40
1. Birlamchi struktura.
2. Ikkilamchi struktura: polipeptidlar qisman
α−
spiral va
β−
konformatsiyaga ega bo’lishi.
3. Fibrillyar oqsillarning uch qirrali konformatsiyasi oqsillarning
spetsifik biologik funksiyasini bajarishiga moyildir.
Oqsillarga har xil kimyoviy va fizik omillar ta’sir qilinganda (organik
erituvchilar, siydikchil, detergentlar, pH muhitni o‘zgartirish, yuqori
konsentratsiyali neytral tuzlar eritmasi, merkaptoetilen va boshqalar)
molekula tarkibidagi subbirliklarni dissotsiatsiyalaydi. Ko‘pchilik
oqsillar uchun bu jarayon qaytar bo‘lib dissotsiatsiyalovchi modda
chiqarib yuborilganda, oqsil molekulasi subbirliklari o‘zaro birikib
avvalgi holatiga qaytadi va qayta biologik faollikka ega bo‘ladi. Bu
hodisani oqsil molekulasining o‘z-o‘zidan yig‘ilib tiklanishi
(samosborka) deyiladi.
Tashqi muhit ta’sirisiz o‘z-o‘zidan yig‘ilishiga tamaki mozayika
virusi oqsilini misol qilib ko‘rsatish mumkin. U bir molekula RNK va
2130 oqsil subbirligidan tashkil topgan. Bu subbirliklar RNK zanjiri
atrofida aylanib o‘ralgan bo‘ladi. Detergentlar ta’sirida RNK va oqsil
subbirliklari ajralib ketadi. Agar detergent olib tashlansa ajralgan RNK
va oqsil subbirligi birikib yana oqsilning to‘rtlamchi strukturasi to‘liq
tiklanadi va hamma fizik xossalari, biologik funksiyalari o‘z holatiga
qaytadi.