|
Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymati baliqdan taom tayyorlash usuli Mundarija
|
bet | 17/29 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #155986 |
Bog'liq Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymatiBitochka — yuqoridagi uslubda tayyorlanadi va diametri 6 sm, qalinligi 2 sm li shayba shaklida kesilib, oq urvoqqa belanadi. Vazn og'irligi kotletga o'xshash bo'ladi. Qovurib va yopib pishhiladi.
Teftel — diametri 3 sm li shar shaklida, bir porsiyaga 3—4 dona hisobida tayyorlanadi. Teftel uchun kotlet massasini tayyorlashda non o'rniga ma'lum miqdorda mayda chopilib jazlangan piyoz qo'shilishi mumkin. Teftel unga belanib, dimlab yoki yopib pishiriladi. Yarim tayyor mahsulotning vazn og'irligi 118, 88 gramm bo'lishi lozim.
Rulet — bir necha porsiyaga mo'ljallab, ichiga qiyma joylab tayyorlangan mahsulot. Uni tayyorlash uchun ho'llangan sochiq yoki dokaga bahq kotlet massasi 1,5 mm qalinlikda, 20 sm gacha kenglikda to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyiladi. O'rtasiga butun uzunlik bo'yicha qiyma qo'yilib, chetlari sochiq yoki doka yordamida baton shakhda ko'tarib birlashtiriladi, yog'lanib urvoq sepilgan protvenga choki pastga qihb qo'yiladi, 3—4 yeridan teshihb, yopishdan awal ustiga o'simlik yog'i yoki tuxum lezoni surtilib, urvoq sepiladi. Rulet qiymasi tarkibiga qovurilib chopilgan qo'ziqorin, mayda chopib jazlangan piyoz, pishirib chopilgan tuxum, tuz, murch kiradi. Yarim tayyor mahsulot bir porsiyaga 125, 95 gramm hisobida olinadi.
Baliq zrazasi — qiyma tiqib tayyorlanuvchi mahsulot hisoblanadi. Baliq kotlet massasiga «obi non» shakli berilib, 1 sm qalinlikda yoyiladi, o'rtasiga xuddi ruletga o'xshash, lekin urvoq qo'shilgan qiyma solinadi, chetlari buklanadi, g'isht shakli berilib, oq qizil urvoqqa belanadi va qovurib pishiriladi.
Telnoye — xuddi zrazaga o'xshash tayyorlanib, ho'l sochiq yoki doka yordamida shakli yarim oy holiga keltiriladi, lezonga botirilib urvoqqa belanadi, so'ngra qovurib pishiriladi. Yarim tayyor mahsulot 194, 145, 109 gramm hisobida tayyorlanadi.
Frikadelka massasini tayyorlash uchun baliq qiymasiga mayda chopilib jazlangan piyoz, xom tuxum, margarin, tuz qo'shib aralashtiriladi. Vazni 12—15 gramm qilib 8—10 dona shar shaklida bo'laklarga bo'linadi. Suvda yoki dimlab pishiriladi.
|
| |