Endogen oqsillarining to‘qimalarda parchalanishi




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/273
Sana21.05.2024
Hajmi4,12 Mb.
#249242
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   273
Bog'liq
Sobirova-R.A-biokimyo

Endogen oqsillarining to‘qimalarda parchalanishi
Organizmda to‘qima oqsillari doimo yangilanib turadi. Bir sutkada
odam oqsilining 400 g yangilanadi. Oqsillarning yangilanish tezligi
turlichadir: bir necha daqiqadan to 80-120 kungachadir. Shulardan
taxminan 100 g aminokislotalar to‘liq parchalanishga uchraydi.
Toqima oqsillarini gidrolizi to‘qima proteinazalari
katepsinlar
ishtirokida boradi. Ular asosan lizosomalarda bo‘lib, gidrolitik
fermentlar hisoblanadi. Ammo katepsinlar boshqa hujayra
organoidlarida, mitoxondriyalarda, endoplazmatik turda, gialoplazmada
ham uchraydi. Lizosomal katepsinlar kislotalidir, boshqa
qismlaridagilari esa neytral yoki kuchsiz ishqoriydir. Gidrolizga
uchraydigan oqsil apparat Golji va endoprlazmatik turda autofagosomani
hosil qiladi, so‘ng birlamchi lizosoma bilan qoshilib autolizisga uchraydi.
Ularning ta’sirini sitoplazmatik katepsinlar toldirib turadi.
Katepsinlar nafaqat pH muhiti, balki spetsifikligi bilan ham
farqlanadi. Ular ekzo- va endopeptidazalarga bo‘linadi, faol markazning
katalitik guruhiga qarab tiol, asparagin va serinli katepsinlarga bo‘linadi.
Tiol katepsinlarga:
Katepsin B (pH 5,5-6,0), endopeptidaza hujayra ichi oqsillarini
gidrolizlaydi (glikoliz fermentlari, immunoglobulinlar, miofibrill


269
oqsillari, kollagen, gemoglobin) hamda oshqozon osti bezida
proinsulinni insulinga aylantiradi.
Katepsin N (kollagen parchalovchi ferment) endopeptidaza
hisoblanadi va faqat kollagenga ta’sir etadi. Nativ kollagen uchun pH
3,8, eruvchi kollagen uchun esa pH 6,0. Odamning taloq va yoldosh
to‘qimalarining lizosoma va sitoplazmasida topilgan.
Katepsin H endopeptidaza va aminopeptidazadir. Ular asosan
sitoplazmaning suvda eruvchi oqsillarini gidrolizmaydi, pH 6,0-7,0,
uning faolligi odam jigarida yuqoridir.
Katepsin L endopeptidaza, pH 5,0, barcha to‘qimalarda topilgan
va sitoplazmadagi tez almashinadigan oqsillarini gibrolizlaydi.
Katepsin C ekzopeptidaza, pH 5,0-6,0, N-uchidagi bog‘larga ta’sir
etadi. pH 7,0-8,0 atrofida polimeraza faoliyatiga ega.
Katepsin S endopeptidaza, pH 3,0-4,0, taloq va limfatik tugunlarda
topilgan.

Download 4,12 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   273




Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Endogen oqsillarining to‘qimalarda parchalanishi

Download 4,12 Mb.
Pdf ko'rish