Bank aktivlarining daromadliligi tahlili




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/74
Sana17.03.2022
Hajmi1.28 Mb.
#18765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Bog'liq
bank faoliyati tahlili
kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
2.2. Bank aktivlarining daromadliligi tahlili
Bank faoliyatining asosiy pirovard maqsadi daromadni maksimal dara-
jada olishdan iboratdir. Shu nuqtayi nazardan olganda, bank aktivlarining 
daromadliligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bank aktivlari faoliyat natijasida daromad keltirishiga qarab; daromad 
keltiradigan aktivlar va daromad keltirmaydigan aktivlarga bo‘linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarni baholash muhim ahamiyatga ega. Ular 
kredit salohiyatining asosini va bankning ssuda portfelini tashkil etadi.
Daromad tahlili sifat ko‘rsatkichiga nisbatan miqdor ko‘rsatkichiga 
ko‘proq tegishlidir, shu sababdan u bank faoliyatini baholashda katta ahami-
yatga ega. Bank kapitalini oshirish va kredit potensialini mustahkamlash uning 
mustahkamligiga bog‘liqdir. Bank ning daromadi, asosan, kreditlar bo‘yicha 
foiz stavkasi, kredit qo‘yilmalari hajmi va bank likvidliligiga bog‘liq. 
Bankning daromad keltiradigan aktivlarga:
• barcha turdagi turli xil kreditlar berishga sarfl angan mablag‘lar;
• DQMO va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarga sarfl angan mablag‘lar;
• qimmatli qog‘ozlar, lizing va faktoring operatsiyalri va boshqalar kira-
di.
Bank aktivlarining asosiy qismini, odatda mijozlarga beriladigan kreditlar 
va banklararo kreditlar tashkil etadi. Bank amaliyotida bank krediti, bank ola-
digan daromadlarning asosiy qismini ta’minlaydi. Bank krediti iqtisodiyotda 
kredit munosabatlarining keng tarqalgan shakli bo‘lib, bunda pul mablag‘lari 
kredit obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki bankda daromad keltiruvchi aktivlar katorida kreditlardan 
tashqari, qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasiga jalb qilingan mablag‘lari ham 
mavjud. Albatta ushbu aktivlarning ham tarkibini o‘rganib chiqish muhimdir. 


20
Aktivlarning maqsadga muvofi q joylashishi bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich bu 
daromad keltiruvchi aktivlarning umumiy aktivlar summasiga nisbati bilan 
aniqlanadi. Bankning daromad keltiruvchi asosiy aktivlari bu mijozlarga be-
rilgan kreditlardir. Bankning ikkinchi daromad kel tiruvchi aktiv turi bu dav-
latning qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)ga jalb qilingan aktivlardir. 
Banklarning daromad kelti ruvchi aktivlari qatorida banklararo kreditlar va 
investitsiyalar kichik salmoqni tashkil qiladi.
Bankining aktiv operatsiyalarida daromad keltiruvchi aktivlarni 
ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qis-
mini daromad keltirish uchun joylash muhim ahamiyat kasb etadi. Daromad 
keltiruvchi aktivlarning asosiy daromad tarkibi foizli daromadlardir. Foizli 
daromad manbayi kreditlarni bir soha yoki tarmoqqa emas, balki bir nechta 
tarmoqqa joylashtirish kerak. Banklarda daromadlar tarkibini ko‘paytirish 
uchun bank
daromad keltiruvchi xizmatlar turini ko‘paytirishi kerak.
Bankning daromad keltirmaydigan aktivlariga quyidagilar kiradi;
• kassadagi naqd pullar va boshqa pul mablag‘lari;
• asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar;
• kapital va boshqa joriy xarajatlar;
• Markaziy bankdagi vakillik va zaxira fondi hisobraqamlar qoldig‘i.
Bank aktivlari xajmida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog‘ini 
yuqori bo‘lishi bankning resurslar bazasidan samarasiz foydalanilganini ifo-
dalaydi.
Bankka daromad keltiruvchi va daromad keltirmaydigan aktivlarni tahlil 
qilish, ularning funksiyalari iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda ular tarkibini 
o‘zgartirib turish kerakligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon bermoqda. Iqti-
sodiy beqarorlik sharoitida faoliyatsiz aktivlarning ko‘pgina qismi faoliyat qila-
yotgan aktivlarning elementlariga aylanadi, ko‘pincha bu valyuta va harakatsiz 
aktivlarga tegishlidir. Bank o‘zlarining balanslari strukturasini doimiy ravishda 
uning daromadliligi nuqtayi nazaridan tahlil qilib borishlari kerak.
2.2-jadval

Download 1.28 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish