• NUKLÅIN KISLOTALAR VA OQSILLAR BIOSINTÅZI DNK va irsiyat. DNK biosintezi (replikatsiya)
  • Ribosomalarning tuzilishi




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Ribosomalarning tuzilishi
    Ribosomalar sedimentatsiya koeffitsiyenti 80S va molekulyar
    massasi 4,5 mln. ga boradigan subhujayra zarralaridir. Ular 2 ta katta
    (60 S) va kichik (40 S) subbirliklardan tashkil topgan. Eritmadagi Mg
    2+
    ionlari konsentratsiyasi 0,1 mM gacha pasayganda 80 S – zarra
    subbirliklarga parchalanib ketadi. Subbirliklarni har birida RNK va
    oqsillar bo‘ladi. Subbirliklar pH qiymati past bo‘lgan eritmalarda va
    21-rasm.
    Nukleosoma


    detergentlar ishtirokida tarkibiy qismlarga parchalanadi.
    Subbirliklarning nuklein kislotalari oqsillarni birlashtirish uchun sinch
    vazifasini bajaradi. Katta va kichik subbirliklar tarkibi bilan bir-biridan
    farqlanadi. Umuman ribosoma oqsillar sintezi uchun zarur qurilmadir.
    22-rasm.
    Pro- va eukariotlar ribosomalarning tarkibiy qismlari
    (A-prokariotlar B- eukariotlar)


    IV BOB
    NUKLÅIN KISLOTALAR VA OQSILLAR BIOSINTÅZI
    DNK va irsiyat. DNK biosintezi (replikatsiya)
    DNKning qurilishi, biosintezi va vazifalarini o‘rganish tarixi
    umumbiologik jihatdan muhim bo‘lgan irsiyat muammosining yuzaga
    kelishi va uni hal etish bilan bog‘liqdir.
    XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi genetik hamda
    sitologik tadqiqotlar belgilarning nasldan-naslga o‘tib borishi
    xromosomalarga bog‘liqdir, degan xulosaga olib keldi. Belgilarning
    nasldan-naslga o‘tib borishida xromosomaning ma’lum bir qismi – gen
    bilan o‘tadigan biror irsiy belgini ajratsa bo‘ladi. Organizm barcha
    belgilarining to‘plamiga barcha xromosomalar genlarining to‘plami –
    genotip to‘g‘ri keladi. Belgilarning nasldan-naslga o‘tib borish
    mexanizmining izohi genotip o‘z-o‘zini paydo qilib turadi, degan
    tushunchani ham qamrab oladi. O‘z-o‘zini paydo qilishi natijasida
    hujayra genotipi ikki baravar ortadi va keyingi bo‘linishda qiz
    hujayralarning har biri to‘la genlar to‘plamini oladi. Bu tushuncha mitoz
    jarayonida xromosomalarning ikki baravar ortib, tarqalib borish
    manzarasiga asoslanadi.
    Xromosomalar tarkibida oqsil va DNK bo‘lganligi uchun irsiy
    belgilarning nasldan-naslga o‘tib borishida shu moddalarning qaysi biri
    ishtirok etadi, degan savol yuzaga keldi. XX asrning 40-50-yillarida
    irsiy axborot DNK molekulalari tomonidan nasldan-naslga o‘tib boradi
    degan ko‘pgina tajriba ma’lumotlari paydo bo‘ldi. Bakteriyalarda
    parazitlik qilib yashovchi viruslar – bakteriofaglarning ko‘payishini
    o‘rganish ana shuning yorqin dalillaridan biri bo‘lib xizmat qildi. Ichak
    tayoqchasida ko‘payadigan 14 bakteriofag morfologiyasi ancha
    murakkab bo‘lgan DNK va oqsil pardasidan tuzilgan. Fagning
    ikosaedrik shakldagi boshchasi va ichi kovak silindrga o‘xshash dumi
    mavjud. Boshchasida bitta RNK molekulasi zich bo‘lib joylashgan,
    81


    82
    dumining uchidan oltita ingichka ip chiqib keladi. Dumi qo‘sh devorli
    bo‘lib, kattaroq diametrdagi naycha ichiga kiritib qo‘yilgan naychaga
    o‘xshaydi. Bakteriyaga fag yuqish jarayoni molekulalar ishtiroki bilan
    birma-bir davom etib boradigan murakkab hodisadir. Fag bakteriya
    yuziga dumidagi iplari yordamida birikib oladi. Shunda dumning uchi
    bakteriya pardasida mahkam o‘rnashib qoladi. Fagning bakteriyaga
    birikishi dumidagi iplari va dumi uchidagi oqsillarning bakteriya
    devoridagi moddalar bilan komplementar tarzda o‘zaro ta’sir qilishiga
    asoslangan. Keyin dumining tashqi nayi qisqarib, ichki nayi bakteriya
    pardasi orqali o‘tadi va boshchasidan shu parda orqali bakteriya ichiga
    fag DNKsi «otilib tushadi», ayni vaqtda fagning oqsilli pardasi bakteriya
    yuzasida qoladi. Birmuncha vaqtdan keyin o‘nlab daqiqalar bilan
    o‘lchanadigan bakteriyada endi oqsilli pardasi ham, uning ichida
    joylashgan DNKsi ham bo‘ladigan necha yuzlab fag zarralari topiladi.
    Bu jarayondan fagning tuzilishi to‘g‘risidagi axborotning hammasi
    uning DNKsida bo‘lar ekan degan xulosa kelib chiqadi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish