• Xromatinning tuzilishi
  • DNK bilan RNKni duragaylash




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    DNK bilan RNKni duragaylash
    DNK bilan RNKni
     
    duragaylash (DNK–RNK duragaylash) ham
    xuddi DNK-DNK duragaylash kabi chiqishi mumkin. Bu holda duragay
    molekulasida bitta dezoksiribonukleotid zanjiri va bitta ribonukleotid
    zanjiri bo‘ladi. Bitta organizmning o‘zidan ajratib olingan DNK bilan
    RNK (birlamchi transkriptlar) duragaylanganida mukammal gibridlar
    hosil bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, organizmdagi RNKning
    hammasi shu organizm DNKsiga komplementardir. Bu – DNK turiga
    xosligi to‘g‘risidagi hamma mulohazalar birdek darajada RNKga ham
    taalluqlidir degan ma’noni bildiradi.
    Xromatinning tuzilishi
    Tirik hujayradagi nuklein
    kislotalar nukleproteinlar,
    oqsillar bilan birikkan
    birikmalar shaklida bo‘ladi.
    tRNK gina asosan sitozolda
    erkin erigan holatda topiladi.
    Nukleproteinli asosiy struk-
    turalar xromatin (dezoksiribo-
    nukleoprotein) va ribosomalar (ribonukleoprotein)dir (20-rasm).
    Xromatinning struktura tuzilishi murakkab bo‘lib, to‘la-to‘kis
    o‘rganilgan emas. Hujayra sikliga qarab xromatin holati o‘zgarib turadi.
    Tinchlik fazasida xromatin butun yadro hajmi bo‘ylab bir tekis tarqalgan
    bo‘ladi va odatdagi mikrosko‘pik usullar bilan tekshirib ko‘rilganda
    20-rasm.
    Xromatin tuzilishi


    79
    topilmaydi. Hujayraning bo‘linish fazasida xromatin oddiy
    mikrosko‘pda ko‘rinadigan mo‘jazgina zarralar – 
    xromosomalarni
    hosil qiladi.
    Xromatin massasining taxminan 2\3 qismini
    oqsillar tashkil qilsa, 1\3 qismi DNK dan iboratdir.
    Xromatinda RNK ham bor (10 % gacha).
    Xromatindagi barcha oqsillarning yarmi
    molekulalari uncha katta bo‘lmaydigan oqsillar
    – gistonlardir (molekulyar massasi 11 000 – 22
    000). Gistonlarning xarakterli xususiyati tarkibida
    lizin yoki arginin ko‘p bo‘lishidir; bu narsa ularga
    ishqoriy tabiatni va DNKning kislota gruppalari
    bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatini beradi.
    Xromatinning elektron – mikrosko‘pik
    fotosuratlarida ipga terilgan munchoqlarga
    o‘xshab ketuvchi tuzilmalar ko‘rinib turadi. 5 xil
    gistonlar bir-biridan molekulyar og‘irligi va
    aminokislota tarkibi bilan farq qiladi. Har bir munchoq donasida 8 giston
    molekulasi (H2A, H2B, H3, H4) va shularga o‘ralgan 150 nukleotid
    juftiga yaqin uzunlikdagi DNK bo‘ladi. Bog‘lovchi (speyser) qismda
    H1 giston uchraydi. Ana shunday strukturaga nukleosoma deyiladi.
    DNK molekulalari shu tarzda joylashganida uzun molekulaga qaraganda
    taxminan 7 baravar kichrayadi. Bu DNK joylanishining faqat 1
    darajasidir xolos (21-rasm).
    Odam DNKsi molekulalarining uzunligi santimetrlar bilan
    o‘lchansa (3-5 sm atrofida bo‘ladi), xromosomaning uzunligi atigi bir
    necha nanometr keladi. Demak, xromosomalarning joylanishida
    DNKning qisqarish darajasi necha millionga borishi kerak. Munchoqlar
    nukleosomaning buralib o‘ralishi natijasida hosil bo‘ladi. DNKning
    joylanishining yuqori tartibdagi darajalari yetarlicha o‘rganilmagan.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish