• Immunoglobulinlar.
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Interferonlar. 
    Interferonlar ko‘pchilik turdagi viruslar
    ko‘payishining ingibitorlaridir. Kashf qilingan bir necha tur interferonlar
    (
    α

    β

    γ
    ) mavjud. Ularning ba’zilari gen injeneriyasi usulida olingan.
    Ular murakkab bo‘lmagan oqsillar bo‘lib, turli hayvon va odamda
    molekulyar og‘irligi 25000 dan 38000-40000 gacha bo‘ladi. Ular
    hujayrada virus nuklein kislotasining kiritilishiga javoban hosil bo‘lib,
    virus agressiyasini (infeksiya) chegaralaydi. Turga xos 
    α−
    interferonlar
    guruhi makrofaglarda sintezlanadi, 
    γ
    -interferonlar esa T-hujayralarda


    61
    hosil bo‘lib, interleykin-2 bilan stimullanadi. 
    γ
    -interferon o‘z navbatida
    makrofag, T-hujayra va tabiiy killer – hujayralarning sitotoksik faolligini
    oshiradilar. Interferonlar antiproliferativ faollikga ega va ular nafaqat
    virus infeksiyasi uchun, balki saratonga chalinganda ham asosiy himoya
    oqsili hisoblanadilar.
    Lekin hozirgi vaqtgacha interferonlar viruslarining ko‘payishini
    tormozlaydigan molekulyar mexanizmlar aniqlanilmaganligini ko‘rsatib
    o‘tish kerak. Interferonlarning barcha oqsillar (ham xo‘jayin, ham virus)
    sintezini translyatsiya bosqichida ingibirlashi ma’lum. Ehtimol
    interferonlar maxsus ingibitor-oqsil sintezini ingibirlaydi, u so‘ngra
    ribosomalar bilan bog‘lanib, translyatsiya jarayonini to‘xtatadi, yoki
    interferon faol eukariotik oqsil initsiatsiya omillaridan birini fosforillash
    yo‘li bilan faol bo‘lmagan omilga aylantiradi.
    Immunoglobulinlar.
    Immunoglobulinlar, yoki qarshi tanachalar,
    glikoproteinlar sinfiga kirib himoya vazifasini bajaradi, organizmga
    tushayotgan yot moddalar – turli kimyoviy tabiatga ega bo‘lgan
    antigenlarni zararsizlantiradi. Immunoglobulinlar limfotsitlardan hosil
    bo‘lgan plazmatik hujayralarda sintezlanadi. Immunitet haqidagi
    ta’limot mustaqil immunologiya fani sifatida shakllandi, antitelolar va
    xususan immunoglobulinlar strukturasi va funksiyasini o‘rganadi.
    Immunoglobulinlarning 5 sinfi: IgG, IgM, IgA, IgD va IgE tafovut
    etiladi (9-jadval). IgGning strukturasi va funksiyasi to‘liq o‘rganilgan.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish