38
6-jadval
Odam va har xil hayvon insulinining B-polipeptid zanjiri C-oxiridagi
aminokislotalar qoldig‘i
Turlar Aminokislotaning C-oxiri
Odam
Tre
Quyon
Ser
Cho‘chqa
Ala
Qo‘y
Ala
Ot
Ala
Oqsillarning birlamchi strukturasidagi
farqi elektroforez,
xromatografiya usuli yordamida aniqlanadi. Oqsillarning fermentlar
(tripsin, ximotripsin) yordamida qisman gidroliz qilingandan so‘ng
gidrolizatdagi peptidlar avvalo, elektroforez
usuli yordamida guruhlarga
ajratiladi. So‘ngra bu peptid guruhlari xromatografiya usuli bilan
individual peptidlarga ajratiladi. Elektroforez,
xromatografiya kvadrat
formali filtr qog‘ozida o‘tkaziladi. Shunday qilib, «peptid kartasi»
olinadi. Filtr qog‘ozini organik erituvchidan quritiladi va ningidrinning
atsetondagi eritmasi bilan bo‘yaladi va peptidlarning
binafsha rangli
dog‘lari hosil bo‘ladi. Shunday qilib, «peptid kartalari» hosil bo‘ladi.
Turli oqsil gidrolizatlaridan olingan, «peptid kartalarini»
solishtirib,
ularning birlamchi strukturasidagi farqi aniqlanadi.
Turli oqsillar har xil spetsifikligiga qarab organizmda turlicha
immunologik reaksiyalarda ishtirok etadi.