20
Hozirgi vaqtda oqsillarning to‘rt xil struktura darajasi borligi
aniqlangan:
Birlamchi strukturasi.
Ikkilamchi strukturasi.
Uchlamchi strukturasi.
To‘rtlamchi strukturasi.
Oqsillarning birlamchi strukturasi
Oqsillarning birlamchi strukturasi deb, aminokislotalarni polipeptid
zanjirida ketma-ket joylanish tartibiga aytiladi. Oqsilning birlamchi
strukturasi aminokislotalarning sifat va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Birlamchi struktura asosini peptid bog‘lari tashkil etadi.
Peptid bog‘larining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ya’ni ulardagi
hamma atomlar bog‘larining bir tekislikdaligi bo‘ladi (3-rasm, a, b).
Ular ikki xil shaklda, ya’ni keto- hamda yenol- shakllarida bo‘ladi.