-jadval Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtasi




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

4-jadval
Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtasi
Pepsin
1,0
Tuxum albumini
4,6
Ureaza
5,0
Gemoglobin
6,8
Mioglobin
7,0
Ximotripsinogen
9,5
Sitoxromoksidaza
10,65
Lizotsim
11,0
Oqsillar kimyosida «oqsillar izoion nuqtasi» degan tushuncha bor.
Oqsil eritmasi molekulasidagi ionlangan aminokislota qoldiqlari va suv
dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlardan boshqa ionlarni
saqlamasa oqsil eritmasi 
izoion
deb ataladi. Oqsilni boshqa ionlardan
tozalash uchun uni anion va kation almashinuvchi kolonkalardan
o‘tkaziladi. Ushbu oqsilning izoion nuqtasi deb shu oqsil izoion
eritmasining pHiga aytiladi: [H]
+
+ [P]Z=[OH]
-
, bunda [P]- oqsil molyar
konsentratsiyasi, Z – molekulaning o‘rtacha zaryadi. Bu tenglamaga
ko‘ra, oqsilning izoion nuqtasi uning konsentratsiyasiga bog‘liq.
Oqsillar zaryadiga qarab elektr maydonida turli qutblarga
harakatlanishiga 
elektrofez
deyiladi. Elektrofez yordamida oqsillar
aralashmasidagi oqsillarni (aminokislotlarni) bir-biridan ajratish
mumkin.
Eritmadagi oqsil molekulalari neytral bo‘lsa tuzlarning yuqori
konsentratsiyali eritmalari ta’sirida o‘zining suv qobig‘ini yo‘qotib
cho‘kmaga tushiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani toza erituvchida yarim
o‘tkazgich membrana orqali ajratib olish mumkin va shundan so‘ng
tuzdan ajralgan oqsil qaytadan eriydi.
Tuzlar eritmasi ta’sirida oqsillarning cho‘kishini ularni 
tuzlanishi
deyiladi. Tuzlar yordamida oqsillar cho‘ktirilganda oqsillarni fizik va
biologik xossalari saqlanib qoladi. Shu xossasidan foydalanib
aralashmalardan toza holda oqsillarni ajratib olinadi. Albuminlar
ammoniy sulfat tuzining to‘la to‘yingan eritmasida cho‘kmaga tushadi.
Globulinlar esa yarim to‘yingan ammoniy sulfat eritmasida cho‘kadi.
Tuzlash usuli bilan oqsillar fraksiyalarini ajratib olish farmatsiya
sanoatida keng qo‘llanadi.


19

Download 4,12 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtasi

Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish