|
Kartoshka bilan ruscha usulda yopilgan baliq
|
bet | 19/29 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #155986 |
Bog'liq Baliq va baliq mahsulotlari ularning kimyoviy tarkibi ozuqaviy qiymatiKartoshka bilan ruscha usulda yopilgan baliq. Saralab yuvilgan kartoshka po'sti bilan chala pishiriladi, sovitilib, tozalanib, yarmi tilim-tilim, qolgani parrak-parrak shaklida kesiladi. Baliq qaynatmasida oq sardak tayyorlanadi. Pishloq qirg'ichda qiriladi. Baliq filesi terisi bilan suyaksiz qirqiladi. Yog'langan porsiyali tovaga biroz sardak quyib, o'rtasida baliq filesi, uning atrofiga awal tilim-tilim shaklida kesilgan kartoshka terilib, baliq usti ham berkitiladi va qolgan sardak quyilib, uning ustidan to'g'ralgan pishloq yoki urvoq sepiladi va ustidan eritilgan sariyog' purkaladi. Porsiyali tovadagi mahsulot qovurish shkafida qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi. Bunda sardak qurib qolmagan yoki to'liq qaynab ketmagan bo'lishi faqat biroz quyuqlashishi mumkin.
Taom 15—20 minut yopilganda so'ng shkafdan olinib, 3—5 minut plita ustida qizdirilib iste'molga tayyor holga yetkaziladi. Tayyorlangan taom tovasi bilan iste'molga tortiladi.
Daryo okuni 174 g, yoki treska 161 g, yoki sudak 239 g, yoki хек 254 g, kartoshka 206 g, sardak 125 g, pishloq 5,4 g, yoki urvoq 4 g, oshxona margarini yoki sariyog' 11 g. Sof og'irligi 350 g.
Sut sardagida yopilgan baliq. Porsiyaga bo'laklanib tayyorlangan baliq filesi dimlanib, yuzaki pishiriladi. Pishirilgan makaron sariyog' bilan aralashtiriladi. O'rtacha quyuqlikda sut sardagi tayyorlanadi va jazlangan piyoz qo'shib, bir qaynatiladi. Pishloq po'stlog'I tozalanib, qirg'ichda qiriladi. Yog' surtilgan porsiyali tovaga makaron solinadi, o'rtasi yopilib, baliq ko'miladi va makaron ustidan sut sardagi quyiladi, uning ustidan qirilgan pishloq sepilib, eritilgan sariyog' purkaladi. Qovurish shkafida qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha saqlanadi va iste'molga tayyor bo'lgan zahoti tarqatiladi.
Qo'ziqorinli smetana sardagida moskvacha yopilgan baliq. Porsiyalanib kesilgan baliq asosiy usulda qovuriladi. Po'sti bilan chala pishirilgan kartoshka sovitilib, po'sti tozalanadi, parrak-parrak shaklida kesilib, ikki yoqlama qovuriladi. Qo'ziqorin pishirilib, tmm-tilim shaklida kesilib, qovuriladi. Bosh piyoz somoncha shaklida to'g'ralib, yumshaguncha jazlanadi va tayyorlangan qo'ziqorin bilan aralashtiriladi. Po'stlog'i tozalangan pishloq qir-g'ichda qiriladi. Smetana sardagi tayyorlanadi.
Yog'langan porsiyali tovaga biroz sardak solib, o'rtasiga tayyorlangan baliq qo'yiladi, atrofi chiroyli terilgan kartoshka bilan berkitilib, baliq ustidan tayyorlangan piyozli qo'ziqorin qo'yiladi. Agar osyotr oilasidagi baliq bo'lsa, mayda to'g'ralgan pishgan kemirchak suyak qo'shib, ustidan qattiq pishirib doira shaklida kesilgan tuxum qo'yiladi. Tovadagi mahsulot ustidan smetana sardagi quyiladi, qirilgan pishloq sepib, sariyog' yoki margarin eritib purkaladi va 250°C haroratli qovurish shkafiga qo'yilib, qizg'ish qobiq hosil bo'lguncha ushlanadi. Tayyor yoniga kotlet yoki bitochki qo'yib, ustidan sariyog' purkaladi yoki bir chetiga tomatli oq yoki smetana sardagi quyib beriladi. Sardakni alohida sardak idishida bersa ham bo'ladi. Bitochki ustiga tomat sardagi, smetana, piyozli smetana sardagi solib beriladi.
|
| |