34
fraksiyaga ajratish mumkin. Qog‘ozda o‘tkaziladigan elektroforezdan
tashqari hozirgi vaqtda kraxmal geli, poliakrilamid va sellyulozada
oqsillarni elektroforez yordamida fraksiyalarga bo‘lish va ajratish
mumkin.
Filtr qog‘ozi o‘rniga yuqorida ko‘rsatilgan moddalar elektroforezda
ishlatilganda qon zardobi oqsillarini ko‘proq fraksiyalarga ajratish
mumkin. Masalan: kraxmal gelida 10 ta, poliakrilamid gelida 18 ta oqsil
fraksiyalarini olish mumkin. Elektroforez yordamida ajratilgan oqsilni
aniqlash uchun qog‘oz va gellar bromfenol yoki 10 V amid qora bo‘yog‘i
bilan va boshqa oqsil bilan rang beruvchi reaktivlar bilan ishlanadi.
Oqsil strukturasini o‘rganish usullari
Oqsillarni gomogen holda ajratib olish ularning birlamchi,
ikkilamchi, uchlamchi va to‘rtlamchi strukturasini o‘rganishga
imkoniyat tug‘diradi. Oqsilning aminokislota tarkibini aniqlash uchun
oqsil to‘la aminokislotalargacha gidroliz qilinadi va analizatorlar
yordamida aminokislotalar tekshiriladi.
Oqsilning ikkilamchi strukturasini esa izotop almashinish usuli,
ultrabinafsha va infraqizil spektrosko‘p usullari yordamida aniqlanadi.
Bu usullar polipeptid zanjirni spirallanish darajasini aniqlashga
imkoniyat beradi. Oqsilning uchlamchi va to‘rtlamchi strukturasi –
elektron mikrosko‘p va rengenostruktur tahlil yordamida aniqlanadi.