|
Biokimyo pmdBog'liq Sobirova-R.A-biokimyoMetalloproteinlar
Metalloproteinlarga oqsildan tashqari qandaydir, bir yoki bir nechta
metall ionlari saqlovchi biopolimerlar kiradi. Bunday oqsillarga gem
bo‘lmagan temir saqlovchi oqsillar, shuningdek, murakkab oqsil-
fermentlar tarkibida metall atomlari bilan koordinatsion bog‘langan
oqsillar kiradi.
Birinchi guruh oqsillarning tipik vakili bo‘lib, ferritin, transferrin
va gemosiderin hisoblanadi.
Ferritin
– yuqori molekulali suvda eruvchi oqsil bo‘lib, molekulyar
og‘irligi 400000, unda temir 17 dan 23% gacha bo‘ladi (o‘rtacha 20%).
U asosan, qora taloq, jigar, miya ko‘migida bo‘lib, organizmda temir
deposi vazifasini bajaradi. Ferritinda oqsil oksidlangan holatda
noorganik temir saqlovchi birikma tarkibida (FeO·OH)
8
·(FeO·O·PO
3
H
2
)
bo‘ladi. Ba’zida fosfat saqlovchi noorganik polimer zanjirlar oqsil qismi
peptid zanjirlari o‘rtasida joylashadi (apoferritin deb atalgan), temir
atomlari esa peptid guruhlaridagi azot atomlari bilan koordinatsion
bog‘lanadi.
Transferrin
– suvda eruvchi temirprotein (mol.og‘irligi 90000),
glikoprotein, qon zardobidagi
β−
globulinlar tarkibida aniqlanadi.
Undagi temirning miqdori 0,13%ni tashkil etadi. Temir atomi oqsil bilan
tirozin gidroksil guruhlari ishtirokida koordinatsion bog‘yordamida
bog‘lanadi. Transferrin molekulasi 2 atom temir saqlaydi; transferrin
organizmda temirning fiziologik tashuvchisi hisoblanadi.
Gemosiderin
– ferritin va transferrindan farqli suvda erimaydigan
oqsil kompleksi hisoblanib, 25% nukleotid va uglevodlardan tarkib
topgan. U asosan jigar va qora taloq retikuloendoteliotsitlarida saqlanadi.
Gemosiderinning biologik ahamiyati yetarli darajada o‘rganilmagan.
Ikkinchi guruh metalloproteinlarga bir qator fermentlar kiradi:
metallofermentlar – oqsil qismi metall ionlari bilan bog‘langan
fermentlar (tozalanganda metall ferment bilan bog‘langan holda qoladi);
metall ionlari bilan faollanuvchi fermentlar, ular metall ionlari bilan
bo‘shroq bog‘langan, lekin o‘zining faolligi – reaksion muhitga ma’lum
metall qo‘shilganda namoyon qiluvchi fermentlar kiradi. Kataliz davrida
metallning ta’sir mexanizmi o‘xshaydi; metall ionlari uch tomonlama
kompleks hosil qilishda qatnashadi: ferment faol markazi – metall –
substrat (Å-M-S), yoki M-Å- S, yoki E- S-M. Ko‘p fermentlar aktiv
markazida metallni bog‘lashda gistidin imidazol guruhi qatnashishi
isbotlangan.
|
| |