267
siklik aminokislotalar yon zanjirlarini parchalashi natijasida (xususan,
tirozin va triptofanni) tegishli zaharli moddalar: krezol va fenol, skatol
va indol hosil bo‘ladi.
Zaharli moddalar (krezol, fenol, skatol, indol) darvoza venasi orqali
so‘rilgandan so‘ng jigarga tushadi va sulfat kislotasi yoki glyukuronat
kislota
bilan kimyoviy birikib, zararsiz juft kislotalar hosil bo‘ladi
(masalan, fenolsulfat kislota yoki skatolsulfat kislota). Ushbu kislotalar
esa siydik bilan ajralib chiqadi. Jigarda arilsulfattransiraza va UDF-
glyukuroniltransferaza fermentlari bo‘lib sulfat kislota qoldig‘ini uning
bog‘langan shakli 3-fosfoadenozin-5-fosfosulfatdan (FAFS) hamda
glyukuronat kislota qoldig‘ini uning bog‘langan shakli
uridildifosfoglyukuronat kislotadan (UDFGK) yuqorida ko‘rsatilgan
zaharli moddalarga o‘tkazilishini katalizlaydi. Indol (skatol kabi) dastlab
indoqsilgacha oksidlanadi (skatol skatoqsilgacha), so‘ngra
bevosita
FAFS yoki UDFGK bilan fermentativ reaksiyaga kirishadi. Chunonchi,
indol efirsulfat kislota korinishida bog‘lanadi. Uning kaliyli tuzi hayvon
indikani deb atalib, siydik bilan ajralib chiqadi. Odam siydigida indikan
miqdoriga qarab ichakda oqsillar chirish tezligi
va jigarning funksional
holati haqida xulosa qilish mumkin.
Klinikada ko‘pincha jigarning funksiyasi va uning zaharli
moddalarni zararsizlantirish rolini aniqlash uchun benzoat kislota qabul
qilingandan so‘ng gippur kislotasi hosil bo‘lishi va siydik bilan ajralib
chiqish tezligi bo‘yicha xulosa qilish mumkin.