• Lipoproteinlar
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet35/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    11-rasm. 
    Protein strukturasi


    56
    bo‘lgan bitta DNK molekulasini saqlaydi. DNP xromosomalarning
    tarkibiy qismi bo‘lgan mononukleosomalar tarkibiga kiradi. Shunday
    qilib, xromatin tarkibiga DNK molekulasi, giston oqsillarning 5 sinfi
    va giston bo‘lmagan oqsillar kiradi. Hayvonlar hujayrasi yadrosida
    DNKning miqdori 6 pg (10
    -12
    g)gacha bo‘ladi. E coli da DNK miqdori
    0,01pgga teng.
    5 sinf giston oqsillari o‘lchami, aminokislota tarkibi va zaryadining
    (doimo musbat) kattaligi bilan farqlanib, quyidagicha belgilanadi:
    H

    – lizinga boy,
    H 2A - arginin va lizinga boy,
    H 2B – arginin va lizinga qisman boy,
    H

    – argininga boy,
    H
    4
    – glitsin va argininga boy.
    Giston bo‘lmagan oqsillarning tabiati yetarli darajada aniqlanmagan.
    Giston bo‘lmagan oqsillar hozirgi vaqtda jadal o‘rganilyapti. Ular
    tarkibiga murakkab oqsillar, fermentlar, shuningdek boshqaruvchi
    oqsillar kiradi. Boshqaruvchi oqsillar o‘z xususiyatlari bo‘yicha
    gistonlardan farqlanib, nordon oqsillar sifatida bo‘ladi.
    Turli nukleoproteinlarda nuklein kislotaning miqdori 40 dan
    65%gacha (masalan, pro- va eukariot ribosomalarida) bo‘ladi. Virus
    nukleoproteinlarida nuklein kislota miqdori umumiy massaning 2-5%ni
    tashkil etadi.
    Hozirgi vaqtda yadro xromatini (DNP), ribosomalar va virus
    nukleoproteidlari molekula usti kompleksi yoki strukturalar sifatida
    ko‘rilmoqda.
    Lipoproteinlar
    Oxirgi yillarda lipoproteinlar (LP) kimyoviy tabiati va strukturasini
    o‘rganish bo‘yicha ma’lum natijalarga ega bo‘lingan. Bu sinf murakkab
    oqsillar, oqsil va lipiddan tashkil topgan prostetik guruhdan iborat.
    Xususan, lipoproteinlar tarkibida neytral yog‘lar, erkin yog‘ kislotalari,
    fosfolipidlar va xolesterin topilgan. Lipoproteinlar tabiatda keng
    tarqalgan: o‘simliklarda, hayvon to‘qimalarida va mikroorganizmlarda,
    ular turli biologik funksiyalarni bajaradilar. Ular hujayra membranasi,
    hujayra ichidagi yadro, mitoxondriya, mikrosoma biomembranalarida,
    shuningdek, erkin holatda uchraydilar (asosan qon zardobida). Bulardan
    tashqari lipoproteinlarga o‘pka to‘qimasining tromboplastik oqsili, tovuq
    tuxumi sarig‘idagi lipovitellin, sutning ba’zi fosfolipidlari va boshqalar
    kiradi. Lipoproteinlar miyelin qobiqlar, nerv to‘qimasi, xloroplastlar,
    fotoretseptor va elektron-transport sistemalar, ko‘z to‘r pardasi tayoqcha
    va kolbochkasi va hokazolarning hosil bo‘lishida qatnashadi.


    57
    Ko‘pchilik LP jigarda yoki ichak shilliq qabatida sintezlanadi. Ular
    polyar lipidlar va apooqsillar deb nomlangan oqsil bilan o‘ralgan
    gidrofob lipid yadrodan iborat. 8 tur apooqsillar tafovut etiladi: apo –
    AI, AII, B, CI, CII, CIII, D va E. Odatda, LP 5%gacha uglevodlar
    saqlaydi (glyukoza, galaktoza, geksozamin, fukoza, sial kislota), shuning
    uchun, ularning ba’zilari glikoproteinlardir.
    Qon zardobi lipoproteinlari elektroforetik harakatchanligi va
    ultratsentrifugalashdagi zichligi bo‘yicha alohida sinflarga bo‘linadilar.
    Zichligi past (ZPLP), zichligi juda past (ZJPLP), zichligi yuqori (ZYLP),
    zichligi juda yuqori (ZJYULP) va oraliq zichlikka ega (OZLP)
    lipoproteinlar tafovut etiladi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish