• Photoshop CS dasturning asosiy ish oynasi va tushunchalari.
  • Menyu satri.
  • Mavzu: № 7. Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/134
    Sana23.11.2023
    Hajmi10,51 Mb.
    #103795
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   134
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

    Mavzu: № 7. Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan 
    ishlash.  
      
    MAQSAD: Talabalarda Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan 
    ishlash bo‘yicha malaka ko‘nikmasini hosil qilish
    ISHNING MAQSADI: Talabalarda Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan 
    ishlash, asosiy tushunchalariga doir ko‘nikmalarni hosil qilish..
    NAZARIY QISM: «Adobe PhotoShop» Windows muhitida ishlovchi Macintosh 
    va IBM PC kompyuterlari uchun mo‘ljallangan elektron ko‘rinishdagi foto 
    tasvirlarni taxrirlovchi programmadir. «Adobe PhotoShop» programmasi Adobe 
    System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi 
    alohida qulayliklari bilan mashxur.
    «Adobe 
    PhotoShop» tasvir taxrirlagichi yordamida fotosuratlarga 
    qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘larni o‘chirish va eski rasmlarni qayta 
    ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan 
    boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, suratdagi 
    ranglarni o‘zgartirish, almashtirish mumkin. «Adobe PhotoShop» imkoniyatlari 
    keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda 
    juda katta qulayliklar yaratadi.
    «Adobe 
    PhotoShop» ayniqsa jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy 
    imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita 
    matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslarning mazkur 
    programma bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib 
    beradi.
    «Adobe PhotoShop» tasvir tahrirlagichi juda murakkab programmadir. 
    Foydalanuvchilar uning asosiy imkoniyatlaridangina foydalanadilanadilar xolos.
    Photoshop CS dasturning asosiy ish oynasi va tushunchalari.
    Bosh oynaning elementlari.  
    Demak, Adobe Photoshop CS dasturini o‘rnatdingiz va ruyxatdan samarali 
    o‘tib, birinchi marta uni ishga tushirdingiz. Ekranda dasturning asosiy oynasi hosil 
    bo‘ladi. Oynaning markazida asosiy ish bajariladigan hujjat o‘rni mavjud bo‘lib, 
    unda grafik fayl ishga tushiriladi.
    Ushbu interfeys Adobe ning barcha dasturlari uchun standart hisoblanadi va 
    Photoshop da interfeysdan foydalangandan so‘ng esa, shu firmaning boshqa 
    dasturlarini o‘rganishda olingan ko‘nikmalarni qo‘llash mumkin.
    Photoshop dasturidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, boshqa 
    dasturlar bilan ham ishlay olmaysiz va natijada uni o‘rganish mushkul ko‘rinadi. 


    151 
    Aslida hecham qiyin emas – balki bir necha vaqt o‘tgandan so‘ng Photoshop 
    muhitida ishlashni o‘rganib olasiz.
    Dasturning asosiy oyna tarkibini ko‘rib o‘tamiz.
     
    Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda 
    butun dunyo bo‘ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo‘lib, Photoshop ham 
    bundan mustasno emas, balki u ham File (fayl) bilan boshlanib Help (yordamchi) 
    da tugaydi.  
     

    Download 10,51 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   134




    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: № 7. Adobe Photoshop dasturining ishchi muhiti bilan

    Download 10,51 Mb.
    Pdf ko'rish