• 6. Struktur funksiya.
  • 7. Gormonal funksiya.
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    4. Himoya funksiyasi.
    Organizmda asosan himoya funksiyasini
    immun sistemasi bajaradi. U organizmga tushgan bakteriya, toksin yoki
    viruslarga qarshi himoya oqsil – qarshi tanachalarning sintezini
    ta’minlab beradi.
    5. Qisqarish funksiyasi.
    Mushakning qisqarish va bo‘shashish
    jarayonida juda ko‘p oqsillar ishtirok etadilar. Lekin bu muhim jarayonda
    asosiy rolni aktin va miozin – mushak to‘qimasining spetsifik oqsillari
    o‘ynaydilar.
    6. Struktur funksiya. 
    Struktur vazifani bajaruvchi oqsillar odam
    organizmidagi boshqa oqsillarga nisbatan o‘z miqdori jihatidan birinchi
    o‘rinni egallaydilar. Ularga biriktiruvchi to‘qima kollageni, soch, tirnoq
    va teridagi keratin, qon tomir devoridagi elastin va boshqalar kiradi.
    Uglevod va lipidlar bilan oqsillarning hosil qilgan kompleksi katta
    ahamiyatga ega.
    7. Gormonal funksiya.
    Organizmdagi modda almashinuvi turli
    mexanizmlar yordamida boshqariladi. Bu boshqaruvda ichki sekretsiya
    bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlar asosiy o‘rinni egallaydi.
    Ko‘pchilik gormonlar oqsil yoki polipeptid tabiatiga egadirlar (gipofiz,
    oshqozon osti bezi gormonlari).


    36
    Lekin bu sanab o‘tilgan funksiyalar oqsillar bajaradigan barcha
    funksiyalar emas, haqiqatda oqsillar bajaradigan funksiyalar juda
    ko‘pdir. Hayvonlar to‘qima va a’zolari oqsilga boydir. Ko‘pchilik
    bu oqsillar suvda yaxshi eriydilar. Lekin tog‘ay, soch, tirnoq, suyak
    to‘qimasidan ajratilgan suvda erimaydigan ba’zi organik moddalar
    ham oqsillar guruhiga kiritilgan, chunki ular o‘zining kimyoviy
    tarkibi bo‘yicha mushak to‘qimasi, qon zardobi, tuxum oqsillariga
    yaqin.
    Oqsillar mushak, o‘pka, qora taloq, buyrak quruq massasining
    70-80%ini, odam tanasi quruq vaznining 45%ni tashkil etadi. Hayvon
    to‘qimalaridan farqli ravishda o‘simliklarda oqsillar kam saqlanadi.
    Oqsillarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va xususiyatlarini
    o‘rganish uchun odatda ularni suyuq to‘qimalar yoki oqsilga boy
    bo‘lgan hayvon a’zolaridan, masalan: qon zardobi, sut, mushak, jigar,
    teri, soch, tirnoqdan ajratiladi.
    Oqsillar molekula shakliga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1. Globulyar oqsillar – suvda yaxshi eruvchan.
    2. Fibrillyar – suvda erimaydigan oqsillar.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish