85
Okazaki fragmentlarining sintezi uchun tomizg‘i sifatida qolip
DNKga komplementar bo‘lgan RNKning kichik bo‘laklari zarur. Bu
RNK 5
1
→
3
1
yo‘nalishida ATF, GTF, STF, UTFlardan praymaza fermenti
yordamida hosil bo‘ladi. Odatda RNK-tomizg‘i bir necha ribonukleotid
qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. Keyin ularga DNK-polimeraza III 1000-
2000 dezoksiribonukleotid qoldiqlarini ulaydi va Okazaki fragmentini
hosil qiladi, RNK tomizg‘i DNK polimeraza I ning 5
1
→
3
1
ekzonukleaza
faolligi asosida uzib tashlanadi (24-rasm).
Okazaki fragmenti ortda qoluvchi DNK zanjiriga DNK-ligaza
fermenti yordamida birikadi, reaksiya ATF ni sarflash bilan boradi, ya’ni
DNK-ligaza Okazaki fragmentlarini qolip DNKga komplementar
ravishda bog‘laydi.