Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi
DNK tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun
birinchi marotaba E. Chargaff (1949-y.) tomonidan aniqlangan va
keyinchalik «Chargaff qoidalari», deb nomlangan azot asoslari
miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar muhim ahamiyatga egadir.
Turli manba’lardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi tekshirilganda
quyidagilar aniqlandi.
1.
Purin va pirimidinlar molyar qismi tengdir:
A+G=S+T yoki A+G\S+T=1
2.
Adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga
tengdir:
A+S=G+T yoki A+S\G+T=1
3.
Adenin miqdori timin miqdoriga teng, guanin miqdori esa
sitozin miqdoriga teng:
A=T va G=S; A\T=1; G\S=1
4.
Bundan tashqari spetsifiklik koeffitsiyenti o‘ziga xos bo‘lib,
u G+S\A+T nisbati bilan belgilanadi. Hayvonlar va ko‘pchilik
o‘simliklar uchun koeffitsiyent 1 dan past (0,54-0,94),
mikroorganizmlar uchun esa 0,45-2,57 oralig‘idadir.
A.N. Belozerskiy va uning o‘quvchilari olgan natijalarga asosan
tabiatda AT-tur DNK (xordali va umurtqasiz hayvonlarda, yuqori
o‘simliklarda, ba’zi bakteriya, zamburug‘li organizmlarda) va GS-


67
tur DNK (aktinomitsetlar, ba’zi bakteriya va viruslar) mavjudligi
ko‘rsatilgan.
Monomer molekulalar nuklein kislotalarning strukturali birligi
hisoblanadi va ular mononukleotidlar deb ataladi. Demak, nuklein
kislotalar polinukleotidlardir. Mononukleotidlar uchta spetsifik
komponentlardan tarkib topgan: azot asosi, uglevod, fosfat kislota,
bunda uglevod o‘rta o‘rinni egallaydi. Azot asosini uglevod bilan hosil
qilgan birikmasi nukleozid deb ataladi, mononukleotiddan ishqor yoki
spetsifik ferment – nukleotidaza ta’sir etishi natijasida gidrolitik yo‘l
bilan hosil bo‘ladi.
Nuklein kislotalar molekulalaridagi mononukleotid murakkab efir
bog‘i bilan birikkandir. Bu bog‘ bir mononukleotidlarning fosfat qoldig‘i
bilan boshqa mononukleotid pentoza qoldig‘ining 3-gidroksil guruhidan
hosil bo‘lgan (3’,5’-fosfodiefir bog‘) (13-rasm).
Shunday qilib, nuklein kislotalar nukleozidmonofosfatlarning
chiziqli polimerlari – polinukleotidlardir. Polinukleotidning uchlari
tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi: bir uchida erkin 5-fosfat guruhi
(5-uchi) bo‘lsa, ikkinchi uchida erkin 3-OH-guruh (3-uchi) bo‘ladi.
Turli nuklein kislotalar molekulasidagi mononukleotid
qoldiqlarining soni, nukleotid tarkibi va nukleotid qoldiqlarining
navbatlashib borish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi (aslida asoslarning
navbatlashib borish tartibi bilan, chunki barcha monomerlarning
pentozofosfat qismlari bir xil bo‘ladi). Nuklein kislotalarning birlamchi
strukturasini qisqacha tasvirlash uchun bir harfli nukleozidlar
simvollaridan foydalaniladi: A-adenozin, G-guanozin, S-sitidin, U-
uridin, T-timidin.
Masalan, RNK ning birlamchi strukturasi mana bunday yozuv tarzida
ifodalanishi mumkin:
A - U - A - A - G – U - C - C – C – U - A
DNK strukturasining yozuvi «d» (dezoksi) old qo‘shimchasi bilan
belgilanadi:
d (G –G – S – A – T – A – T – T – G -S-…)
Ana shunday yozuvda chap tomonda 5-uchi, o‘ng tomonda 3
1
-uchi
bo‘ladi, deb mo‘ljallaniladi. Ba’zan polinukleotidlarni bunga qarama-
qarshi tarzda yozishga to‘g‘ri keladi. Bu holda adashmaslik uchun
qo‘shimcha prefikslar qo‘yiladi: (5
1

3
1
) A-U-A-A-G-…- bu o‘rinda
5
1
-uchi chap tomonda; yoki (3
1

5
1
) G-A-A-U-A…-5- uchi o‘ngda
bo‘ladi.


68

Download 4,12 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi

Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish