• Oqsillarning ikkilamchi strukturasi
  • 5-rasm. a-spiral stukturasi va o‘lchamlari 25 6-rasm.
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

     
    4-rasm. 
    RNKazaning birlamchi strukturasi. Qora bilan disulfid bog‘lar
    ko‘rsatilgan
    Disulfid bog‘lari uzilgandan keyin polipeptidlar qisman
    gidrolizlanadi. Bunda fermentlardan foydalaniladi. Proteolitik
    fermentlardan tripsin arginin yoki lizinning karboksil guruhi ishtirokida
    hosil qilgan peptid bog‘larini uzsa, pepsin aromatik (fenilalanin yoki
    tirozin) yoki monoaminodikarbon (aspartat va glutamat) kislotalar hosil
    qilgan peptid bog‘larni uzadi. Hosil bo‘lgan peptidlar aralashmasi ajratib
    alohida analiz qilinadi. Bunda xromatografiya yoki elektroforez
    usullaridan foydalaniladi.
    Oqsillarning ikkilamchi strukturasi
    Polipeptid zanjirining fazoviy konfiguratsiyasiga, 
    α
    -spiral yoki 
    β
    -
    strukturasini hosil qilishi, oqsillarni ikkilamchi strukturasi deyiladi.
    Polipetid zanjirining hamma qismi bir xilda spirallangan bo‘lmay
    oz qismi to‘g‘ri amorf holda bo‘lishi mumkin. Oqsillarning ikkilamchi
    strukturasi polipeptid molekulasining fazodagi konfiguratsiyasini
    (joylashuvini) belgilaydi.


    24
    Oqsil molekulasining ikkilamchi strukturasi hosil bo‘lishida karbonil
    va imid guruhlari o‘rtasida vodorod bog‘lari hosil bo‘lishi ahamiyatlidir.
    Vodorod bog‘lari kovalent bog‘lanishga nisbatan kuchsiz bo‘lib, ular
    sonining ko‘p bo‘lishi natijasida hosil bo‘lgan spiral prujinadek
    mustahkam saqlashga imkon beradi. Oqsilning ikkilamchi strukturasi
    ikki tipga bo‘linadi 
    α−
    spiral, 
    β−
    burmalik (qavat-qavat ko‘rinishida)
    struktura (5-6-rasm).
    5-rasm.
    a-spiral stukturasi va o‘lchamlari


    25
    6-rasm.
    Polipeptid zanjir b-strukturasi
    Polipeptid zanjir 
    α
    -spiral va 
    β
    -struktura ko‘rinishida bo‘lishini
    Poling va mualliflar rentgen struktura analizi yordamida aniqladilar. 
    α
    -
    spiral o‘ng va chap tomonga buralgan holda bo‘lishi mumkin.
    Polipeptid zanjirning 
    α
    -spirallanishida har bir aylanishiga 3,6ta
    aminokislota qoldig‘i to‘g‘ri keladi. Spiral qismining to‘liq takrorlanishi
    18 ta aminokislota qoldig‘idan keyin ro‘y beradi.
    Ularning uzunligi 0,5 nm va 2,7 nmga teng va har bir aminokislota
    qoldig‘i to‘g‘ri keladigan masofa 0,15 nm ga teng. Oqsil molekulasining
    β
    -strukturasi polipeptid zanjiri yonma-yon joylanishi natijasida hosil
    bo‘ladi. Vodorod bog‘lari parallel yoki antiparallel holda joylashgan
    polipeptid zanjirining peptid bog‘lari o‘rtasida hosil bo‘ladi. Natijada
    polipeptid zanjirlari takrorlanib qavatma-qavat bo‘lib joylashadi.
    Oqsillarda alfa-strukturadan 
    β
    -strukturaga o‘tishi mumkin va u holda
    vodorod bog‘lari qayta tuzilishi mumkin. Bu holat sochdagi keratin
    oqsilida kuzatilgan. Agar sochlarni ishqoriy eritmalar bilan yuvilganda
    oqsilning strukturasi buziladi. 
    β
    -keratin alfa-keratinga aylanadi.
    Oqsilning ikkilamchi strukturasi (
    α
    -spiral va 
    β
    -struktura) qizdirish
    natijasida buziladi. Bunda polipeptidlar o‘rtasidagi vodorod bog‘lari
    uzilib, polipeptid zanjiri esa tartibsiz holatga keladi.
    Shunday qilib, oqsilning ikkilamchi strukturasining turg‘unligi
    vodorod bog‘lari yordamida ta’minlanadi. Bundan boshqa bog‘lar
    (disulfid bog‘idan tashqari) ishtirok etmaydi. Ko‘pchilik oqsillarda bir
    vaqtda 
    α
    -spiral va 
    β
    -strukturali qismlari bo‘ladi.


    26
    Oqsillarning
     biologik xususiyatlari (ferment, gormon, antitela,
    antigen va boshqalar) ularning ikkilamchi va uchlamchi strukturalariga
    bog‘liq bo‘lib, ular nativ konformatsiyasi deb ataladi. Oqsil
    molekulasining uchlamchi strukturasi funksional konformatsiyani
    saqlaydi, uni akad. V.A. Engelgard intramolekulyar axborot deb
    nomlagan.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish