• Oqsil molekulalarining shakli va o‘lchami
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    2-rasm.
     
    G-150 sefadeksi yupqa qavatida gel-xromosomalari qochish
    masofasi va ular molekulyar og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
     1-ribonukleaza;
    2-ximotripsinogen; 3-tuxum albumini; 5-g-globin;
    x-noma’lum molekulyar og‘irlikli oqsil
    Dodesilsulfat natriy detergenti ishtirokida elektroforez o‘tkaziladi,
    chunki bu holatda oqsil molekulyar og‘irligi va harakatchanligi o‘rtasida
    to‘g‘ri proporsionallik kuzatiladi. To‘rtlamchi strukturaga ega oqsillar
    bu sharoitda subbirliklarga parchalanadi. Shuning uchun, bu usul oqsil
    subbirliklari molekulyar og‘irligini aniqlash uchun keng qo‘llanilmoqda.
    Yaqinda yangi mass-spektrometrik usul (lazer desorbsion-ionizatsion
    usul) taklif etilgan; u katta bo‘lmagan peptid (vazopressin, insulin) va
    yirik biopolimer molekula va, undan tashqari, biomolekulalar
    strukturasini aniqlashga imkon beradi.


    16
     Oqsil molekulalarining shakli va o‘lchami
    Oqsil molekulalarining shakli ultratsentrifugalash, rentgenstruktur
    analiz asosida yoki elektron mikrosko‘pda aniqlanadi. Tahlillar shuni
    ko‘rsatdiki, oqsil molekulalari har uch o‘lchami bo‘yicha assimetrik
    moddalardir.
    Tabiiy oqsillar molekulasining shakliga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
    globulyar va fibrillyar. Fibrillyar oqsillarning molekulasi ipsimon bo‘lib,
    uzunligi diametriga nisbatan 100 marta ko‘proqdir.
    Globulyar oqsil molekulasi sferik shaklga ega bo‘lib, uning uzunligi
    diametriga qaraganda 3-10 marta ortiqdir. Masalan: elastin oqsil
    molekulasining diametri 70 nm bo‘lib oval shaklda, gemoglobin oqsilini
    diametri 220 nm bo‘lib ozgina cho‘zinchoq shaklda, miozin
    molekulasining diametri 100 nm bo‘lib, uzunligi ming angstremga teng.
    Shunday qilib, miozin oqsili tolasimon bo‘ladi.
    Fibrillyar va globulyar oqsillarining xossasi xar xil bo‘ladi. Ayrimlari
    suvda va tuz eritmalarida eriydi. Ko‘pchilik fibrillyar oqsillar suvda
    erimaydi. Fibrillyar oqsillarga – miozin, ipak, fibrinogen, kollagen va
    elastinlar kiradi.

    Download 4,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish