43
Bradikinin – polipeptid bo‘lib quyidagi tuzilishga ega:
H-Arg-Pro-Pro-Gli-Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-OH
Kallidin – dekapeptid bo‘lib, faol bo‘lmagan plazmin oqsilidan
kininogen hosil bo‘ladi va bradikinindan oxirgi aminokislota qoldig‘i
bilan farq qiladi:
H-Liz-Arg-Pro-Pro-Gli-Fen-Ser-Pro-Fen-Arg-OH
Hamma hayvon to‘qimasida va qisman o‘simliklarda
kichik
molekulali tripeptid glutation ko‘p miqdorda tarqalgan bo‘ladi. Glutation
(
γ
-glutamil-tsistein-glitsin) qaytarilgan va oksidlangan shakllarda
bo‘ladi. Ularni qisqartirilgan
holda quyidagicha GSH, G - S - S - G
yoziladi. Ba’zi peptidlar xotira, qo‘rqish,
uyqu va boshqa hodisalarning
biokimyoviy mexanizmida ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq
neyrpeptidlar ma’lum bo‘lib ular asosan bosh miyada uchraydi. Ularning
ikkita
vakili
enkefalinlar va endorfinlar
deyiladi. Bular metionin-
enkefalin va leytsin-enkefalinga bo‘linadi.
Bu peptidlar asosan C-oxirgi
aminokislota bilan farq qilib, og‘riq
qoldiruvchi ta’siriga ega va ular dorivor modda (preparatlar) sifatida
ishlatiladi. Enkefalinlar – pentapeptidlar bo‘lib, B-lipotrop aminlarni
fragmenti hisoblanadi.
Shunday qilib, oqsillar organizmda juda ko‘p
xilma-xil vazifalarni
bajaradi: organizmning qurilishi va unda sodir bo‘ladigan hamma
biologik jarayonlar albatta oqsillar faoliyati bilan bog‘liq.