsatadiki, shishasimon tana ko`zda turli xil infeksion jarayonlar chaqiradigan 
bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay muxit hisoblanadi. Ko` rishning aniq bo’lishi 
uchun avvlam bor to’r pardada aniq tasvir bo’lishi kerak. Normal ko`zda bu 
ikkianatomik tuzilmaga boglik buladi: optik sistemaning nur sindirish kuchiga va 
ko`zning optik o’kiga. Bu ko’rsatkichlar ham xar kimniki individual bo’ladi. Shu 
sababdan ko`z refraksiyasini ikki xil turi tafovut etiladi, ya’ni fizik refraksiya – ko`z 
optik sistemasining nur sindirish kuchi bilan xarakterlanadi va klinik refraksiya – 


16 
optik sistemaning bosh fokusining tur pardaga nisbatan olinishidir. Katta yoshdagi 
odamning ko`zining fizik refraksiyasi 52 dan 71 dptr gacha bo’lgan chegarada 
bo’ladi.
Ko`z o’lchamlariga nisbatan optik sistemaning nur sindirish kuchi kuchli 
bo’lsa, bunda parallel tushayotgan nurlar to’r pardaning oldida yig’iladi. Bunday 
nomutanosib refraksiya turi yaqindan ko`rish – miopiya deb ataladi. Agar ko`z 
o’lchamlariga nisbatan optik sistemaning nur sindirish kuchi kuchsiz bo’lsa, bunda 
parallel tushayotgan nurlar to’r pardaning orqasida yig’iladi. Bunday nomutanosib 
refraksiya turi uzoqdan ko`rish – gipermetropiya deb ataladi. Agar ko`z optik 
sisitemasining satxning turli xil vertikal, gorizontal yoki boshqa egri yo’nalishdagi 
meridianlarda nur sindirish bir xil emas, boshqa-boshqa kuchga ega bo’lsa, bu 
ametropiyaning uchinchi xili – astigmatizm deyiladi. Bunga ko’pincha shox parda 
satxi va kamdan–kam xolatlarda gavxar ikki perpedikulyar meridiani qiyaligi 
radiusining bir xil emasligi sabab bo’ladi. Ko`zning refraksiya turi aniqlashda va 
ametropiyani korreksiya qilishda optik oynalardan foydalaniladi.
Akkomadatsiya. Kishi hayoti uchun ko`z uzoq hamda yaqin masofadan ko`ra 
bilishning ahamiyati juda katta. Bu vazifani ham ko`zdagi fiziologik mexanizm 
akkomadatsiya bajaradi. Akkomadatsiya yordamida to’r pardada uzoqdagi yoki 
yaqindagi narsalar shakli o’z aksini topadi. Ko`zning akkomadatsion xususiyati 
yoshga qarab o’zgarib boradi. Kishi yoshi ulg’aygan sari ko`z gavxari elastikligining 
kamayib borishi natijasida ilgari ko`zga eng yaqindan ham yaqqol ko`rinib turgan 
nuqtaning asta – sekin uzoqlashib borishidir.
Presbiopiya – bu akkomadatsiyaning inson yoshi 40 ga yaqinlashganda paydo 
bo’ladigan o’zgarishi, ya’ni akkomadatsiyaning susayishidir. Natijada o’qish, 
yozish yoki bichish tikishdek mayda mashgulotlarni bajarish kiyinlashib, ko`zoynak 
taqishga ehtiyoj paydo bo’ladi.
Emmetropiya. Emmetripoyada odata parallel nurlar sinib, to’r pardada fokus 
paydo qiladi va bunda ko`zning ko`rish darajasi juda yuqori, yuz foizga teng bo’ladi. 
Ko`z juda uzoqda turgan nuqtani ko`rishga moslashgan bo’ladi. Emmitroplar 
yaqinni ham, uzoqni ham yaxshi ko’radilar. Unga akkomadatsiya yordam beradi.


17 
Gipermetropiya – nur sindirish kuchining kamligidan yoki ko`z soqqasining 
kaltaligidan vujudga keladi. O’smir va yoshlarda ko`z gipermetropiyasini tuliq 
aniqlash mumkin emas, chunki ularda akkomadatsiya kuchli. Shuning uchun bu 
xollarda gipermetropiya ikkiga bo’linadi, yashirin va yaqqol ko`rinadigan 
gipermetropiya. Agar yoshlarda yashirin gipermetropiya o’z vaqtidda aniqlanib, ular 
ko`zoynakdan foydalanmasalar ko`zlar charchaydi, o’qiganda xarflar ko’rinmaydi. 
Akkomadotiv muskulchalar charchashidan ko`zda og’riq hamda bosh og’rig’i paydo 
bo’ladi. Bu holatni akkomadotiv astenopiya deb ataladi. Agar yosh bolalarda 
gipermetropiya kuchli bo’lsa, ular o’z vaqtida ko`zoynakdan foydalanmasalar 
xamda akkomadatsichga zo’r kelsa kuchli akkomadatsiya ketidan qonvergensiya 
ham zo’rayib, ko`zlar yig’iluvi g’ilaylikka uchraydi. Gipermetropiya uch darajaga 
bo’linadi: birinchi darajasi – 2,0 dptr gacha, ikkinchi darajasi 5,0 dprt gacha va 
uchinchi darajasi 5,0 dprtridan oshib ketishidir.
Uchinchi darajadagi gipermetroppiyali odamlarda ko`z soqqasi biroz 
kichikroq, qorachigi biroz torroq va oldingi kamerasi, shox prada gardishi kichikroq 
bo’lishi mumkin. Ularning ko`z tubini tekshirganda ko`ruv nervi diskining rangi 
biroz qizg’ishroq, chegarasi noaniqro, qon tomirlari biroz kengaygan bo’lib, bu holat 
envritni eslatishi mumkin. Lekin bu gipermetropiyaga xos soxta nevritdir. Ko`rish 
qobiliyati yaxshilanib, ko`rish maydoni oq va rangli ob’ektlar bilan tekshirganda 
normal xolatda bo’lsa, demak bu nevrit emas, balki kuchli gipermetropiyaga 
taalluqli bo’ladi [11].

Download 0,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. BOB. KO’RISH ANALIZATORI VA UNING YORDAMCHI A’ZOLARI

Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish