32
Klinik laboratoriyalarda qon zardobidan
globulin oqsillarini
ammoniy sulfatning yarim to‘yingan eritmasi, albumin oqsillarini
to‘yingan eritmasi yordamida ajratib olinadi. Tuzlar bilan oqsilni
cho‘ktirishda oqsilning tabiati tuzlarning
konsentratsiyasi hamda
eritmani pH va temperatura ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dializ usuli
Yuqori molekulali moddalarni past molekulali moddalardan yarim
o‘tkazgich membranalar yordamida ajratish usuliga
dializ
deyiladi.
Dializ usuli kolloid zarrachalarni yarim o‘tkazgich membranalardan
o‘tmasligiga asoslangan. Yarim o‘tkazgich membranalarga kollodiy,
sellofan, pergament qog‘ozlari misol bo‘ladi.
Inson va hayvon organizmida buyrakdagi Boumen – Shumlyanskiy
kapsulasining pardalari ham yarim o‘tkazuvchandir.
Dializ uchun
ishlatiladigan asbobni
dializator
deyiladi. Oddiy dializator sifatida
kollodiy va sellofan qopchasi ishlatiladi. Cho‘ktirib ajratilgan oqsil
cho‘kmasini kollodiy yoki
sellofan xaltachasiga joylab, distillangan suv
solingan idishga tushiriladi. Bunda vaqt o‘tishi bilan kichik molekulali
moddalar (tuzlar) xaltacha tashqarisidagi distillangan suvga chiqadi.
Oqsil esa yarim o‘tkazuvchi parda teshikchalaridan o‘tolmaydi va
xaltacha ichida qoladi.
Oqsillar aralashmasini ion almashuvchi, adsorbsiyalovchi
xromatografiya, gelfiltratsiyalash va afin
xromatografiya yordamida
ham fraksiyalarga ajratiladi.