152
Piksel – rastrli (rangli chizilgan) ikki o‘lchovli grafikada tasvirni o‘lchash
birligi. Тasvir tarkibidagi nuqtalar bo‘lib, nuqtalar birin-ketin o‘rnatilib butun
tasvirni hosil qiladi.
Ruxsat etilgan qiymat– bir birlik uzunlikda nuqtalar soni. Тasvirning
asosiy parametrlaridan biri bo‘lib, qanchalik qiymat ko‘rsatgichi yuqori bo‘lsa,
shunchalik tasvir sifati va fayl hajmi oshadi. Odatda, bir santimetrga 72 piksel
qiymati o‘rtacha hisoblanadi, ammo haqiqatda sifatli natijaga erishish uchun,
masalan poligrafiyada, qiymat sezilarli daraja yuqori bo‘lishi lozim.