Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/74
Sana17.03.2022
Hajmi1.28 Mb.
#18765
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Bog'liq
bank faoliyati tahlili
kompyutur tashkil etishdan xxxxx, 7-guruh, 1448065, Bosma tashqi reklamada kretivlik, Ibtidoiy jamoa tarixi tarix fanining birmuncha yosh sohasi, Kurs ishi mavzusi, Rektifikatsiya haydash Sharipov jahongir, 5-sinf matematika yillik, 7-sinf matematika yillik, 7-8-9 matematika yillik, Balchiq bilan davolash, Хусанов Самандар, T menejment, Gazni qayta ishlash test-2023
2.3. Bank aktivlari risklilik darajasi tahlili
Aktiv operatsiyalar uchun risk darajasi muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumki 
ko‘pgina banklar katta foyda izidan quvib, likvidlilikni esdan chiqaradi. Bu 
yo‘nalishda ularga o‘z mijozlarining moliyaviy holatini chuqur o‘rganish va 
to‘lovga qobiliyatlilik darajasini tahlil qilishni tavsiya qilish mumkin.
Bank risklari aktivlarning qiymatini oshishi yoki pasayishiga sabab 
bo‘ladi. Xalqaro Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan aktivlarni riskka 
tortish tizimi Xalqaro standartlar sifatida qabul qilingan. Aktivlarning shka-
lasi bo‘yicha riskka tortishda ularni quyidagicha guruhlash mumkin:
1. Risksiz, ya’ni risk darajasi nolga teng bo‘lgan aktivlar. Bunday aktiv-
larga kassadagi pul mablag‘lari, Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisob 
varag‘idagi mablag‘lar, hukumatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari, 
Markaziy bankka qayta hisobga olinadigan trattalar kiradi.
2. Risk darajasi 10 % ga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunday aktivlarga hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlari, hu-
kumat tomonidan kafolatlangan obligatsiyalar kiradi.
Ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lov summasi kafolatlangan. Lekin 
uzoq muddat davr mobaynida qimmatli qog‘ozlar bozorida kurs oshishi mum-
kin. Bunday sharoitda hukumatning uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlarining 
daromadlilik darajasi pasayadi.
3. Risk darajasi 20 % ga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunday aktivlar toifasiga bankning boshqa banklardagi «Nostro» vakillik 
hisobvarag‘ining qoldig‘i, inkassatsiya jarayoniga qo‘yilgan pul mablag‘lari 
kiradi.
4. Risk darajasi 50 % ga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunga ipoteka bilan ta’minlangan ssudalar, boshqa bankning qimmatli 
qog‘ozlari kiradi. Bularga 50 % risk darajasini berilishiga sabab, banklar 
boshqa tijorat strukturalariga nisbatan yuqori likvidlik va to‘lovga qobillikka 
ega bo‘lgan muassasalar hisoblanadi. Shu sababli ularga korxona va tashki-
lotlarning qimmatli qog‘ozlariga qaraganda past risk beriladi.
5. Risk darajasi 100 % ga teng bo‘lgan aktivlar:
Bunday aktivlar toifasiga korxona va tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlari, 
mijozlarga berilgan ssudalar, bankning asosiy vositalari kabi aktivlar kiradi.


25
Aktivlarning risklilik darajasi inobatga olingan miqdoridan bank bank 
kapitalining yetarlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.
Mijozlarga berilgan ssudalarga 2 xil risk uchraydi: a) kreditni qaytmaslik 
riski; b) foiz riski.
Bank aktivlarining barchasi riskga moildir. Ushbu risklarni aniqlash va 
mavjud bank to‘g‘risidagi qonunchiligidan hamda har bir bankning o‘zining 
olib borayotgan siyosatidan kelib chiqib ushbu risk larni me’yorida saqlashni 
ta’minlash kerak. Bank aktivlarining tarkibini o‘rganib olinadigan natijaga 
qarab turli xil risklarni tahlil qilish mumkin. Foiz riskini aktivlarning tu-
zilishiga qarab, daromadliligiga qarab aniqlash mumkin. Ammo bank ishida 
asosiy risk bu aniq operatsiyalar bo‘yicha mablag‘larni yo‘qotishdir. Shuning 
uchun ham ushbu risklarni kamaytirish uchun aktivlarning tuzilishini chuqur 
o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Bank aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda tutadi 
va har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog‘liqdir. U bank faoli-
yatida daromadni oshirish va risk larni chegaralashga yo‘naltirilgan. Shuning
uchun aktivlarni boshqarishning moliyaviy jihatdan asosiy maqsadi:
• uning daromadini oshirish;
• faoliyatidagi risklarni pasaytirish;
Shuningdek, u uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham muhim rol 
o‘ynaydi. Bank aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni tasnif-
lash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktiv larni baholash zarur. Aktivlarni 
andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasnifl ash tizimi barcha 
aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar 
ko‘rish hollariga mo‘ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkonini be-
radi. Asosan uzoq muddatli ssudalar, naqd pullar va vakillik hisobvaraqlari, 
ssuda va boshqa aktivlar holatiga e’tibor qaratiladi.
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidli-
lik nuqtayi nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalari-
dan ma’lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-
qarshidir. Likvidlilik va uning da romadliligi o‘rtasidagi aloqadorlik tahlili
likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon be-
radi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‘rsatilgan qarama-
qarshilikni muvofi qlashtirishga va bank faoliyatining aso siy maqsadi bo‘lgan 
foyda olishga erishishga olib keladi.
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalroq 
o‘rganish uchun quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash muhimdir:
tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kredit-
lar bo‘yicha umumiy kredit qoldig‘ini hisoblash;


26
• berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ular-
ning umumiy qarzdagi salmog‘i bo‘yicha hisoblash;
• ssudalarning o‘rtacha foiz stavkalarini hisoblash;
• umumiy ssudalarning ichida muddati o‘tgan qarzlarning salmog‘i 
bo‘yicha hisoblash.
• bank tamonidan berilgan eng katta kreditlarning hajmini hisoblash;
• berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‘riqnomalariga 
javob berishini hisoblash;
• aktivlardan foydalanish samaradorligi;

Download 1.28 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish