|
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi Pdf ko'rish
|
bet | 74/134 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 10,51 Mb. | | #103795 |
Bog'liq portal.guldu.uz-kompyuter GrafikasiRanglar modellari. RGB modeli. Rang modeli piksel rangi bilan
aniqlanadi. Faqat RGB modelini ko‘rib o‘tamiz – chunki, hozirgi kunda eng
ommabop va qulay bo‘lib, asosan rangni monitorga uzatish uchun mo‘ljallangan.
Agar uni soddaroq izohlasak, har bir piksel uch xil rangdan tarkib topgan: Red,
Green, Blue. Barcha qo‘llaniladigan ranglar majmuasi har bir kanal yorqinlik
darajasiga ega bo‘lganligi sabab hosil qilinadi. Ular 0 dan 255.0 gacha mavjud
bo‘lib– eng minimal yorqinlik Ushbu rangning pikselda bo‘lmasligi bilan
izohlanadi, eng maksimali - 255. Ya’ni R0G0B0 ko‘rinishda izohlangan piksel
qora rangni, R255G255B255 – esa oppoq rangni bildiradi.
Qavat. Photoshop dasturi turli qavatlar bilan ishlashga imkon beradi.
Kompyuter grafikasida qavat tushunchasi nimani anglatishini bilsangiz, u holda
bir nechta yupqa shisha qoplamalarida chizilgan turli ob’ektlarni ko‘z oldingizga
keltiring. Agar ularni bir-biri ustiga joylashtirsak yangi tasvir hosil qilinadi. Ko‘p
qavatli rasm ham xuddi shu usulda yaratiladi. Qavatlar yuztagacha bo‘lishi
mumkin, ammo odatda buncha ko‘p qo‘llanilmaydi. Biroq, odatda 10-15 qavatdan
iborat tasvir hosil qilinadi.
Ajratish. Ajratilgan qism bilan ishlash– bu Photoshop da ishlashning
muhim amali bo‘lib, uning yordamida ko‘p imkoniyatlar yaratiladi. Ajratilgan
qism – bu muharrirlashtiriluvchi sohani foydalanuvchi ko‘rsatadi. Ajratilgan qism
«harakatlanuvchi chumolilar» ko‘rinishda ko‘rsatiladi, ya’ni harakatlanuvchi
uzuq-uzuq chiziqlar bilan belgilanadi.
Qo‘shimcha kanal, yoki alfa-kanal, ranglar kanaliga bog‘liq bo‘lmasdan,
haqiqiy ajratish shaklidir (aniqrog‘i, uni ko‘rsatish va saqlash), unda ajratilgan
piksellar oq rangda, qora rangda esa – ajratilmagan, qo‘l rangda – qisman
ajratilgan piksellar ko‘rsatiladi. Ammo dastur darajasida barcha belgilanishlar alfa
–kanal hisoblanadi.
|
| |